“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. GLOBALLASHUV VA GLOBAL MUAMMOLARNING FALSAFIY JIHATLARI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

9-MAVZU. GLOBALLASHUV VA GLOBAL MUAMMOLARNING FALSAFIY JIHATLARI
131 
qo‘yilgan vazifalarni echish uchun nima qilish mumkin yoki kerak, degan savolga javob beradi. 
Normativ prognozning predmeti sifatida ijtimoiy jarayonlar xususiyatini butunlay o‘zgartirishga 
qodir bo‘lgan g‘oyalar, gipotezalar, farazlar, axloqiy me’yorlar, ijtimoiy ideallar, maqsadlar va 
mo‘ljallar amal qiladi.
Korrupsiya shakllanishining tarixi.
BMT Kodeksida korrupsiyaga munosabat. O‘zbekistonda 
korrupsiyaga oid qonunlar va qarorlar tasnifi, korrupsiyaga qarshi kurashning ahamiyati.
Hozirgi zamonda tobora ko‘p qo‘llanilayotgan atamalardan biri bu korrupsiyadir. Korrupsiya 
albatta bugun paydo bo‘lgan illat emas, u qadimdan buyon mavjud bo‘lib kelmokda. Qadimgi 
yunon faylasufi Aristotel shunday degan:“Har qanday davlat tizimida - qonunlar va boshqa 
farmoyishlar orqali ishni shunday tashkil qilish kerak-ki, unda mansabdor shaxslarni noqonuniy 
yo‘l bilan boyishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim”. Fransuz mutafakkiri Sharl Monteske esa bu borada 
“Asrlar tajribasidan ma’lumki, har qanday hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan shaxs, uni suiiste’mol 
qilishga moyil bo‘ladi va u ma’lum bir maqsadga erishmaguncha shu yo‘nalishda yuradi” degan 
fikrlarni bildirgan. Korrupsiyaning jamiyatga tahdidi barcha millatlar, diniy, huquqiy 
adabiyotlarning qadimiy manbalarida ham qayd etiladi. Davlat boshqaruvi san’atiga bag‘ishlangan 
qadimiy hind dostonlaridan “Artxashastra” (er.avv.IV asr)da podshoh oldida turadigan mug‘im 
vazifalardan biri xazinani talontaroj qiluvchilarga qarshi kurashish ekanligi ta’kidlanadi. 
“Osmonda uchayotgan qushning qayoqqa qarab burilishini aytib berishdan ko‘ra, ayyor 
amaldorning qanday hiyla o‘ylab topishini oldindan aytib berish mushkulroqdir; dengizdagi baliq 
suvdan ichayotganligi yo ichmayotganligini aniqlab bo‘lmaganidek, amaldor unga ishonilgan 
mulkni o‘zlashtirayotgan yo o‘zlashtirmayotganligini ham aniqlab bo‘lmaydi”
39
, - deyiladi. 
G‘arbiy Yevropa davlatlarining keyingi tarixida ham korrupsiyaning turli ko‘rinishlari va 
korrupsion munosabatlarning avj olishi nafaqat tarixiy manbalarda balki, o‘sha davrning ilg‘or 
yozuvchi faylasuflarining asarlarida ham o‘z ifodasini topgan. Xususan, Shekspirning 
“Venetsiyalik savdogar”, “Qonga qon, jonga jon” , Dantening “Do‘zax”, “Tozalovchi” kabi 
asarlarida ham yoritilgan. Dante korrupsionerlarni do‘zaxni eng qorong‘i va eng chuqur joyiga 
tashlash kerak degan fikrni bildirgan.
Korrupsiyaning kelib chiqishi tarixi va rivojlanishi masalalarini Nikkolo Makiavelli o‘rganib, uni 
yo‘talga qiyoslab shunday degan edi, “Korrupsiyani ham yo‘talga o‘xshab oldin aniqlash qiyin, 
ammo davolash oson, lekin bu kasalni o‘tkazib yuborsangiz uni aniqlash oson, ammo davolash 
qiyin”. Mana shu so‘zlardagi haqiqatni bugungi kunda dunyo bo‘yicha keng tarqalgan korrupsiya 
ko‘rinishlariga nisbatan ham qo‘llash mumkin bo‘ladi.
Ma’lumki “Korrupsiya” tushunchasi lotin tilidagi “corruptio” so‘zidan olingan bulib, mazmuni 
“buzish, sotib olish” ma’nosini beradi va uning grammatik bir ildizli ma’nosi yana “korroziya” 
suzi ya’ni “chirish” yoki “zanglash” degan mazmunni ham beradi. Shundan kelib chikib bu so‘zni 
ijtimoiy ko‘rinishi hokimiyatni buzish, chiritish orkali sotib olish” degan ma’noni beradi. 
Korrupsiya muammolari bo‘yicha Yevropa Kengashi Guruhlarining 1-sessiyasi (1995 yil 22-24 
fevral, Strasburg)da “Korrupsiya”ga shunday ta’rif berilgan.“Korrupsiya - pora olish (o‘ziga 
og‘dirish), davlat yoki xususiy sohada muayyan vakolatga ega bo‘lgan shaxs, mansabdor 
shaxsning yoki xususiy sohada faoliyat yuritadigan shaxs yoki mustaqil agentning o‘z mansab 
vazifasidan yoki shunga o‘xshash munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlarini buzadigan 
shuningdek o‘zi yoxud o‘zga shaxslar manfaati uchun har qanday shakldagi afzalliklarga ega 
bo‘lish maqsadida ifodalangan xatti-harakat”.
Shuningdek, “Korrupsiya – mansabdor shaxs tomonidan muayyan harakat yoki harakatsizlik sodir 
etish (etmaslik) evaziga moddiy manfaatdor qilayotgan shaxsning manfaatini ko‘zlab mansab 
39
Кузнецов Ю.А., Силинский Ю.Р., Хомутова А.В. Российское и зарубежное законодательство о мерах 
противодействия коррупции. / 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin