“ Ijtimoiy fanlar


S )  fikr qilinadigan predmet va hodisani bildiradi. Predikat  ( R



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

S

fikr qilinadigan predmet va hodisani bildiradi. Predikat 
(
R

esa predmetga 
xos xususiyatni, munosabatni bildiradi. Ya’ni predmet haqidagi yangi bilimni bildiradi. Predikatda 
ifodalangan bilimlar hisobiga sub’ekt haqidagi tasavvur boyitiladi. Hukmning uchinchi zaruriy 
elementi mantiqiy bog‘lamadir. U subekt va predikatni bir-biri bilan bog‘laydi, natijada hukm 
hosil bo‘ladi.
Hukmlarning turlari. 
Predikatning mazmuniga qarab hukm turlari. 
Ular 
quyidagilardan iborat: atributiv hukmlar, mavjudlik hukmlari va munosabat hukmlari. Atributiv 
hukmlarda predikat biror xususiyatning predmetga xosligi yoki xos emasligi aniq, qat’iy qilib 
ko‘rsatiladi. SHuning uchun atributiv hukmlarni qat’iy hukmlar ham deb yuritamiz. Masalan,
«mustaqillik davr talabidir». Mavjudlik hukmlarida predikat biror predmet va hodisaning mavjud 
yoki mavjud emasligini bildiradi. Masalan, «TMI da Soliq fakulteti bor». Munosabat hukmlarida 


11-MAVZU. MULOHAZA. XULOSA CHIQARISH 
159
predmetning biror jihatdan munosabati ko‘rsatiladi. Masalan, «Matematik mantiq klassik 
mantiqqa qaraganda yoshroqdir».
Sub’ektning miqdoriga qarab hukm turlari quyidagilardir: umumiy, juz’iy, yakka hukmlar. 
Bunda sub’ektda ifodalangan predmetning soni, nechtaligi ahamiyatga ega bo‘ladi. Oddiy 
hukmlarda diqqatimiz bir turkum predmetlarning hammasiga, bir qismiga yoki bir donasiga 
qaratilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, «Hamma darsliklar kitobdir», «Ba’zi darsliklar O‘zbek tilida 
chiqarilgan», «Bu darsliklar mantiq faniga oiddir».
Mantiqiy bog‘lamaga qarab hukm turlari quyidagilardir: tasdiq va inkor hukmlar. Mantiqiy 
bog‘lama hukmning sifatini belgilaydi. Tasdiq hukmlarda xususiyatning predmetga xosligi, inkor 
hukmlarda aksincha, xos emasligi ko‘rsatiladi. Masalan, «O‘zbekiston fuqarolari tinchlik 
tarafdoridir», «O‘zbekiston fuqarolari qurollanish tarafdori emas».

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin