“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

10-MAVZU. 
 
MANTIQ 
ILMINING 
PREDMETI, 
ASOSIY QONUNLARI.
TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 
136 
takrorlanib turuvchi xususiyatlariga va munosabatlariga qaratishimizga imkon 
beradi. Xususan, turli kishilarga xos individual belgilarni (xulq-atvor, temperament, 
qiziqish va shu kabilar) e’tibordan chetda qoldirgan holda, ular uchun umumiy, 
muhim belgilarni, masalan, ongga ega bo‘lish, maqsadga muvofiq holda mehnat 
qilish, ijtimoiy munosabatlarga kirishish kabi xislatlarni ajratib olib, «inson» 
tushunchasini hosil qilish mumkin. Umumiy belgilarni aniqlash predmetlar 
o‘rtasidagi munosabatlarni, bog‘lanish usullarini o‘rnatishni taqozo etadi. Turli xil 
predmetlar fikrlash jarayonida o‘xshash va muhim belgilariga ko‘ra sinflarga 
birlashtiriladi va shu tariqa ularning mohiyatini tushunish, ularni xarakterlaydigan 
qonuniyatlarni bilish imkoniyati tug‘iladi. Masalan, yuqorida keltirilgan «inson» 
tushunchasida barcha kishilar bitta mantiqiy sinfga birlashtirilib, ular o‘rtasidagi 
muhim bog‘lanishlar (masalan, ijtimoiy munosabatlar) bilib olinadi. 
Tafakkur borliqni nafaqat bevosita, balki bilvosita tarzda ham aks ettira oladi. 
Unda yangi bilimlar tajribaga har safar bevosita murojaat etmasdan, mavjud 
bilimlarga tayangan holda hosil qilishi mumkin. Fikrlash bunda predmet va 
hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi. Masalan, bolaning xulq-atvoriga 
qarab uning qanday muhitda tarbiya olganligi haqida fikr yuritish mumkin. 
Tafakkurning mazkur xususiyati, ayniqsa, xulosaviy fikr hosil qilishda aniq 
namoyon bo‘ladi. 
Tafakkur insonning ijodiy faoliyatidan iborat. Unda bilish jarayoni borliqda real 
analogiga ega bo‘lmagan narsalar – yuqori darajada ideallashgan ob’ektlar (masalan, 
absolyut qattiq jism, ideal gaz kabi tushunchalar)ni yaratish, turli xil formal 
sistemalarni qurish bilan kechadi. Ular yordamida predmet va hodisalarning eng 
murakkab xususiyatlarini o‘rganish, hodisalarni oldindan ko‘rish, bashoratlar qilish 
imkoniyati vujudga keladi. 
Tafakkur til bilan uzviy aloqada mavjud. Fikr ideal hodisadir. U faqat tilda – 
moddiy hodisada (tovush to‘lqinlarida, grafik chiziqlarda) reallashadi, boshqa 
kishilar bevosita qabul qila oladigan, his etadigan shaklga kiradi va odamlarning 
o‘zaro fikr almashish vositasiga aylanadi. Boshqacha aytganda, til fikrning bevosita 
voqe bo‘lish shaklidir. 
Tafakkur uch xil shaklda: tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish shaklida 
mavjud. 
Tafakkur shakli fikrning mazmunini tashkil etuvchi elementlarning bog‘lanish usuli, 
uning strukturasi (tuzilishi)dir. Fikrlash elementlari deganda, predmetning fikrda 
ifoda qilingan belgilari haqidagi axborotlar tushuniladi. Tafakkur shaklining 
tabiatini konkret misollar yordamida ko‘rib chiqamiz. 
Ma’lumki, ayrim predmetlar, ularning sinfi (to‘plami) kishilar tafakkurida turli xil 
mazmunga ega bo‘lgan tushunchalarda aks ettiriladi. Masalan, «davlat» 
tushunchasida o‘zining maydoniga, aholisiga, boshqaruv vositalariga ega bo‘lgan 
siyosiy tashkilot aks ettiriladi. “Milliy g‘oya” tushunchasida esa millatning, xalqning 
kelajak bilan bog‘liq orzu-havaslari, maqsadlari, tub manfaatlari ifoda etiladi. 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin