-hamma suitsidentlarning umumiy maqsadi – yechim qidirish. Har bir suitsidning maqsadi oʻz oldida turgan muammolarga, kuchli qaygʻuga yechim topish;
-suitsidda umumiy qoʻzgʻatuvchi sabab chidab boʻlmaydigan psixologik (qalban) ogʻriqlar hisoblanadi. Bu ogʻriq, qiynalish, azoblanish, qalban aziyat chekishda koʻrinadi. Chidab boʻlmaydigan qalban ogʻriqlar oʻsha narsadan qochish, qutulish hisoblanadi. Hech kim xursandchilikdan suitsidga qoʻl urmaydi;
-umumiy suitsidal hissiyot yordamga muhtojlik hisoblanadi. Suitsidal holatda odam umidsizlik, kuchsizlik, gʻamginlik koʻp hollarda depressiyaga tushadi;
-suitsidning umumiy ichki holati ikkilanish hisoblanadi. Bu bir-biriga qarama-qarshi tuygʻular, yaʼni sevgi va nafrat tuygʻularini bir vaqtda boshdan kechirish. Har bir suitsident oʻlishni, lekin shu bilan bir vaqtda uni qutqarib qolishlarini xohlaydi;
-suitsidda umumiy harakat qochish hisoblanadi. Oʻz joniga qasd qilishdan maqsad biron narsadan qochish hisoblanib, uning fikricha, eng muhimi oʻz hayotini oʻzgartirish;
-hayotda oʻzini tutishning umumiy qonun-qoidalariga muvofiqlik obyektiv qonuniyat hisoblanadi; I.V.Konochuk tomonidan suitsidning 3 ta asosiy vazifasini sanab oʻtgan: 1.Murojaat, “yordam soʻrash”.
2.Muammolarni hal etishdan qochish, “chidab boʻlmas ogʻir hayotiy vaziyatlardan uzilish”.
3.Emotsional zoʻriqishlarni yoʻqotish usuli sifatida munosabat bildirish.
G.Seyr suitsidal harakat oldidan hissiyotlarni tahlil qilib, oʻz joniga qasd qilishning 4 ta asosiy sabablarini belgilagan:
-yakkalanib qolish (hech kim seni tushunmaydi, sen bilan hech kimning ishi yoʻqdek his qilish);
-ojizlik (hayotingni nazorat qila olmaysan, hammasi senga bogʻliq emasdek his qilish);
-umidsizlik (kelajakdan hech qanday yaxshilik kutmaslik);
-oʻzini ahamiyatsizdek his qilish (qadr-qimmati tahqirlangan, oʻziga past baho berish, biror masalani hal qilolmasligidan qaygʻurish, oʻzidan uyalish).