4-mavzu. Suitsidal harakatlarni sodir etgan bolaga yordam berish tamoyili Reja



Yüklə 42,43 Kb.
səhifə2/16
tarix25.12.2022
ölçüsü42,43 Kb.
#77814
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
4-mavzu. Suitsidal harakatlarni sodir etgan bolaga yordam berish

Suitsidal xulq-atvor – bu suitsidal faollikning namoyon boʻlishi. Bu oʻz ichiga suitsidal fikr, maqsad, mulohaza, tahdidlar, suiqasd va unga urinishni oʻz ichiga oladi. Haqiqiy suitsidal xulq- atvorda nafaqat puxta oʻylab oʻz joniga qasd qilish, balki, koʻpincha, uzoq vaqt “tayyorlaniladi”.
Suitsidal fikrlashda oʻlim, suitsid yoki jiddiy oʻziga shikast yetkazish tushuniladi. Suitsidal moyillik – umumiy tushuncha boʻlib, unga suitsidal fikrlash, shuningdek, insonning oʻz joniga qasd qilishga urinish istagiga aytiladi. Suitsidal urinish atamasini oʻz joniga shikast yetkazishga urinish yoki oʻz joniga qasd qilish oʻlim oqibatlariga olib kelishini bildiradi. Suitsidal urinishdan toʻxtatish tushunchasi koʻproq tibbiyot amaliyotida qoʻllaniladi va shaxs oʻz joniga qasd qilishga oʻzini tayyorlaydi, lekin qasd qilishdan avval bevosita bu maqsadini oʻzgartirishi bilan tavsiflanadi. Nihoyat, oʻz joniga qasd qilish arafasida oʻziga shikast yetkazayotganini tushunib qoladi.
Suitsidal suiqasdga hamma suitsidal harakatlar, biron sababga koʻra oʻlim bilan tugamaydigan, yaʼni suitsidentga bogʻliq boʻlmagan (masalan, oʻz vaqtida tegishli jonlantirish) qayd etiladi.
Suitsidal urinishlarga namoyishkorona harakatlar, yaʼni suitsident oʻzi qoʻllayotgan vositaning joniga qasd qilishiga xavfsiz hisoblanadi. Yuqorida aytilganlar bu harakatlar amalga oshishi mumkinligi xavfini kamaytirmaydi.
Suitsidal namoyishlarga oʻz joniga qasd qilishga yoʻnaltirilgan biron-bir harakatlarga olib kelmaydigan suitsidal fikrlar, ishoralar va mulohazalarga tegishlidir.
Suitsidning yaqinlashayotgani suitsidal davr oldidan maʼlum boʻladi. U bir necha soniyadan bir necha yilgacha oʻzgarib turadi. Koʻpincha, bu oʻsmirlar va katta yoshdagilarda hayotning qiyin vaziyatlarida namoyon boʻladi. Bu davr suitsidning ilk bosqichi hisoblanib, tugallanmagan suitsid harakatlarda, shuningdek, undan oldinroq namoyon boʻladi.
1-jadval
Suitsidal xulq-atvor tavsifi


Yüklə 42,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin