“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY QONUNLARI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

10-MAVZU. MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY QONUNLARI.
TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 
 
REJA:
1.
Mantiq fanining predmeti va ahamiyati. 
2.
Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari 
3.To‘g‘ri muhokama yuritishning mantiqiy tamoyillari: fikrning aniqligi, izchilligi 
va etarli asosga ega bo‘lishi. 
4.Mantiqilmining fanlar tizimidagi o‘rni.. 
5.Tushunchalarning shakllanish va qo‘llanishi. 
 
Tayanch iboralar:
Predmet belgisi, predmetlar sinfi, tushuncha, tushunchaning 
mazmuni, tushunchaning xajmi, tushunchaning turlari, tushunchalar o‘rtasidagi 
munosabatlar, tushunchani chegaralash, tushunchani umumlashtirish, tariflash, 
tasniflash,tushunchani bo‘lish. 
Kelib chiqishiga ko‘ra arabcha bo‘lgan “mantiq” (grekcha–logos) atamasi 
«fikr», «so‘z», «aql», «qonuniyat» kabi ma’nolarga ega. Uning ko‘pma’noligi turli 
xil narsalarni ifoda qilishda o‘z aksini topadi. Xususan, mantiq so‘zi, birinchidan, 
ob’ektiv olam qonuniyatlarini (masalan, «ob’ektiv mantiq», «narsalar mantig‘i» kabi 
iboralarda), ikkinchidan, tafakkurning mavjud bo‘lish shakllari va taraqqiyotini, shu 
jumladan, fikrlar o‘rtasidagi aloqadorlikni xarakterlaydigan qonun-qoidalar 
yig‘indisini (masalan, «sub’ektiv mantiq» iborasida) va uchinchidan, tafakkur 
shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi fanni ifoda etishda ishlatiladi. 
Mantiq ilmining o‘rganish ob’ektini tafakkur tashkil etadi. «Tafakkur» ham arabcha 
so‘z bo‘lib, o‘zbek tilidagi «fikrlash», «aqliy bilish» so‘zlarining sinonimi sifatida 
qo‘llaniladi. Tafakkur bilishning yuqori bosqichidir. Uning mohiyatini yaxshiroq 
tushunish uchun bilish jarayonida tutgan o‘rni, bilishning boshqa shakllari bilan 
bo‘lgan munosabatini aniqlab olish zarur. 
Bilish voqelikning, shu jumladan, ong hodisalarining inson miyasida sub’ektiv, ideal 
obrazlar shaklida aks etishidan iborat. Bilish jarayonining asosini va oxirgi 
maqsadini amaliyot tashkil etadi. Barcha hollarda bilish insonning hayotiy faoliyati 
bilan u yoki bu darajada bog‘liq bo‘lgan, uning ma’lum bir ehtiyojini qondirishi 
mumkin bo‘lgan narsalarni tushunib etishga bo‘ysundirilgan bo‘ladi. Bilish 
jarayonini amalga oshirar ekan, kishilar o‘z oldilariga ma’lum bir maqsadni 
qo‘yadilar. Ular o‘rganilishi lozim bo‘lgan predmetlar doirasi, tadqiqot yo‘nalishi, 
shakllari va metodlarini belgilab beradi. 
Bilish murakkab, ziddiyatli, turli xil darajalarda va shakllarda amalga oshadigan 
jarayondir. Uning dastlabki bosqichini hissiy bilish – insonning sezgi organlari 
yordamida bilishi tashkil etadi. Bu bosqichda predmet va hodisalarning tashqi 
xususiyatlari va munosabatlari, ya’ni ularning tashqi tomonida bevosita namoyon 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin