“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə278/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

15-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR 
228 
shifokor tomonidan qilingan xatti-harakatlarni qanday, baholash mumkin? Bu xatti - harakatlarni 
insoniylik va insonparvarlikning ko‘rinishi sifatida qabul qilish to‘g‘rimi? Umuman, evtanaziya 
axloqiylikmi, axloqsizlikmi? u muammo ham umumjahoniy miqyosda o‘z echimini kutmoqda. 
Chunki tabobat borasidagi so‘nggi tadqiqotlar inson o‘limi bir lahzada ro‘y bermasligini, yurak 
urishi va nafas olish to‘xtaganda ham, miya o‘lmasa insonni o‘ldi deyish mumkin emasligini 
isbotlab berdi. Hozirgi kunda toki miya o‘lmas ekan, ko‘pgina ichki a’zolarning yangi tabobat 
texnikasi vositasida ishlashda davom etishini ta’minlash va shu orqali ancha muddatgacha insonda 
tiriklikning minimal darajasini saqlab turish mumkin. Demak, yurak yoki buyrakning ko‘chirib 
o‘tkazilishi hali o‘lmagan odamning minimal tiriklikka bo‘lgan huquqini poymol qilishdir. 
Amerikalik neyroxirurg Pol Pirson o‘z tajribalariga asoslanib, yurak ko‘chirib o‘tkazilganda ruh 
ham ko‘chib o‘tadi, degan fikrni bildiradi. Chunonchi, 19 yashar qizning yuragi 40 yashar erkakka 
o‘tkazilganida, yigitning fe’l-atvorida juda katta o‘zgarishlar ro‘y bergan. Yoki 20 yashar qizning 
yuragi va o‘pkasi 36 yashar ayolga o‘tkazilganda ham shunga o‘xshash o‘zgarishlar yuzaga 
kelgan: ayolning kulishigacha o‘zgarib ketgan. Axloqiy nuqtai nazardan buni qanday izohlash 
mumkin?
KLONLASHTIRISH 
Klonlashtirish atamasi ingliz tilidagi “slone”, “cloning” so‘zlaridan kelib 
chiqqan va hozirgi kunga kelib o‘z yozilishi, o‘qilishini biroz o‘zgartirgan. Ingliz tilida bu so‘z 
biologik termin sifatida yuz yillar oldin qo‘llana boshlagan. Biroq shu qisqa vaqt ichida o‘z 
ma’nosini bir necha marta o‘zgartirishga ulgurgan . Dastlab klon so‘zi vegetativ yo‘l bilan, ya’ni 
bir o‘simlik urug‘idan olingan o‘simliklar guruhiga nisbatan qo‘llangan. Oradan bir muncha vaqt 
o‘tib, ushbu atama bakteriyalar turkumini etishtirishga nisbatan ishlatilgan.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin