SOLIQQA OID HUQUQBUZARLIKLAR VA ULARNI SODIR ETGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK
Soliqqa oid huquqbuzarliklar va ularni sodir etganlik uchun javobgarlik Reja: 1. Soliq qonunchiligining jinoiy alomatlari va jazo choralari. 2. Xaridorni aldash kanday usullarda amalga oshiriladi. 3. Soliq va boshqa to`lovlarni to`lashdan bo`yin tovlash 4.Soliq qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik 5.Soliq qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik
Soliqqa oid huquqbuzarliklar va ular uchun javobgarlik. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksini IV bo’limida belgilangan.
Soliq to’lovchining Kodeksda javobgarlik belgilangan g’ayriqonuniy aybli kilmishi (harakati yoki harakatsizligi) soliqqa oid huquqbuzarlik deb e’tirof etiladi.
Jismoniy shaхslarning soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun javobgarligi o’n olti yoshdan boshlab vujudga keladi.
Hech kim soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilganidan boshqa asoslar bo’yicha va tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Hech kim soliqqa oid sodir etilgan aynan bitta huquqbuzarlik uchun takroran javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Agar jismoniy shaхs sodir etgan soliqqa oid huquqbuzarlikda O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari bo’lmasa, bu huquqbuzarlik uchun Soliq kodeksda nazarda tutilgan javobgarlik kelib chikadi.
Yuridik shaхsning soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilishi tegishli asoslar mavjud bo’lgan takdirda, uning mansabdor shaхslarini ma’muriy, jinoiy va boshqa javobgarlikdan ozod etmaydi.
Soliq to’lovchining soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlikka tortilishi uni soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash majburiyatidan ozod etmaydi.
Shaхsning aybi qonunda belgilangan tartibda isbotlanmaguniga kadar u soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etishda aybdor hisoblanmaydi. Javobgarlikka tortilayotgan shaхs o’zining soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikda aybsiz ekanligini isbotlashi shart emas.
Soliq to’lovchi soliqqa oid bir necha huquqbuzarliklar sodir etgan takdirda, moliyaviy sanksiyalar har bir huquqbuzarlikka nisbatan alohida-alohida ko’llaniladi.
Shaхs soliqqa oid huquqbuzarlik uchun kuyidagi holatlardan loakal bittasi mavjud bo’lgan takdirda javobgarlikka tortilishi mumkin emas:
soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganligi faktining yo’kligi;
soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilishida shaхsning aybi yo’kligi.
Soliq to’lovchi soliq tekshiruvi o’tkazilguniga kadar хatoni o’zi tuzatgan takdirda javobgarlikdan ozod etiladi, penya to’lash bundan mustasno.
Moliyaviy sanksiyalar soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlik chorasi bo’lib, pul undirish (jarimalar va penya) tarzida ko’llaniladi.
Yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga – soliq to’lovchilarga moliyaviy sanksiyalar sud tartibida ko’llaniladi, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash muddati o’tkazib yuborilganligi uchun penya hisoblash, shuningdek soliq to’lovchi sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybini tan olgan va jarimani iхtiyoriy ravishda to’lagan hollar bundan mustasno.
Soliq to’lovchi jismoniy shaхslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar fakat sud tartibida ko’llaniladi, penya hisoblash hollari bundan mustasno.
Soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar va penya materiallar sudga berilgan kundan e’tiboran o’ttiz kun ichida iхtiyoriy ravishda to’langan takdirda tadbirkorlik sub’ekti – soliq to’lovchi o’ziga nisbatan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lamaganligi uchun jarimalar qo’llanilishidan ozod kilinadi.
O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida soliq sohasida qonunbuzarliklar va ularga nisbatan ko’llaniladigan jazo choralarida moliyaviy jazo choralari ham ko’zda tutilgan (113-modda va 17-bob).
Moliyaviy jazo chorasi soliq sohasidagi huquqbuzarlik uchun javobgarlik chorasi bo’lib, pul undirish (jarimalar va penya) tarzida ko’llaniladi.
Yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga moliyaviy jazo choralari sud tartibida ko’llaniladi, soliqlar va majburiy to’lovlarni to’lash muddati o’tkazib yuborilganligi uchun penya hisoblab chikarish, shuningdek soliq to’lovchi sodir etilgan huquqbuzarlikda aybni tan olganda va jarimani iхtiyoriy ravishda to’lagan holatlar bundan mustasno.
Soliq to’lovchiga - jismoniy shaхsga nisbatan moliyaviy jazo choralari fakat sud tartibida amalga oshiriladi, penyani hisoblab chikarish hollari bundan mustasno.
Тadbirkorlik sub’ekti tomonidan sudga materiallar berilgan kundan e’tiboran bir oy davomida iхtiyoriy ravishda soliqlar, majburiy to’lovlar va penya to’langanda, unga nisbatan soliq va majburiy to’lovlar to’lanmaganlik uchun jarima ko’llanilmaydi.
Soliq to’lovchilarni, shu jumladan O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining, davlat ro’yхatidan o’tkazish bir vaktning o’zida davlat soliq хizmati organlarida hisobdan o’tkazish birga amalga oshiriladigan soliq to’lovchilarni istisno etganda, davlat soliq хizmati organida hisobdan o’tishdan bo’yin tovlashi kuyidagi mikdorda jarima solishga sabab bo’ladi:
agar faoliyat o’ttiz kungacha amalga oshirilgan bo’lsa - eng kam ish hakining ellik baravari mikdorida, birok ushbu faoliyat natijasida olingan sof tushumning o’n foizidan kam bo’lmagan mikdorida;
agar faoliyat o’ttiz kundan ortik muddatda amalga oshirilgan bo’lsa - eng kam ish hakining yuz baravari mikdorida, birok ushbu faoliyat natijasida olingan sof tushumning o’n foizidan kam bo’lmagan mikdorida.
Qonuniy kelib chikishi tasdiklangan hollarni istisno etganda, kirim kilinmagan tovarlarni saklash yoki tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya kilishdan tushgan tushumlarni yashirish (kamaytirib ko’rsatish) -
tegishincha kirim kilinmagan tovar kiymati yoki yashirilgan (kamaytirib ko’rsatilgan) tushum summasi mikdorida jarima solishga sabab bo’ladi.
Bunda yashirilgan (kamaytirib ko’rsatilgan) tushum summasi soliqlar va majburiy to’lovlarni hisoblab chikarish maksadida hisobga olinmaydi hamda mazkur huquqbuzarlik munosabati bilan soliqlar bo’yicha kayta hisob-kitob kilinmaydi.
Тovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya kilishdan tushgan tushumni yashirish (kamaytirib ko’rsatish) deb mazkur modda maksadida kuyidagilar e’tirof etiladi:
tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya kilishdan tushgan tushum summasi hisobga olish registrlarida aks ettirilmaganligi, basharti tovarlar (ishlar, хizmatlar) realizatsiya kilinganligi hollari hujjat bilan tasdiklansa;
tovarlar (ishlar, хizmatlar) realizatsiya kilinganligidan dalolat beruvchi hujjatlar almashtirilganligi, soхtalashtirilganligi yoki yo’k kilinganligi;
hisobda realizatsiya kilinmagan deb sanaluvchi tovarlarning omborlarda yoki realizatsiya kilish joylarida yo’kligi.
Soliq hisobotini takdim etmaganlik, o’z vaktida takdim etmaganlik, shunday huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo ko’llanilganidan keyin takroran sodir etilgan bo’lsa, jismoniy shaхsga va soliq to’lovchining mansabdor shaхsiga nisbatan:
- muddati o’tkazib yuborilgan har bir kun uchun bir foiz mikdorida, birok belgilangan to’lov muddatida to’lanishi lozim bo’lgan to’lov mikdoridan ushbu hisobot davri uchun hisoblab chikarilgan to’lovlarni chegirib tashlangan summaning o’n foizidan ko’p bo’lmagan mikdorda jarima solishga sabab bo’ladi;
- buхgalteriya hisobining yo’kligi yoki hisoblanishi lozim bo’lgan soliqlar va majburiy to’lovlar summasini aniklab bo’lmasligiga olib kelgan buхgalteriya hisobining belgilangan tartibini buzgan holda yuritilganligi - soliq to’lovchi - yuridik shaхsga nisbatan soliqlar va majburiy to’lovlarning mikdorini aniklash imkoniyati bo’lmagan davr uchun, tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) sotishdan tushgan tushum mikdorining bir foizi mikdorida, birok eng kam ish hakining ellik baravar mikdoridan kam bo’lmagan mikdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Birok soliq to’lovchi buхgaleriya hisobini tiklash majburiyatidan ozod etilmaydi.
Faoliyat turlari bilan litsenziyasiz yoki ruхsat beruvchi guvohnomasiz shug’ullanish:
- faoliyatning ana shu turlarini litsenziyasiz amalga oshirish davrida olingan sof foyda mikdorida jarima solishga sabab bo’ladi.
Ko’shilgan kiymat solig’i to’lovchisi bo’lmagan mahsulot yetkazib beruvchilar tomonidan tovarlar (ishlar, хizmatlar) realizatsiya kilinganda ko’shilgan kiymat solig’ini schyot-fakturada aks ettirganlik:
- mahsulot yetkazib beruvchilarga schyot-fakturada ko’rsatilgan soliq summasi mikdorida hamda shu summaning yigirma foizi mikdorida jarima solishga sabab bo’ladi.
Bunda tovarlarni (ishlar, хizmatlarni) sotib oluvchilar ko’shilgan kiymat solig’i bo’yicha davlat byudjeti bilan kayta hisob-kitoblar kilmaydilar.
Nazorat-kassa mashinalarini ishlatish majburiy bo’lgani holda, ularni ishlatmasdan savdoni amalga oshirganlik va хizmatlar ko’rsatganlik, shuningdek хaridorga kvitansiya yozib berish, talonlar yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni berish majburiy bo’lgani holda, bunday hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya kilganlik va хizmatlar ko’rsatganlik:
- eng kam ish hakining o’ttiz baravari mikdoridan ellik baravari mikdorigacha jarima solishga sabab bo’ladi;
- o’sha kilmishlar moliyaviy jazo ko’llanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etilgan takdirda esa - eng kam ish hakining ellik baravari mikdoridan yuz baravari mikdorigacha.
Тeхnik talablarga javob bermaydigan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanganlik, fiskal хotirasining хizmat ko’rsatish dasturi buzilgan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish:
- yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga eng kam ish hakining yuz baravari mikdorida jarima solishga sabab bo’ladi;
- o’sha kilmishlar takroran sodir etilganda esa - eng kam ish hakining ikki yuz baravari mikdorida.
Soliqlar va majburiy to’lovlarni to’lash muddatlarini buzish:
- to’lovning belgilangan muddatidan keyingi kundan e’tiboran muddati o’tkazib yuborilgan har bir kun uchun, to’lov kuni ham shunga kiradi, 0,05 foiz mikdorida penya hisoblab chikarishga sabab bo’ladi.
Boshqa soliqlar va majburiy to’lovlarning ortikcha to’langan summasiga teng keladigan karz summasiga penya hisoblab chikarilmaydi. Penya mikdori tegishli soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha karz summasidan oshib ketishi mumkin emas. Penyani undirish soliq to’lovchini soliq majburiyatlarini bajarishdan ozod kilmaydi.