4-mavzu. Suitsidal harakatlarni sodir etgan bolaga yordam berish tamoyili Reja



Yüklə 42,43 Kb.
səhifə1/16
tarix25.12.2022
ölçüsü42,43 Kb.
#77814
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
4-mavzu. Suitsidal harakatlarni sodir etgan bolaga yordam berish


4-mavzu. Suitsidal harakatlarni sodir etgan bolaga yordam berish tamoyili
Reja:

  1. Suisidal xatarning omillari.

  2. Suitsid psixoprofilaktikasi.

  3. Suitsidal oʻrganishlar sodir etgan bolalar bilan psixologik maslahat ishlari.

Tayanch soʻzlar: suitsid, suitsidal urinish, suitsidal xavf, agressiya, inqirozli psixoterapiya, psixoprofilaktika.
Mavzuning qisqacha mazmuni va dolzarbligi: Ushbu mavzuda bugungi kundagi muhim yoʻnalishlardan biri boʻlgan ijtimoiy reabilitatsiyaning muhim muammolaridan biri boʻlgan suitsid va uni keltirib chiqaruvchi omillar hamda ularni bartaraf etishning psixologik xususiyatlari haqidagi masalalarni qamrab oladi. Ushbu mavzu sotsial psixologik xizmat tizimida reabilitatsiya masalalari fanining mohiyati hamda pedagogik, ijtimoiy sohalarda psixologik bilimlarni oʻrni va ahamiyatini tushuntirib berishga qaratilgan
Fanning boshqa fanlar bilan oʻzaro bogʻliqligi:
“Falsafa”, “Umumiy psixologiya”, “Etika”, “Psixodiagnostika”, “Odam anatomiyasi”, “Psixofiziologiya”, “Ijtimoiy psixologiya”, “Psixologik xizmat”, “Rivojlanish psixologiyasi”, “Yosh fiziologiyasi”, “Gigiyena”, “Pedagogika” va “Tibbiy fanlar”.



  1. Suisidal xatarning omillari.

Suitsid – qasddan oʻlimga olib keluvchi shikast yetkazish (oʻz joniga qasd qilish). Bunday psixologik holatning paydo boʻlishi, koʻpincha, insonning jazavaga tushish, emotsional tuygʻularning yoʻqolishi, irodasizlik kabilarni oʻz ichiga oladi.
Fanda suitsid ochiqchasiga yoki yashirincha oʻz joniga qasd qilish harakati, deb izohlanadi. Shuningdek, qator adabiyotlarda “pubertat (yetuklik) suitsid” atamasi ham qoʻllaniladi. Bu butun bir koʻrinishga ega boʻlib, oʻsmirlar oʻrtasida oʻz joniga qasd qilish bilan izohlanadi. Bir qator tadqiqotchilar (A.G.Amburova, Ye.M.Bruno, N.D.Kibrik va boshqalar) oʻsmirlar suitsidi katta yoshdagilar suitsididan farq qilishini taʼkidlaydi. A.G.Amburovaning konsepsiyasiga binoan, suitsid shaxsning boshidan oʻtkazayotgan mikroijtimoiy nizolarga ijtimoiy-psixologik moslashmasligi bilan bogʻliq. Shunga koʻra, oʻz joniga qasd qilish (haqiqiy suitsid) va oʻz joniga qasd qilishga urinish (tugallanmagan suitsid) ga ajraladi. Bruksbenk oʻzining izlanishlarida suitsid va parasuitsid (tugallanmagan suitsid) haqida fikr yuritadi. U suitsidni qasddan qilingan, parasuitsidni esa oʻlimga olib kelmaydigan shikast yetkazish harakati, deb belgilaydi.

Yüklə 42,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin