“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə200/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

10-MAVZU. 
 
MANTIQ 
ILMINING 
PREDMETI, 
ASOSIY QONUNLARI.
TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 
153 
qonunning amal qilish sohasi bo‘yicha, qolgan ikkitasi qonun ifoda qiluvchi 
hodisalar xarakteri bo‘yicha ajratilgan. Bu bilan bo‘lishdagi izchillik yo‘qolgan. 
V. Bo‘lish a’zolari hajmi bo‘yicha bir-birini istisno qilishi kerak. Buning uchun ular 
birga bo‘ysunish munosabatidagi tushunchalar bo‘lishi kerak. Agar «Bino» 
tushunchasini «Bir qavatli bino», «Ko‘p qavatli bino», «Osmono‘par bino» 
tushunchalariga bo‘lsak, xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lamiz. CHunki «Ko‘p qavatli bino» 
tushunchasi bilan «Osmono‘par bino» tushunchasi bir-birini hajmi bo‘yicha istisno 
qilmaydi. 
G. Bo‘lish uzluksiz holda amalga oshirilishi, unda «sakrash» bo‘lmasligi kerak. 
Buning uchun jins tushunchaga eng yaqin bo‘lgan bir tartibdagi tur tushunchalar 
olinmog‘i lozim. Masalan, «Gap» tushunchasini «Sodda gap», «Ergashgan qo‘shma 
gap», «Bog‘langan qo‘shma gap» tushunchalariga ajratsak, bo‘lishdagi izchillik 
yo‘qoladi. Bunda oxirgi ikkita bo‘lish a’zosi «qo‘shma gap» tushunchasining 
turlaridir. Demak, «sakrash» hodisasi ro‘y bergan. 
Tasniflash (turkumlash, klassifikatsiya) tushunchalarni bo‘lishning alohida turidir. 
Tasniflash predmetlarni ma’lum bir turlarga (kichik sinflarga yoki ayrim 
predmetlarga) ajratishdan iborat bo‘lib, bunda har bir tur boshqalariga nisbatan 
o‘zining aniq va qat’iy o‘rniga ega. Tasniflash natijalari har xil jadvallar, tuzilmalar, 
grafiklar, kodekslar va shu kabilarda o‘z aksini topadi. 
Mantiqda sun’iy va tabiiy tasniflar farq qilinadi. Sun’iy tasnif predmetlarning birorta 
umumiy belgisiga ko‘ra amalga oshiriladi. Unga misol qilib kutubxonadagi kitoblar 
katalogini ko‘rsatish mumkin. Tabiiy tasnifni amalga oshirish uchun bo‘lish asosi 
qilib predmetlarning birorta muhim belgisini olish kerak. Ana shuning uchun ham u 
predmetlarning ayrim muhim xossalari haqida fikr yuritish, qonuniy bog‘lanishlarini 
aniqlash imkonini beradi. Bunga Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy 
jadvali, Darvinning jonli tabiat predmetlari tasnifi misol bo‘la oladi. 
Tasniflashda tushunchani bo‘lish qoidalariga amal qilish zarur. 
Tasniflar nisbiy turg‘un xarakterga ega. Ular bilishda va kundalik turmushda uzoq 
yillar davomida ishlatiladi. 
Albatta, bilimlarimizning taraqqiy etishi, yangi bilimlarning vujudga kelishi ko‘p 
hollarda tasniflarga tuzatishlar kiritishni, ba’zan esa butunlay yangisi bilan 
almashtirilishini 
taqozo 
etadi. 
SHunga 
qaramasdan, 
tasniflash 
mavjud 
bilimlarimizni tizimga solish vositasi sifatida bilishda o‘zining muhim ahamiyatiga 
ega bo‘lib qoladi. 
Tushunchalarni ta’riflash (definitsiya) 
Ta’riflash (yoki definitsiya) tushunchaning mazmunini ochib beradigan mantiqiy 
amaldir. Ta’rif aniqlanuvchi va aniqlovchi qismlardan tashkil topadi. Aniqlanuvchi 
qismni mazmuni ochib berilishi lozim bo‘lgan tushuncha, aniqlovchi qismni esa, 
aniqlanuvchi tushunchaning mazmunini ochib beruvchi tushunchalar tashkil etadi. 
Masalan, «mantiq to‘g‘ri tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi falsafiy 
fandir» degan ta’rifda «Mantiq» aniqlanuvchi qismni, qolganlari esa aniqlovchi 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin