Indefinite article– Noaniq artikl Ingliz tilida noaniq artikllar a va an. Agar so’z undosh harf bilan boshlangan ular oldidan a noaniq artikli ishlatiladi.
A book, a teacher, a window, Agar so’z unli harflar bilan boshlansa, ular oldidan an noaniq artikli ishlatiladi.
An apple, an egg, an engineer. ● Lekin ba’zi unli harflar bilan boshlangan so’zlar oldidan a noaniq artikli ishlatiladi. Chunki bu holatda harf unli bo’lgani bilan harf anglatayotgan tovush undosh tovush hisoblanadi. (Ingliz tilida j(й) va ju(ю) tovushlari undosh tovushlar hisoblanadi)
a European, a union, a euro, a universal, a eulogy, a university, a eucalyptus, a yard, a uniform, a year,a united, a one- eyed man ●Ba’zi undosh harflar bilan boshlangan so’zlar oldidan an noaniq artikli ishlatiladi. Chunki bu holatda undosh harflar o’qilmasdan so’z unli tovush bilan talaffuz qilinadi.
an hour, an heir, an herbal, an herbion, an honour, an honest, an SMS, an MP (a Member of Parliament) an MA (a Master of Art) ●Noaniq artikllar birlik artikli hisoblanib, ular har doim sanaladigan birlikdagi otlar oldidan ishlatiladi.
a book, a teacher, a window, Noaniq artikllar a va an sanaladigan ko’plikdagi otlar oldidan va sanalmaydigan otlar oldidan ishlatilmaydi.
pencils = some pencils, water = some water 1. So’zlovchi va tinglovchi tomonidan gapda 1 marta ishlatilayotgan ot oldidan noaniq artikllar ishlatiladi. Chunki bu holatda o’sha narsa haqida, uning ma’lum bir belgi xususiyati haqida, gapda hech qanday ma’lumot berilmaydi.
- I read a book yesterday. - Kecha kitob o’qidim. - Jack bought a car. - Jek moshina sotib oldi. - There is a man and a boy outside. - Tashqarida bir erkak kishi va bir bola bor. - I can see a dog in the street. - Ko’chada bir itni ko’ryapman. 2. Sanaladigan birlikdagi otlar gapda ot kesim vazifasida kelsa ular oldidan noaniq artikllar ishlatiladi.
-This is a book. -It is an apple. ● Sanaladigan birlikdagi otlar oldidan sifat kelib ularni tasvirlab kelganda ham noaniq artikl ishlatiladi.
-This is a good book. -It is a deliciousapple. 3. Noaniq artikllar a va an ingliz tilida one - bir so’zidan kelib chiqqan bo’lib “bitta, bironta” degan ma’noni anglatadi va bu holatda so’zlovchining nutqi bitta narsa predmetga emas ko’p sonli narsa predmetlardan birontasiga qaratilgan bo’ladi. (Qaysiga qaratilgani noma’lum). Bu qoidada a, an noaniq artikllarini`ng o’rniga one ishlatilishi ham mumkin.
-You have a lot of books. Give me a/one book -Kitoblaringiz ko’p ekan. Menga bironta kitob bering. (Qaysi kitobni nazarda tutayotganligi noma’lum) -There are 7 apples on the plate. Bring me an/one apple. -Tarelkada 7 ta olma bor. Menga birontasini olib bering. (Qaysi olmani nazarda tutayotganligi noma’lum)