“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

10-MAVZU. 
 
MANTIQ 
ILMINING 
PREDMETI, 
ASOSIY QONUNLARI.
TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 
137 
Mazmun jihatidan turli xil bo‘lgan bu tushunchalar mantiqiy shakliga ko‘ra bir 
xildir: har ikkalasida predmet uning muhim belgilari orqali fikr qilingan. 
Xususan, «o‘z maydoniga egaligi», «aholisining mavjudligi», «boshqaruv 
vositalarining bor ekanligi», «siyosiy tashkilotdan iboratligi» davlatning muhim 
xususiyatlari hisoblanadi. Xuddi shuningdek, «millatning orzu-havaslari, 
maqsadlarini aks ettirishi», «uning tub manfaatlarini ifoda etishi» milliy g‘oyaning 
muhim belgilaridir. Agar tushuncha aks ettirayotgan predmetni A bilan, unda fikr 
qilinayotgan muhim belgilarni, ya’ni fikrlash elementlarini a, v, s,..., n bilan 
belgilasak, tushunchaning mantiqiy strukturasini A (a, v, s,..., n) shaklida simvolik 
tarzda ifodalash mumkin. 
Hukmlarda predmet bilan uning xossasi, predmetlar o‘rtasidagi munosabatlar, 
predmetning mavjud bo‘lish yoki bo‘lmaslik fakti haqidagi fikrlar tasdiq yoki inkor 
shaklda ifoda etiladi. Masalan, «YUksak ma’naviyat-engilmas kuch» degan hukmda 
predmet (yuksak ma’naviyat) bilan uning xossasi (engilmas kuch) o‘rtasidagi 
munosabat qayd etilgan. «Axloq huquq bilan uzviy aloqada» degan hukmda ikkita 
predmet (axloq va huquq) o‘rtasidagi munosabat qayd etilgan. Mazmun jihatdan 
turli xil bo‘lgan bu hukmlar tuzilishiga ko‘ra bir xildir: ularda predmet haqidagi 
tushuncha (S) bilan predmet belgisi haqidagi tushuncha (P) o‘rtasidagi munosabat 
qayd etilgan, ya’ni R ning S ga xosligi tasdiqlangan. Umumiy holda hukmning 
mantiqiy strukturasini (shaklini) S—R formulasi yordamida ifoda etish mumkin. 
Xulosa chiqarishda ham yuqoridagiga o‘xshash hollarni kuzatish mumkin. 
Masalan, 
“Daraxt – o‘simlik”. “Terak 
– daraxt”. 
Demak, “Terak – o‘simlik”. yoki 
“Har bir kimyoviy element o‘z atom og‘irligiga ega”. “Mis 
– kimyoviy element”. 
Demak, “Mis o‘z atom og‘irligiga ega” kabilar. 
Bu xulosa chiqarish hollari mazmuni bo‘yicha turlicha bo‘lishiga qaramasdan, bir 
xil mantiqiy strukturaga ega. Har ikkalasida xulosani tashkil etuvchi tushunchalar 
xulosa chiqarish uchun asos bo‘lib xizmat qilayotgan hukmlarda uchinchi bir 
tushuncha (birinchi misolda – «daraxt», ikkinchi misolda – «kimyoviy element» 
tushunchasi) orqali bog‘langan. 
Yuqoridagi keltirilgan misollardan tafakkur shakli fikrning konkret mazmunidan 
nisbatan mustaqil holda mavjud bo‘lishi va, demak, o‘ziga xos qonuniyatlarga 
egaligi ma’lum bo‘ldi. SHuning uchun ham mantiqda uni alohida o‘rganish predmeti 
sifatida olib qarash mumkin. 
Tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish tafakkurning universal mantiqiy 
shakllari, uning asosiy strukturaviy elementlari hisoblanadi. Muhokama yuritish ana 
shular va ularning o‘zaro aloqalarga kirishishi natijasida vujudga keladigan boshqa 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin