“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə194/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

10-MAVZU. 
 
MANTIQ 
ILMINING 
PREDMETI, 
ASOSIY QONUNLARI.
TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 
147 
tushunchani ifoda qiluvchi so‘z bo‘lib, muayyan ilmiy bilish sohasida bir xil 
ma’noda ishlatiladi. 
Tushunchaning mazmuni va hajmi 
Tushuncha o‘zining mazmuni va hajmiga ega. Tushunchaning mazmunini unda fikr 
qilinayotgan predmetning muhim belgilari to‘g‘risidagi axborot tashkil etadi. 
Masalan, «fan» tushunchasining mazmunini fanning muhim belgilari, ya’ni uning 
amaliyot bilan aloqada ekanligi, predmetlarning birorta sohasiga oid tushunchalar, 
qonunlar, prinsiplar shaklidagi ob’ektiv chin (haqiqiy) bilimlar tizimidan iborat 
bo‘lishi, dunyoqarashning shakllanishida ishtirok qilishi va shu kabilar tashkil 
qiladi. 
Tushunchaning hajmi esa, unda fikr qilinayotgan predmetlar yig‘indisini aks ettiradi. 
Masalan, yuqorida misol qilib keltirilgan «fan» tushunchasining hajmi mavjud 
barcha fanlarni: matematika, fizika, mantiq va hokazolarni o‘zida qamrab oladi. 
Tushunchaning mazmuni va hajmi uzviy bog‘liq bo‘lib, u tushunchaning mazmuni 
va hajmi o‘rtasidagi teskari nisbat qonuni yordamida ifodalanadi. Bu qonunga 
muvofiq tushunchaning hajmi kengaytirilsa, mazmuni torayadi va aksincha, hajmi 
toraytirilsa, mazmuni kengayadi. Masalan, «fan» tushunchasining mazmuniga 
«mantiq»qa oid bo‘lish belgisini qo‘shish bilan hajm jihatidan undan torroq bo‘lgan 
«mantiq fani» tushunchasiga o‘tiladi. 
«Fan» tushunchasining hajmini kengaytirish bilan mazmun jihatidan unga nisbatan 
torroq bo‘lgan «ijtimoiy ong shakli» tushunchasi hosil qilinadi. Bunda faqat fanga 
xos bo‘lib, boshqa ijtimoiy ong shakllarida, masalan, huquqiy ongda bo‘lmagan 
spetsifik belgilar tushuncha mazmunidan chiqarib tashlanadi. 
Bu qonun tushunchalar bilan olib boriladigan qator mantiqiy amallar asosida yotadi. 
Tushunchaning turlari 
Mantiqda tushunchalar mazmuni va hajmi bo‘yicha bir qancha turlarga bo‘linadilar. 
Xususan, hajmiga ko‘ra yakka va umumiy tushunchalar farq qilinadi. YAkka 
tushunchaning hajmida bitta predmet fikr qilinadi. Masalan, «Mars planetasi», 
«O‘zMU asosiy kutubxonasi» va shu kabilar yakka tushunchalardir. Umumiy 
tushunchalar predmetlar guruhini aks ettiradi. «Planeta», «Kutubxona» 
tushunchalari umumiy tushunchalar hisoblanadi. Umumiy tushunchalar aks 
ettiruvchi predmetlarning miqdori chegaralangan va chegaralanmagan bo‘lishi 
mumkin. Masalan, «kimyoviy element» tushunchasida fikr qilinayotgan predmetlar 
soni chegaralangan. «YUlduz» tushunchasi hajmini tashkil qiluvchi predmetlar soni 
esa cheksiz.
Fikr yuritish jarayonida ayiruvchi va to‘plovchi tushunchalarni farq qilish ham 
muhim ahamiyatga ega. Ayiruvchi tushuncha shunday umumiy tushunchaki, u aks 
ettiruvchi belgilar berilgan sinfning har bir predmetiga xosdir. To‘plovchi tushuncha 
ham umumiy tushuncha bo‘lib,u aks ettirgan belgilar shu umumiylikni tashkil 
etuvchi har bir predmetga taaluqli bo‘lmaydi. Masalan, “konferensiya” – to‘plovchi, 
“konferensiya ishtirokchisi” – ayiruvchi. 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin