4-mavzu. Suitsidal harakatlarni sodir etgan bolaga yordam berish tamoyili Reja



Yüklə 42,43 Kb.
səhifə7/16
tarix25.12.2022
ölçüsü42,43 Kb.
#77814
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
4-mavzu. Suitsidal harakatlarni sodir etgan bolaga yordam berish

2.“Qasos” – norozilikning aniq shakli boʻlib, atrofdagilarga dushmanlarcha zarar keltiradi. Oʻziga yuqori baho berish, oʻz qadrini oshirish, shaxsning faol yoki agressiv holatning darajasi geteroagressiya va autoagressiyaning bir-biri bilan almashinish mexanizmlari bilan taxmin qilinadi.
3. “Chaqiruv” tipidagi xulq-atvorda vaziyatni oʻzgartirish maqsadida tashqaridan yordam chaqirish. Shuning uchun shaxsning pozitsiyasi passiv hisoblanadi.
4.“Qochish” suitsidida mojarolarning mohiyati shaxs yoki biologik moslikka tahdid hamda oʻziga nisbatan yuqori baho berishi bir-biriga zid hisoblanadi. Maqsad – chidab boʻlmaydigan vaziyatni bartaraf etishdan qochish bilan tavsiflanadi.
5.“Oʻzini oʻzi jazolash” ni quyidagicha taʼriflash mumkin “shaxsning oʻziga nisbatan ichki noroziligi”, “Men”ning oʻziga xos qarama-qarshiligining kengayishidagi ixtilof, insonda 2 ta obrazning bir vaqtning oʻzida mavjudligi aytish orqali yaʼni “Men – hakam”, va “Men – sudlanuvchi”, kabi taʼkidlarni oʻzida dushmanni yoʻq qilish.
6“Rad etish” suitsidida sabablar mavjudligini rad etish hisoblansa-da, maqsad oʻz hayotiga zomin boʻlishdir.
Ye.A.Bachilo tomonidan suitsidal xulq-atvor rivojlanishiga yordam beruvchi 2 ta katta guruh ajratilgan: xavfning guruhiy omillari va individual xavf omillari.
Dunyo amaliyoti uchun umumiy hisoblangan omil – suitsidni jinsga qarab taqsimlanishi hisoblanadi. Masalan, katta yoshli erkaklar ayollarga nisbatan suitsidal xulq-atvorga moyildirlar. Statistika maʼlumotlarga koʻra, oʻsmir yoshda, koʻpincha, qizlar oʻgʻil bolalarga nisbatan suitsidal xulq-atvorlarini namoyish qiladilar. Suitsidal xulq-atvor 14 yoshdan keyin qizlarda ham oʻgʻil bolalarda ham bir xilda namoyon boʻladi. Yoshlikda suitsidal xulq-atvor koʻp hollarda ishqiy-shaxsiy munosabatlar, masalan, omadsiz sevgi bilan bogʻliqligi ehtimoli kuchli. Shuningdek, suitsid oʻgʻil bolalarda katta yoshdagi erkaklarga nisbatan koʻproq. Shaxsda suitsidni yuzaga kelishidagi muhim omillardan biri bu uning yoshi hisoblanadi. AQSH va Yevropa mamlakatlarida suitsidning aniq bir avj yoshi mavjud boʻlib – oʻsmir yosh (15–19) va keksalik yoshi (60–75) ni tashkil qiladi. Bu shartli ravishda “yoshlikning avji” va “involyutsiya avji”ga mos keladi. Rossiyada esa 2 ta “avj” davri mavjud boʻlib, parasuitsid – oʻsmir va oʻspirinlik davriga xos tugallangan suitsid – yoshi qaytgan va keksa yoshlarga xosligi bilan tavsiflanadi.
Mamlakat uncha muhim boʻlmagan omil. Koʻpgina tadqiqotlarning koʻrsatishicha, rivojlangan mamlakatlarda rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan suitsidlar miqdori yuqori darajani qayd qiladi. Suitsidlar miqdori boʻyicha eng achinarli holat peshqadamlik mamlakatlarning 100 000 aholisiga AQSH, Kanada, Hindiston, Yevropa mamlakatlaridan – Vengriya, Shvetsiya, Shveysariya, Daniya kiradi.
I.Ye.Marina oʻz tadqiqotlarida koʻrsatishicha, hozirgi vaqtda Rossiya Federatsiyasida baxtsiz voqealar va qotilliklardan keyin suitsid 3-oʻrinni egallaydi. Rossiyada oʻz joniga qasd qilishlar miqdori dunyo boʻyicha 1-oʻrinda turadi. Butun dunyo sogʻliqni saqlash tashkilotining aniqlashicha, bunda suitsid koʻrsatkichlari ikki baravar koʻp (100 ming aholiga 40 dan ortiq hodisalar toʻgʻri keladi). Koʻp sonli tadqiqotlarning koʻrsatkichlari boʻyicha tugallangan oʻz joniga qasd qilish 10 dan 20 gacha suitsidal urinish (tugallanmagan suitsid) xavfidan darak berib, koʻngilli ravishda hayotdan koʻz yumish bilan bogʻliq. Shu bois, oʻsmirning suitsidi alohida muammo hisoblanadi.
Suitsidal xavfning biologik (genetik), psixologik-psixiatrik va ijtimoiy-oʻrta omillari klassifikatsiyasi keng tarqalgan.
Egizaklar va asrandi bolalar oʻrtasidagi suitsidlarni oʻrganishga bagʻishlangan ishlarda genetik omillar muhim rol oʻynashi koʻrsatilgan. Masalan, bir tuxumdondan tugʻilgan egizaklarning 100 % ining geni mos kelib, ikki tuxumdondan tugʻilgan 50% geni mos keladigan egizaklardan koʻra, koʻpincha, ikkalasi oʻz joniga qasd qiladi yoki oʻz joniga qasd qilishga urinadi. Tadqiqotlarning koʻrsatishicha, asrandi bolalar oʻrtasida suitsidal xulq-atvorli, oʻz joniga qasd qilgan biologik qarindoshlarning mavjudligi muhim hisoblanadi.
Koʻp miqdordagi tadqiqotlar suitsidal xulq-atvorga undagan individual-psixologik xususiyatlar aks ettirishga bagʻishlangan.
Masalan, M.V.Smirnovaning (2011) uqtirishicha, suitsidal xulq- atvorning shaxsiy tavsifnomasiga koʻra, muhim oʻrin egallovchi bir nechta omillar aniqlangan. Shuningdek, A.G.Ambrumovaning (1989) aniqlashicha, shaxsning hamma individual xususiyatlari suitsidal xulq-atvorni tushunish uchun asosiy oʻzak hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotlar natijasida shaxsiy indikatorlar oʻrtasida suitsidal xulq-atvor quyidagilarga ajratilgan:
-emotsional yuklamalarga bagʻrikenglikning kamayishi;
-qatʼiylik;
-chiqarilgan hukmning yetilmaganligi;
-oʻzaro fikr almashinuv doirasining nochorligi;
-teng imkoniyatlarga shaxsning oʻz bahosi;
-shaxsiy psixik himoyaning sustligi;
-hayot qadrini tushishi va yoʻqotilishi;
-perfeksionizm;
-moslashuvchanlik usuli;
-fikrlarning ikki xilligi va boshqalar.
Oʻz joniga qasd qilishning ishonchli koʻrsatkichlaridan biri suitsidga avvalgi urinishlar yoki parasuitsidal koʻrinishlar hisoblanadi. Ayni vaqtda xorijiy mualliflarning tadqiqotlariga koʻra, suitsidal urinish kuzatilgan shaxslar, umumiy aholiga taqqoslaganda, 20–30 karra ortgan. Mahalliy tadqiqotlarning maʼlumotiga koʻra, har ikkinchi suitsident yil davomida qaytadan oʻz joniga qasd qilishga uringan va natijada har oʻninchisi vafot etgan (G.V. Starshenbaum).

Yüklə 42,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin