Suitsidal davr
|
Boshdan kechirish fenomeni
|
Boshdan kechirish xulq-atvor harkatlari
|
1.Suitsiddan oldingi davr
–soniyalarga choʻzilishi mumkin;
– yillarga choʻzilishi mumkin (eng uzoq davr).
|
1.Kutish sindromi (bu yerda suitsid maqsadlari kuzatilmaydi).
2.Hayotga nisbatan qiziqishning yoʻqolganiga iqror boʻlish (depressiya).
3.Oʻlim istagi tugʻilganiga iqror boʻlish.
|
Antivital boshdan kechirish
(hayot qadri yoʻqolganini boshdan kechirish)
|
Ichki suitsidal xulq-atvor
|
2.Suitsidal davr
|
-suitsidal fikrlar (oʻylangan ish);
-suitsidal oʻylar;
-suitsidal tayyorlik;
-suitsidal tahdidlar;
-suitsidal urinishlar;
-tugallangan suitsid.
|
Tashqi suitsidal xulq-atvor
|
Suitsiddan keyingi davr
|
Baholanadi:
suitsidga munosabat boʻyicha;
vaqt boʻyicha.
|
Suitsid oldi davri quyidagicha taʼriflanadi: odamda avval ahamiyatsiz fikrlar tugʻiladi, hayot qadrini oʻylamaydi, “yashash kerak emas, hayotdan charchadim”, “bularning hammasi qachon tugaydi?” “hammasi jonga tegdi” va shunga oʻxshash fikrlarni oʻziga shior qilib oladi. Ular oʻlim haqida aniq tasavvurga ega emas, lekin yashashni inkor qiladi. Bunday suitsidal usul u yoki bu vaziyatlarda hamma odamlarda uchrab turadi. Agar jarayon davom etsa, keyingi bosqichlarda passiv suitsidal fikrlar, yaʼni oʻz joniga qasd qilish mavzusidagi fantaziyalar bilan tavsiflanadi. Masalan: “uyquga yotsang-u, hech qachon uygʻonmasang”, “bironta qoʻrqinchli kasal bilan kasallansang” va shunga oʻxshash insonning suitsidga ichki tayyorligi aks etadi.
Uchinchi suitsid oldi bosqichida oʻlish istagi tan olinadi. Bu davr uchun rejalangan suitsid xosdir. Bu vaqtda suitsid rejasi ishlab chiqiladi, usullari oʻylab topiladi, vaqt va joy tanlanadi.
Suitsidal harakatlar, fikrlar, tayyorlik, tahdidlar va boshqa davrlar, yaʼni oʻz joniga qasd qilish qarori qabul qilingan davr – suitsidal davr deb nomlanadi.
Shu tariqa suitsidal oldi va suitsidal davrlar – bu bosqichlar odamni oʻz joniga qasd qilishga u yoki bu usulda tayyorlashi bilan tasniflanadi.
Xorij adabiyotlarida suitsidal xulq-atvorni quyidagi turlari tavsiflanadi: namoyishkorona xulq-atvor, asabiy xulq-atvor, haqiqiy suitsidal xulq-atvor.
Dostları ilə paylaş: |