5230100-Iqtisodiyot: Oziq-ovqat va resurslar iqtisodiyoti
T/r
Fanning kodi*
Fanning nomi
Fanning qisqa tavsifi
Kredit miqdori
Semetr
Professor-o’qituvchilar F.I.Sh., ilmiy unvoni va darajasi
1-bosqich 1-semestr: Majburiy fanlar
1
APPMAT16
Amaliy matematika 1
Ushbu kursda iqtisodiyotning barcha yonalishlarida qo’llaniladigan matematik tushunchalarning asoslari o’rganiladi. Bizga ma’lumki iqtisodiyotdagi masalalar avval matematika tiliga so’ngra matematik tildan esa algebra tiliga o’giriladi.Natijada iqtisodiy masalalarni yechish uchun ularni algoritmlari yaratiladi. Iqtisoddagi masalalarni yechishda zamonaviy usullardan biri bu “machine learning” bo’lib, asosan katta hajmdagi ma’lumotlar omborini tahlil qilishda “Python ”dasturlash tilining “numpy”, “pandas”, “matplotlib”, “sklearn” kutubhonalaridan foydalaniladi. Bu kutubhonalar chiziqli algebra, analitik geometriya, matematik analiz ,ehtimollar nazariyasi va matematik statistika tushunchalari asosida yaratilgan. Statistik ma’lumotlarni tahlil qilishda “Stata” dasturiy paketi haqida ham huddi shunday fikrlarni bildirish mumkin.Kurs chiziqli algebra, analitik geometriya, matematik analiz, ehtimollar nazariysi va matematik statistika bo’limlaridan iboratdir. Chiziqli algebra qismi matritsalar nazariyasidan boshlanib vector fazo tushunchalarigacha bo’lgan qismni o’z ichiga oladi.Matematik analiz qismi funksiyalardan boshlab, differensial tenglamalar kursini ham o’z ichiga oladi.
6
1
2
ICTECO6
Iqtisodiyotda axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar
Mamlakatda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini ko’rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ish olib borilmoqda. Shu bilan birga, axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini boshqarish va joriy etish sohasidagi bir qator tizimli muammo va kamchiliklar ushbu sohaning jadal rivojlanishiga, sifatli axborot xizmatlarini ko’rsatishga to’sqinlik qilmoqda.
Ushbu kurs yordamida talabalar iqtisodiyotda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini ko’rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etishning imkoniyatlari, afzalliklari, dasturiy va texnologik ta’minoti, zamonaviy texnik vositalar, operasion tizimlar va zamonaviy dasturlarda axborotlarni qayta ishlash va hisob-kitoblarni amalga oshirish, hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirish tamoyil va uslublari bilan chuqur hamda har tomonlama o’rganadilar.
Shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash va unda bulutli texnologiyalarni qo’llash, axborot tizimlari va texnologiyalari xavfsizligini ta’minlashning strategik yo’nalishlari, raqamli iqtisodiyotning blokcheyn texnologiyalari bilan amallarni bajarish, biznes-muhitlarda biznes axborot tizimlarining faoliyat yuritishi, elektron biznes va biznes anatilika xisobotlarini tayyorlash va samarali foydalanish bo’yicha har tomonlama bilimlarga ega bo’ladilar.
6
1
3
FORLAN16
Xorijiy til (ingliz, nemis, fransuz, koreys)
ingliz tili kursining maqsadi talabalarga chet el tilida malaka va muomala ko'nikmalarini berish, ularning bugungi global madaniyat dunyosini hisobga olgan holda o'zlarining kasbiy va ilmiy sohalarida samarali ishlashlariga imkon berishdir.
Ushbu daraja quyidagi ko'nikmalarni takomillashtirishga qaratilgan: chet tili bilan aloqa qilish kompetentsiyasi, lingvistik kompetentsiya, sotsiolingvistik kompetensiya, sotsial-madaniy kompetensiya, ijtimoiy o'zaro ta'sir kompetensiyasi va pragmatik kompetensiya va nutqni tahlil qilish ko'nikmalari.
Ushbu nemis tili kursi 1-2 semestrda rejalashtirilgan va “Chet tillarni bilishning umumevropa kompetensiyasining o'rganish, o'qitish va baholash (CEFR) tizimi” til o’rganish standartlariga muvofiq nemis tilida A1- A2 darjasida nemis tilini o'rganish uchun mo’ljallangan. Kurs nemis tili tamoyillari va kommunikativ, interaktiv ko'nikmalar yondashuvlari, o'quv jarayoni uchun umumiy bo'lgan grammatik mavzular, o'xshash sintaktik hodisalar, til, yozuv, tinglash qobiliyatlari va malakalariga asoslangan bo'lib, doimiy ravishda o'qitib boriladi. Kurs uchun tanlangan mavzular asosan hayotdagi kundalik holatlar bilan bog'liq va biz uchun muhim bo'lgan vaziyatlarda juda muhim bo'lgan tanlangan mavzular qamrab olingan. Uzluksiz taʼlim tizimining chet tillar boʼyicha davlat taʼlim standartidagi “Chet tillar boʼyicha taʼlimniig barcha bosqichlari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qoʼyiladigan talablar”ga muvofiq oliy taʼlim muassasalarining ixgisosligi chet tili boʼlmagan fakultetlari bitiruvchilari nemis tili boʼyicha А1-A2 va undan yuqori darajalarni egallashlari belgilab berilgan. Nemis tili kursi mazmun-mohiyatiga koʼra umumiy (akademik) til koʼnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan, talabalarning boʼlg’usi kasbiy faoliyatlarida foydalanadigan til kompetentsiyalarini rivojlantirishga moslashtirilgan. Mustaqil taʼlim talabalarda tildan erkin foydapanish koʼnikma va malakalarini egallash motivatsiyasini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu nemis tili kursi „Nemis tili“ fanini oʼqitish davrida talabalarning umumiy, akademik va kasbga yoʼnaltirilgan til koʼnikma va malakalarini rivojlantirishga qaratilgan. Nemis tilni oʼrganishning mustaqil muloqot (А1-А2 va undan yuqori) darajalari talabalarda koʼnroq akademik va kasbga yoʼnaltirilgan til koʼnikmalarini rivojlantirishni taqozo etadi.
6
1
4
HISET4
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi (4 ECTS)
Ushbu fan ijtimoiy-iqtisod fan bo’lib, bakalavr ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun mo’ljallangan. Ushbu fanda iqtisodiy tafakkur tarixi va iqtisodiy tahlillar sharhi berilgan. Darsda shuningdek, iqtisodiyotni fan va mafkura sifatida rivojlantirishning ijtimoiy va axloqiy jihatlari ko’rib chiqiladi. Kurs quyidagi mavzularni o’z ichiga oladi: Kirish, Buyuk dinlar va iqtisodiy fikrlarning kelib chiqishi; Yunon va O’rta asrlar tafakkuri; O’rta Osiyo mutaffakirlarining iqtisodiy qarashlari; O’tish davri; Smitdan oldin G’arbiy Yevropa; Smit, Rikardo, Marks; Makroiqtisodiyotning paydo bo’lishi, Veblen, Keyns, Shumpeter; Fridman, Xayek; Alohida iqtisodiy qarashlar, Markaziy Yevropa iqtisodiy fikrlari hamda O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish.
4
1
5
LANGUA4
O’zbek (rus) tili (4 ECTS)
"Rus tili" fani barcha iqtisodiy mutaxassisliklar bo’yicha birinchi kursga mo’ljallangan bo’lib ( 1-2 semestr) , yegallashlari lozim bo’lgan bilim, ko’nikma, malaka , madaniy dunyoqarashning zaruriy me’yorni asoslovchi umumuslubiy fanlardan biridir.
"Rus tili" kursining asosiy maqsadi :
- jamiyatdagi iqtisodiy qonunlarni bilish va tushunish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni,mamlakatni demokratlashtirish mohiyatini tushunadigan mutaxassisning kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishga,
-bozor tamoyillariga asoslangan iqtisodiy islohotlarni rus tilining yordami bilan amalga oshirish , mamlakatni demokratlashtirish hamda dunyo hamjamiyatdagi iqtisodiy qonunlarni bilish va tushunishga,
-mafkuraviy yo’nalishga, ma’naviy dunyoqarashning kengayishiga, iqtisodiy madaniyatning rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko’rsatishga;
-yeng muhim umumiy ta’lim ko’nikmalarini va universal ta’lim faoliyatini yegallashga qaratilgan bo’lib, yozish, o’qish, nutqni to’liq idrok yetish, rus tilida yerkin, to’g’ri va ifodali gapirish va yozishni, kasbiy faoliyatning turli sohalarida dolzarb muammolarini hal yeta oladigan, turli xil aloqa vaziyatlarida tildan foydalanishni, nutq odob-axloq meyorlariga rioya qilishga va rivojlantirishga qaratilgan.