“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

10-MAVZU. 
 
MANTIQ 
ILMINING 
PREDMETI, 
ASOSIY QONUNLARI.
TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 
140 
SHunga qaramasdan matematik usul mantiq faniga singib bormoqda, uning ajralmas 
qismi bo‘lib takomillashmoqda. 
Hozirgi zamon mantiq ilmini simvollarsiz, matematik mavhumiyliksiz tasavvur qilib 
bo‘lmaydi. SHuning uchun mantiq ilmi mutaxassislari matematik mantiq asoslari 
bilan tanish bo‘lishlari zarur.
Mantiq jarayonini turli simvollar bilan ifodalashga intilish Arastu asarlaridayoq 
ko‘zga tashlanadi. XVI – XVII asrlarga kelib, mexaniqa va matematika fani 
rivojlanishi bilan matematik metodni mantiqqa tadbiq etish imkoniyati kengaya 
bordi. Nemis faylasufi Leybnits har xil masalalarni echishga imkon beruvchi 
mantiqiy matematik metod yaratishga intilib, mantiqni matematiklashtirishga asos 
soldi.
Mantiqiy jarayonni matematik usullar yordamida ifodalash asosan XIX asrlarga 
kelib rivojlana boshladi. Bu davrda yashagan rus olimi I. S. Poretskiy, nemis va 
ingliz olimlari J. Bul, Fure, Morgan, SHryoder kabilar o‘zlarining asarlarida bu 
masalaga oid muhim fikrlarni ilgari surishdi. Hozirgi vaqtda matematik mantiq 
metodlari fan va texnikada, kibernetikada tarjimon mashinalarda va boshqa ko‘p 
halq xo‘jaligi sohalarida qo‘llanilmoqda.
Mantiq fanining yo‘nalishlari 
Formal mantiq - fikrlashning tuzilishi va uning qonunlari haqidagi fandir. Formal 
mantiq fikrlashning rivojlanishini, uning takomillashish jarayonini o‘rganishni 
o‘zidan soqit qiladi. U fikrlashning mantiqiy tuzilishini, shaklini o‘rganadi. 
Insonning fikrlash shakli, tuzilishi turli qonunlarga asoslanadi va ularni keltirib ham 
chiqaradi. Mantiqiy shakllarni simvollar yordamida ifoda etish mumkin. Masalan, 
«Hamma ziyolilar aqliy mehnat bilan shug‘ullanadilar», «Hamma kapalaklar 
hasharotdir» degan fikrlarning mazmuni turlicha bo‘lsada, ularning tuzilishi, shakli 
bir xildir. Shuning uchun ularni «Hamma S – R dir» yoki «Hamma a – v dir», deb 
ifodalash mumkin.Formal mantiq va klassik mantiq tushunchalari sinonim 
tushunchalar bo‘lib,unda muloxazalar ikki qiymatli, ya’ni chin yoki xato bo‘ladi. 
Klassik mantiqdan farq qiluvchi hozirgi zamon mantig‘i turli yo‘nalishlardan iborat 
bo‘lib, ular birgalikda noklassik mantiq deb nomlanadi. 
Ko‘p ma’noli mantiq hozirgi zamon noklassik mantig‘ining bir tarmog‘i bo‘lib, 
fikrlashni «chin», «xato», «qisman chin», «qisman xato», kabi tushunchalar orqali 
ifodalaydi. Agar umumiy formal mantiqda mulohazalar ikki qiymatli (chin yoki 
xato) bo‘lsa, ko‘p ma’noli mantiqda mulohazalar uch va undan ortiq qiymatlidir. 
SHuning uchun bu mantiq «ko‘p ma’noli mantiq» deb yuritiladi. Bu mantiqda eng 
oddiy sistema uch ma’nolidir. Masalan, Siz “inson huquqlari deklaratsiyasi”ni 
bilasizmi? -degan savolga “ha”, “yo‘q”, “ozgina bilaman ” kabi javoblarni olish 
mumkin.
Induktiv mantiq (lot. Intuitio – dikqat bilan e’tibor berish, diqqat bilan kuzatish) – 
Hozirgi zamon noklassik mantig‘i tarmog‘i bo‘lib, matematik intuitsiya 
prinsiplaridan kelib chiqadi. Bu prinsiplar XX asr olimlari L. E. Brauer va A. 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin