“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. MULOHAZA. XULOSA CHIQARISH



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə204/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

11-MAVZU. MULOHAZA. XULOSA CHIQARISH 
158
11-MAVZU. MULOHAZA. XULOSA CHIQARISH
 
REJA:
1.
Mulohaza tafakkur shakli va xulosa chiqarishning tarkibiy qismi sifatida. Oddiy va 
murakkab mulohazalar va ularning turlari.
2.
Murakkab mulohazalarning chin bo‘lish shartlari.
3.
Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi: tuzilishi, turlari va umumiy qoidalari.
4.
Fikrning xarakat yo‘nalishiga ko‘ra xulosa chiqarish: deduksiya, induksiya va analogiya; 
ularning o‘zaro aloqadorligi.
5.
Murakkab mulohazalardan xulosa chiqarish.
6.
Fikr yuritishda mulohazalarni qurish va xulosa chiqarish bilan bog‘liq xatolar.
 
Tayanch iboralar: Hukm, sub’ekt, predikat, bog‘lovchi, oddiy hukm, murakkkab hukm, 
modal hukmlar, mantiqiy kvadrat. Xulosa chiqarish, deduktiv xulosa chiqarish, 
sillogizm, entimema, induktiv xulosa chiqarish, to‘liq induksiya, ommabop induksiya, 
ilmiy induksiya, ilmiy induksiya metodlari, analogiya, munosabat analogiyasi, 
modellashtirish,,baxs yuritish, munozara, paralogizm, sofizm, mantiqiy paradoks.
Hukmlarning asosiy vazifasi predmetlarning xususiyat va munosabatlarini ko‘rsatish, predmet 
va hodisalarga xususiyatning xosligini qayd qilishdir. Biz predmet va hodisalarning oddiy, tashqi 
xususiyatlari bilan birga, ularning ichki zaruriy bog‘lanishlarini, munosabatlarini bilib boramiz. 
Predmet va hodisalarning xususiyatlarini ketma-ket o‘rganib, ular haqida turli abstraksiyalar hosil 
qilamiz. Bu abstraksiyalar hukmlar yordamida ifodalanadi. Hukmlar orqali narsalar va hodisalar 
haqida bilimlar aks etadi. Ular haqida bilimlarimiz turlicha bo‘lgani uchun ularni ifodalaydigan 
hukmlar ham har xil bo‘ladi. Ba’zi hukmlar aniq, tekshirilgan bilimlarni ifodalsa, ba’zilarda esa 
xususiyatning predmetga xosligi ehtimol qilinadi, demak noaniq bilimlar ifodalanadi.
Hukmlar predmet va hodisalarning hamma tomoni haqida fikrni ifodalaydi. Ular nisbatan 
tugallangan fikrdir. Hukmlar predmetlar va hodisalar o‘rtasidagi ma’lum munosabatlarni 
ifodalaydi. SHuning uchun ular chin yoki xato bo‘ladi. Ob’ektiv voqelikka mos kelgan, uni to‘g‘ri 
ifodalagan fikrlar chin bo‘ladi, aks holda xato bo‘ladi.
Hukmlarni ifodalash uchun til vositalari talab qilinadi. Hukmlar gaplar orqali ifodalanadi. 
Ular mantiqiy kategoriya bo‘lsa, gaplar grammatik kategoriyadir. Mantiqning vazifasi hukmlarni 
turli tomondan o‘rganishdir. Hukmlar predmet va hodisalarga ma’lum bir xususiyatning xosligi 
yoki xos emasligini ifodalaydigan tafakkur shaklidir.
Hukmlarni o‘rganishni ularning tuzilishini o‘rganishdan boshlaymiz. O‘rganish qulay 
bo‘lishi uchun dastlab ularni oddiy va murakkab turlarga bo‘lib olamiz. Bunda biz hukm 
atamalarining miqdoriga, soniga e’tibor beramiz. Hukmning sub’ekt va predikati uning atamalari 
deb ataladi. Agar hukm terminlari bittadan bo‘lsa oddiy hukm, birdan ortiq bo‘lsa, murakkab hukm 
deyiladi. Sub’ekt 
(

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin