“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

10-MAVZU. 
 
MANTIQ 
ILMINING 
PREDMETI, 
ASOSIY QONUNLARI.
TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 
150 
bo‘ysunadigan tushunchaning hajmini to‘liq egallay olmaydi. Masalan, «baland 
bo‘yli odam» va «past bo‘yli odam» tushunchalari «odam» tushunchasining hajmini 
to‘liq qoplay olmaydi. 
A – Odam. 
V – Baland bo‘yli odam. A 
S – Past bo‘yli odam. 
Zidlik munosabatidagi tushunchalardan biri predmetning birorta xususiyatini ifoda 
qilsa, ikkinchisi uni inkor qiladi va mazmun jihatidan noaniq bo‘lib qoladi. Zidlik 
munosabatidagi tushunchalar, qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalardan 
farqli o‘laroq, bo‘ysundiruvchi tushunchaning hajmini to‘liq qoplaydi. Masalan: 
A – Odam.
V – E’tiqodli odam.
S – E’tiqodsiz odam. A 
Tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatish ularning mazmuni va hajmini 
aniqlashtirishga, ularni bog‘lab, bir fikr shaklidan boshqa fikr shakliga o‘tishga 
yordam beradi. Masalan, «talaba» va «a’lochi» tushunchalari o‘rtasidagi 
munosabatni aniqlash asosida «Ba’zi talabalar a’lochilardir» degan mulohaza 
shaklidagi fikrni hosil qilish mumkin. 
Tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish 
Tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish tushunchalar ustida olib boriladigan 
amallar hisoblanadi. Ular tushunchaning mazmuni va hajmi o‘rtasidagi teskari
nisbat qonuniga muvofiq holda amalga oshiriladi. 
Tushunchani chegaralash hajmi keng tushunchadan hajmi tor tushunchaga (jins 
tushunchadan tur tushunchaga) fikran o‘tishdan iborat. Masalan, «mexanik harakat» 
tushunchasidan «aylanma harakat» tushunchasiga o‘tsak, uning hajmini 
chegaralagan bo‘lamiz. CHegaralashda berilgan tushuncha – «mexanik harakat» jins 
tushuncha, deb qabul qilinib, uning mazmuniga tur tushuncha hosil qiluvchi belgilar 
qo‘shiladi. Natijada unga nisbatan tur hisoblangan yangi tushuncha – «aylanma 
harakat» tushunchasi hosil bo‘ladi. 
CHegaralash amalini davom ettirib, «Erning o‘z o‘qi atrofida aylanishi» 
tushunchasiga o‘tish mumkin. Demak, chegaralash davomida hosil bo‘lgan har bir 
yangi tushuncha avvalgisiga nisbatan tur tushuncha bo‘ladi. CHegaralash amali 
yakka tushuncha hosil bo‘lguncha davom ettirilishi mumkin. CHunki yakka 
tushunchaga nisbatan tur bo‘lgan tushuncha yo‘q. 
Tushunchani chegaralash amalining tuzilmasi quyidagicha: 
A – Harakat. 
V – Mexanik harakat. 
S – Aylanma harakat. 
D – Erning o‘z o‘qi atrofida aylanishi. 
Tushunchani umumlashtirish hajmi tor tushunchadan hajmi keng tushunchaga (tur 
tushunchadan jins tushunchaga) fikran o‘tishdan iborat. Bunda berilgan tushuncha 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin