“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə244/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Suqrotning
fikricha, polis bilan fuqaro o‘z huquqlari jihatidan teng emas, ular ota bilan o‘g‘ilga 
o‘xshaydi. Axloqning asosiy mohiyati - o‘zgarmas va abadiy ayol fazilat bo‘lmish donishmandlik. 


13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI 
190 
U axloqiy xatti-harakat mezoni hisoblangan ilohiy yozmishga mos keladigan benuqson faoliyatdir. 
Axloqning manbai esa insondan tashqarida, ilohiydir. Suqrot ruxni (jon, qalb, nafsni), vujuddan 
farqli ravishda, o‘lmas deb xisoblaydi, lekin o‘z qarashlarini rivojlantirmaydi. Uning fikricha, bu 
boradagi ortiqcha qizikuvchanlik zararli. CHunki ma’budlar o‘zlari odamlarga ochishni istamagan 
narsalarninr tadqiq etilishini yoqmaydi.
Suqrotdan farqli o‘laroq, Aflotun (miloddan avvalgi 427- 347) axloqshunosligi uchun aksincha, 
g‘oyalar va rux xaqda ta’limotlar asos bo‘lib xizmat qiladi. Aflotunning g‘oyalar ta’limotiga ko‘ra, 
bizga ko‘rinib turgan, biz qilayotgan dunyo bor-yo‘g‘i soyalar o‘yini, haqiqiy dunyoni ko‘rish 
uchun esa inson aqli ojizlik qiladi. Inson g‘or devoriga kishanband qilib ko‘yilgan tutkunga 
o‘xshaydi, u faqat haqiqiy borliq ning noaniq soyalarini kuzatadi, xaqiqiy borliq esa soyalar 
orqasida, ko‘rinmaydi. Uni inson ko‘rmaydi, biroq o‘sha asl borliqni ko‘ra oladigan mangu- 
o‘lmas rux mavjud. U g‘oyalar dunyosiga daxldor, lekin uning faqat aqliy qismigina ana shu 
dunyoga qaratilgan, ehtiros va xirsli qismi esa doimo rynohkop erga tomon tortadi. Aflotun 
ruhning bu ikki xillik jihatini aravakash (aql) bilan ko‘pirgan otlar (ehtiros va hirs) orasidagi 
kurash sifatida talqin etadi. Otlar baland kelgand ruh (qalb, jon) g‘oyalar dunyosidan vujudga 
yiqiladi va inson tyg‘iladi. Insonning tyg‘ilishi , shunday qilib, ruhning gynoxga botishi barobarida 
voqe bo‘ladi. Barcha bilimlar xotira natijasidir; ruh g‘oyalar dunyosidan bilganlariiing bazilarini 
eslaydi va vujuddagi xayotida biror-bir diqqatga sazovor yangilikni o‘ziga kasb etmaydi. Shunday 
qilib, Aflotunning fikricha, axloq, ilohiy asosga ega va axloqiy fazilat insonga azaldan berilgan.
Aflotun donishmandlikni oliy fazilat, ruxdagi aqliy qismning namoyon bo‘lishi deb biladi va 
davlatni boshqarishra loyiq yagona toifa sifatida donishmand-faylasuflarni tan oladi. YOvqurlik - 
qo‘riqchilarga davlatni ximoya qiluvchi askarlarga xos. Ruhning - xirsli qismi bilan bog‘liq 
bo‘lgan mo‘‘tadillik xunarmand-kosiblar, dexqonlarga, yani, xalqqa xos. Ular avvalgi tabaqaga 
bo‘ysunishi shart. Ulardan so‘ng qullar turadi. Kullar axloqdan tashqarida, har qanday fazilatdan 
yiroq, zotan ularning ruhga egaligi gumon. Bundan tashqari, Aflotunnning fikriga ko‘ra, adolat 
shaxsiy fazilat emas, davlatga xos fazilat. SHu sababdan u: “Biz tabiatiga ko‘ra uchga bo‘lingan 
tabaqalarning xar biri faqat o‘z yumushi bilan shyg‘ullangan davlatnigina tan olamiz”, deydi. 
SHuningdek, tijorat fuqarolarni yo‘ldan ozdiradigan soxa bo‘lgani uchun, u bilan adolatli davlatda 
xorijliklar shyg‘ullanishi kerak.
Aflotun axloqshunosligining muhim xususiyati shundaki, unda axloqning asosi, axloqiy namuna 
sifatida iloxiylik olinadi. Faylasufning fikricha, kimda-kim Xudoning marhamatiga erishmoqchi 
ekan, unta iqtido qilmog‘i, undan namuna olmog‘i kerak, Xudo barcha narsalar uchun mezon; 
faqat Xudoga ishonuvchi va taqlid qiluvchi kishirina donishmand bulishi mumkin. Xullas, 
Aflotunning axloqshunosligi qatiy diniy tabiatga ega. Ayni paytda u kun jihatdan vedachilik 
axloqshunosligidagi g‘oyalarni o‘z ichiga oladi va ularni rivojlantiradi.
Aflotundan so‘ng ikki qadimgi yunon allomasi – Arastu (miloddan avvalgi 384-322 yillar) va 
Epikurning (milodan avvalgi 341-270yillar) axloq nazariyalari diqqatga sazovor. Aflotunning 
shogirdi Arastu birinchi bo‘lib axloqshunoslikni ruhshunoslik bilan siyosatshunoslik oralig‘idagi 
alohida falsafiy fan sifatida taqdim etdi va unga (keyinchalik Ovro‘poda qabul qilingan) “Etika” 
degan nomni berdi. Arastuning axloqiy qarashlari, asosan o‘g‘liga bag‘ishlangan “Nikomaxning 
axloq kitobi” va “Evdemning axloq kitobi” hamda “Katta axloq kitobi” risolalarida o‘z aksini 
topgan
Arastu
qadimgi Yunon mutafakkirlari ichida birinchi bulib ixtiyor erkinligini axloqning asosi 
sifatida olib qaraydi va axloqiy fazilatni Aflotunga qarama-qarshi o‘laroq, ruhning tug‘ma 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin