“ Ijtimoiy fanlar


“YOshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə276/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

“YOshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonunida 
yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan, zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni 
targ‘ib qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlar, “Bola huquqlarining kafolatlari 
to‘g‘risida”gi Qonunda esa behayolik, shafqatsizlik va zo‘ravonlik haqida hikoya qiluvchi, inson 
qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir 
etishlariga sabab bo‘luvchi adabiyotlarni tarqatish, filmlarni namoyish etishning taqiqlanishi 
belgilab qo‘yilgan. Milliy qonunchilik tajribasida bu kabi normalarning aks etishi yoshlarimizda 
turli axborot xurujlari, jamiyatimizga yot bo‘lgan g‘oyalarga nisbatan mafkuraviy immunitetni 
shakllantirishda, farzandlarimizni xalqimizning milliy ma’naviyati, oilalarimizda amal qilinadigan 


15-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR 
227 
tartib-qoidalarga, ota-onaga hurmat ruhi asosida tarbiyalashda muhim ahamiyatga egadir. Zero, 
har qaysi davlatning yoshlari uning ertangi kunini, taqdirini belgilovchi kuch bo‘lib sanaladi.
 
Bioetika – amaliy etikaning nazariy asosi. 
Bioetika: 
Bioetika Bioetika – tibbiyot va biologiyaning rivojlanishiga qarab yuzaga keladigan axloqiy, 
huquqiy va ijtimoiy muammolarni o‘rganuvchi bilim sohasi. Boshqacha qilib aytganda, bu 
borliqqa axloqiy munosabat mezonlari to‘g‘risidagi fan, jamiyat manfaatlarini ilm-fan tajovuzidan 
himoya qiluvchi institut, shuningdek tibbiyot sohasidagi axloqiy muammolarni hal qilish 
metodologiyasidir. Bioetikaning asosiy maqsadi – insonni uning hayoti va sog‘lig‘iga tibbiyot va 
biologiyaning salbiy ta’siridan himoya qilish. «Bioetika» atamasini amerikalik mashhur onkolog 
vrach, olim va insonparvar Van Ranseler Potter (1911-2001) ilmiy muomalaga kiritdi.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin