“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

10-MAVZU. 
 
MANTIQ 
ILMINING 
PREDMETI, 
ASOSIY QONUNLARI.
TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 
151 
tur tushuncha deb qabul qilinib, uning mazmunidan tur hosil qiluvchi belgilar 
chiqarib tashlanadi. Natijada mazmun jihatidan unga nisbatan torroq, lekin hajmiga 
ko‘ra kengroq bo‘lgan jins tushuncha hosil bo‘ladi. Masalan, «aylanma harakat» 
tushunchasi mazmunidan faqat ungagina xos bo‘lgan tur belgilarni chiqarib 
tashlasak, «mexanik harakat» tushunchasini hosil qilamiz. Umumlashtirish 
amalining chegarasi eng umumiy tushuncha, ya’ni kategoriyadir. CHunki 
kategoriyalar uchun jins bo‘lgan tushuncha yo‘q. 
Tushunchani umumlashtirish amalining tuzilmasi quyidagicha: 
A – Erning o‘z o‘qi atrofida aylanishi.
V – Aylanma harakat. 
S – Mexanik harakat. 
D – Harakat. 
Tushunchani chegaralash va umumlashtirish amallari kundalik hayotimiz va ilmiy 
bilishda keng qo‘llaniladi. Xususan, barcha kategoriyalar, ular yordamida 
ifodalanadigan
nazariy
qonunlar, g‘oyalar,
nazariyalar mavjud 
empirik tushunchalarni, empirik qonunlarni umumlashtirish natijasida hosil bo‘ladi. 
Umumlashtirish muhokama yuritish jarayonida induktiv xulosa chiqarish usulida 
yaqqol
ifodalangan bo‘ladi.
Tushunchalarni umumlashtirishsiz fanning 
fundamental tushunchalarini yaratib bo‘lmaydi; mavjud bilimlarni tizimga solish 
qiyin va umuman, fan taraqqiy eta olmaydi. 
Tushunchalarni chegaralash amali esa, yaratilgan umumiy bilimlarni (nazariy 
tushuncha, g‘oya, nazariya va shu kabilarni) talqin etishda ishlatiladi. Masalan, 
Nyuton mexanikasidagi «Inersiya» tushunchasi Galiley nazariyasidagi «Erkin 
tushish» tushunchasi yordamida tushuntirilishi mumkin. 
Tushunchaning hajmini unda aks etgan predmetlarni ayrim guruhlarga (ayrim 
predmetlarga) ajratish yo‘li bilan aniqlashga tushunchani bo‘lish deyiladi. Bo‘lish 
amalini bo‘linuvchi tushuncha (hajmi aniqlanishi lozim bo‘lgan tushuncha), bo‘lish 
asosi (predmetning tushunchada fikr qilinadigan birorta umumiy belgisi) va bo‘lish 
a’zolari (bo‘lish natijasida hosil qilinadigan tur tushunchalar) tashkil etadi. Masalan, 
«inson»larni (bo‘linuvchi tushuncha) jinsiga ko‘ra, (bo‘lish asosi) erkak va ayollar 
(bo‘lish a’zolari)ga ajratish yo‘li bilan uning hajmi aniqlanadi. Bo‘linuvchi 
tushuncha – jins tushuncha, bo‘lish a’zolari – tur tushunchalar bo‘lib, ular o‘zaro 
birga bo‘ysunish munosabatidadirlar. 
Tushunchalarni bo‘lish amalini predmetlarni qismlarga ajratishdan farq qilish lozim. 
Masalan, avtomobilni kuzov, shassi, dvigatel va shu kabilarga ajratsak, uni 
qismlarga bo‘lgan bo‘lamiz. Predmetning qismi predmetning umumiy belgilariga 
ega bo‘lmasligi mumkin. SHuning uchun ham «Kuzov avtomashinadir», degan 
mulohaza hosil qilsak, u xato bo‘ladi. Agar «Avtomobil» tushunchasini «Engil 
avtomobil», «YUk tashuvchi avtomobil» tushunchalariga ajratsak, uni bo‘lgan 
bo‘lamiz. 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin