Urganch davlat pedagogika instituti
PEDAGOGIKA FAKULTETI
Mustaqil ish
Mavzu: Ishlab chiqarish gimnastikasi
Bajardi: Babajanov J.
ABU ALI IBN SINO JISMONIY TARBIYA HAQIDAGI FIKRLARI
REJA:
1. ABU ALI IBN SINO JISMONIY TARBIYA HAQIDAGI FIKRLARI
2. IBN SINO JISMONIY VA AQLIY TARBIYA HAQIDA.
3. BARKAMOL AVLODNI JISMONIY TARBIYALASHDA OILA,
Ibn Sino “Tib ilmlari qonuni” asarida bola katta bo‘lib, yetilgan chog‘ida jismoniy tarbiyaga ahamiyat berish zarurligini aytadi. Uning uqtirishicha, odamning yigitlik, yetuklik yoshida hamda ulg‘aygan yoshida sog‘lik-salomatligini saqlash uchun zarur bo‘lgan jismoniy mashg‘ulot bilan shug‘ullanishi kerak.
Ulug‘ mutafakkir jismoniy tarbiya deb inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan badanni turli xil mashg‘ulot xarakatlariga o‘rgatishni nazarda tutadi. Uning fikricha, jismoniy mashg‘ulotlar bilan o‘z vaqtida va mustaqil shug‘ullanib boruvchi odam hech qanday davolanishga muhtoj bo‘lmaydi. Jismoniy mashg‘ulot inson ruhini ham tetiklashtiradi. Ammo jismoniy mashg‘ulotlar ortiqcha bo‘lmasligi kerak, aks holda badanning tezda charchab qolishiga olib keladi. Jismoniy mashg‘ulotlarni butunlay tashlab yuborish esa, badanning qarib, tezda ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi.
Har bir inson o‘zining xulq-atvori, imkoniyatlari, qobiliyati xohishiga qarab jismoniy mashg‘ulot turini belgilab olish kerak.
Ibn Sino aql va aqliy tarbiyaning tabiiy va psixologik asoslarini aniqlashga harakat qiladi. Uning fikricha, hayot, hayotiy quvvat uch shaklda: o‘simlik, hayvonot va inson shaklida namoyon bo‘ladi.
Ibn Sino bolaning ilm-fan yoki hunar egallashga intilishida o‘qituvchining unga bilim, hunar o‘rgatishi zarurligini uqtiradi.
Ilm-fanga intilish insonning eng oliy ma’naviy harakatlaridandir. Chunki ilm odamni ma’naviy yuksaklikka ko‘taradi, jamiyat ravnaqining asosiy omili bo‘lib xizmat qiladi.
Tark qil bor narsani, jon barchadin a’lodudir,
Jon kamoli ilmdandir, ilmdandir so‘li sog‘.
Jon agar bir shisha bo‘lsa, ilm sham chirog‘.
Hikmati insonin bilgil uch chiroqda misli yog‘.
Ul agar ravshan yonar, sen ham salomat ham tirik.
Ul chiroq so‘nsa, sening ham o‘lganingmasmu shu chog‘.1
Uning fikricha, ta’lim-tarbiya, avvalo, aqliy tarbiyani, yoshlarga ilm-fan o‘rgatishni, jismoniy tarbiyani (bunga tibbiyot ilmi xizmat qiladi), axloqiy tarbiyani, nafosat tarbiyasini hamda yoshlarni ma’lum hunarga o‘rgatish masalalarini o‘z ichiga oladi. Axloqiy tarbiya inson uchun nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Bolaning ahloqiy tarbiyasi yoshlikdan, bolalikdan boshlanishi kerak.
Bolaga do‘q qilma yomon, bo‘lma qo‘pol,
Uyqu qochar, qo‘rqar, axir bo‘lur battol,
Yumshoq beshik bo‘lsin o‘rni uxlaganda,
Qonong‘ulik tushib tursin misli tunday...
Uyg‘oq chog‘i yorig‘likdan ayirmagil,
Yulduz-samo ko‘rsun bola shodlanur dil.
Rang-tuslarni ko‘rsat unga turli-tuman
Kunduz kuni, etmoq ersang ko‘zni ravshan.
Gar istasang, o‘rgatmoqqa so‘zu kamol, Erkalatib ovoz chiqar har xil muqom.
Har bir inson yetuk olim yirik davlat arbobi, oddiy ishchi yoki xizmatchi bo‘lib yetishganda ham yoshligidan berilgan tarbiyani aslo unutmaydi. Uni chuqurroq hurmat bilan eslaydi. Ota-onaga mehri, hurmati ortaveradi. Aqlli inson qanchalik ulg‘aymasin ota-ona unga o‘zidan ulug‘roq ko‘rinaveradi. Ota-onalar burchi va mas’uliyatining buyukligi barcha davrlarda tan olingan haqiqatdan. Bu buyuklik inson avlodini dunyoga keltirishdan emas balki, unga insoniy fazilatlarni shakillanishida namoyon bo‘ladi.
Buyuk faylasuf shoir Bedilning shunday hikmatli fikri bor: “Bino poydevorining birinchi toshi qiyshiq qo‘yilsa binoning boshi yulduzga yetsa ham qiyshiq bo‘lib qolaveradi”.
Kaykovus qalamiga mansub “Qobusnoma” asari (1082-1083) yillarda yozilgan. Sharq xalqlari orasida ma’lum va mashhurdir.
“Qobusnoma” qator ibratli va hayotiy pand nasihatlar bilan birgalikda oilada otaning vazifasi va oila bola tarbiyasiga alohida e’tibor beradi.
Farzand tug‘ilganidan avvalo unga yaxshi ot qo‘yish, undan so‘ng aqlli va mehribon murabbiyga topshirish, o‘qitish, ulg‘aya boshlaganda kasb va hunar o‘rgatish, harbiy ish bilan tanishtirish, so‘ng undan suvda suzishni o‘rgatish kerak deydi. Kaykovus oilaning burchi yana o‘z farzandiga odob o‘rgatishda deb ta’kidlaydi.
Kaykovus oilaning bola tarbiyasiga ham alohida e’tibor qaratadi. Ayniqsa qiz bola tarbiyasiga e’tibor berish, unga g‘amxo‘rlik qilish kerakligini alohida qayd etadi: “Agar qizing bo‘lsa, uni mastura doyalarga topshirgil, toki yaxshi parvarish qilgaylar va qattiqroq bo‘lgandan so‘ng muallimga topshirg‘il..... Balog‘atga yetgandan so‘ng xarajat qilib erga berg‘il unga shafqat va marhamat ko‘rg‘uzgil nedinkim qiz oilaning asiri bo‘lur” (2).
Yusuf xos Hojibning mashhur “Qutadg‘u bilig” asarida oilada bolaga qanday tarbiya berish haqida nasihatlar bergan:
Oilada o‘g‘il qiz tug‘ilsa, yaxshi bilki, bas
Uyda tarbiya qil boshqa yerdamas
Ustozning yaxshisin tanla albatta
O’g‘il qiz pok yomondan chetda .
Shuningdek, farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog‘i shart. Shundagina ularning noo‘rin hatti-harakatlarga berilishining oldi olinadi. Buning uchun maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan, ezgu niyatli va pokiza murabbiy taklif etilishi kerak. Yusuf Xos Hojib bola tarbiyasida aqliy tarbiyaning baland bo‘lishini eslatadi. Adib tarbiyaning barcha turlari bir-biri bilan uyg‘un bo‘lishini talab etadi. Shundagina insonning aqlan barkamol, jismonan yetuk, ahloqiy, ma’naviy boy bo‘lishiga ishonadi.
Alisher Navoiy(1441-1501) “Mahbub ul qulub”, ya’ni qalblar sevgilisi va “Vakfiya” asarlarida oilaviy turmush bilan bog‘liq bo‘ladi. Ota-onaning burch va vazifalari ularning o‘zaro munosabatlari va bola tarbiyasi haqida qimmatli fikrlar bayon etgan. Masalan, u tarbiya shunday deydi: Qobiliyatli tarbiya qilmaslik zulmdir va qobiliyatsizga tarbiya hayf. Uni tarbiya qilmaslik bilan nobut qilmaguncha tarbiyatingni nobut qilma”
U bola tarbiyasiga va uni shaxs sifatida shakillantirishga katta ahamiyat berib, bolani uyning “chiroyi”, bola oilaga baxt va saodat keltiruvchi. Bolalarga yoshligidan bilim, ma’lumot va tarbiya berishlikni ko‘rsatib, o‘g‘il qizlarni 6 yoshdan tarbiyachiga, muallim qo‘liga berish lozimligini aytdi.
Tarbiyaning biri bolaga yaxshi nom qo‘yish bo‘lib, nomi bilan chaqirganda u uyalmaydigan bo‘lishi lozim. Tarbiyaning yana biri unga ilmu adab o‘rgatish uchun muallim chaqirishdir. It yetuk ta’lim olgan sababli u tishlab kelgan ov halol hisoblanadi. Yuvgan bilan toza bo‘lmaydigan it olim bo‘lgan ekan, o‘g‘ling bilimsizligicha qolib ketsa, ajab kamchilik bo‘ladi. Unga sening shafqat qilishing foydalidir. Lekin buning ortiqchasi zarar.
Voqea bo‘ladigan balalardan uni o‘z mehring bilan asrashing bolang oldida sendagi tavoze’ni bildiradi.
Tarbiyaning yana biri ota onani hurmat qilish; buni bajarish uchun majburiyatdir. Bu ikkisiga xizmatni birdek qilgin. Xizmating qancha ortiq bo‘lsa ham kam deb bil. Otang oldida boshingni fido qilib, onang uchun butun jismingni sadqa qilsang arziydi. Ikki dunyoing obod bo‘lishini istasang, shu ikki insonni roziligini ol! Tunu kuningga nur berib turganingning birisini oy deb bil, ikkinchisini quyosh. Ularning so‘zlaridan tashqari bir narsa yozma ular chizgan chiziqdan tashqariga bir qadam bosma hamma xizmatni sen odob bilan bajar, odob so‘zidan” “dol” kabi qomatingni xam qil.
Alisher Navoiy bolaning voyaga yetkazishda kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e’tibor beradi.
Tarbiya natijasida bolaning foydali va yetuk kishi bo‘lib yetishiga ishonadi. Alesher Navoiyning fikricha oilada tarbiyaning maqsadi yosh avlodni xalqparvar, bilimli eng yaxshi fazilatlarga boy, ega kishi qilib yetishtirishdir. Navoiy oilada injiq yalqov yomon xulqli bolalarni ham tarbiya va o‘qitish yo‘li bilan tuzatish mumkinligiga ishonch bildiradi.
Navoiyning fikricha bola odobi insonning oliyjanob fazilatlaridan biridir. Odobli kishi ochiq yuzli, xushmuomala, yoqimli bo‘ladi. Bunday kishilar uchun ikkiyuzlamachilik, qo‘pollik yotdir. Odobli bola doimo hurmat va izzatda bo‘ladi. Ota-ona, aka-uka, opa-singlini, do‘stlarini hurmat izzat qilmoq-har bir odobli bolaning burchidir deb ta’kidlaydi.
Alisher Navoiyning fikrlarini pedagogik nuqtai nazardan tahlil qiladigan bo‘lsak, o‘sha zamonlarda ham oilada bola tarbiyasi muhim mavzu sifatida tadqiq qilingan. Hozirgi davrda ham bu dolzarb mavzudir.
Husayin Voiz Koshifiy (1440-1505) o‘zining hayotdan olgan saboqlari, tajribalari asosida insionparvarlik ijtimoiy hayot, oilaviy odob, adolat, halollik, sofdillik, to‘g‘rilik, ota-ona burchi va vazifalari, oilada bola tarbiyasi haqidagi fikrlarini qiziqarli hikoyalar, rivoyatlar, pandu-nasihatlar yordamida bayon etgan. U salbiy axloqiy xislatlarni qoralaydi va ularning inson hayoti va jamiyat uchun katta zarar olib kelishini qator ibratli rivoyatlar bilan ko‘rsatadi.
Koshifiy oilada farzand tarbiyasida axloq me’yorlari bo‘lib, u me’yorlar farzandlarning xulq-atvorini tartibga solib turadigan axloqiy fazilatlar; sabr, hayo, iffat, pokizalik, sobitqadamlik, saxiylik, rostgo‘ylik, shijoat, kamtarlik, andishalik, izzat-hurmatni bilish, sir yashira olish kabi fazilatlarni yoshligidan shakllantirish lozimligini aytib o‘tadi.
Voiz al-Koshifiy oilada bolaga faqat yaxshi xulq va yaxshi odobni o‘rgatmoqlari darkor-deydilar. Zero, yaxshilik jamiyat, xalq uchun qilgan ish bilan baholanadi. Inson hayoti ravon daryodek o‘tib ketaviradi. Gap uni foydali, mazmunli yaxshi ishlarga sarf qilishdadir. Inson dunyoda uchta yaxshilik qilishi shart. Birinchisi: odamlar uchun uy, ko‘prik, yo‘l qurish; ikkinchisi meva daraxt o‘tqazish; uchinchidan: farzand qoldirish kerak. Chunki bu yaxshiliklar olamda sobit qoladi. Voiz al-Koshifiy deydi:
Chunki qolmas bu jahon barqaror
Yaxshi ish qilg‘inki, qolg‘ay yodgor (27:)
Oilada bola tarbiyasi sohasida Ahmad Donishning qarashlari alohida e’tiborga loyiqdir.
U o‘zining “nodir voqealar” asarida oilaviy hayotning turli jabhalari nikoh odoblari, uylanish shartlari, ishq-muhabbat va sevishganlarning odobi, qaynona-kelin nizolari, farzandlarga vasiyat, tarbiya haqida qimmatli fikrlarni bayon etgan. Uning fikricha bolani muayyan yoshgaetgandan keyingina uylantirish, turmushga berish lozim. Chunki bu davrga kelib bola oila nikoh munosabatlari, oilaviy hayot quvonchlari va tashvishlaridan boxabar, oilaviy baxt, farzand tarbiyasi, er-xotinlik va ota-onalik burchlarini tushunib yetgan bo‘ladilar.
“Agar-deydi Ahmad Donish, -birov bilan suhbat qurmoqchi bo‘lsanglar, o‘z sifati bilan xalqga yaqin bo‘lgan aqlli, hushyor kishilar bilan do‘stlik aloqasini bog‘langlar. Chunki, oqil odamlar hech kimga yomonlikni hoxlamaydilar. Aqlli odamlarning alomati ularning oilada yaxshi tarbiya topganligidadar” (15).
XX asr Turkiston jadidchiligining o‘lkan namoyondalaridan biri Abdurauf Fitrat “Oila” nomli asarida, oilada bola tarbiyasida tartib intizomga qattiq rioya qilish lozimligi haqida gapirib: U “Millatning taqdiri mana shu millat vakillari yashagan oilaning holatiga bog‘liqdir, qaerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa mamlakat va millat ham shuncha kuchli va tartibli bo‘ladi” deb yozadi. U yana bolani “yomon niyat va qo‘pollik bilan emas balki sabr-toqat, mehribonlik, shavqatu sezgirlik bilan bo‘lishi kerak. Bundan esa bolani tizginsiz hayvon kabi o‘z holiga qo‘yish lozim degan gap emas zarar bilan foydani ayira olmagan yosh go‘dakni nazoratsiz tutish ulug‘ xatolikdir” (28;).
Sharq mutafakkirlarining ma’naviy merosidan bunday misollarni adoqsiz davom ettirish mumkin. Ko‘rinib turibdiki, oilada bola tarbiyasi masalasiga sharq mutafakkirlari va ma’rifatparvar ziyolilarga alohida e’tibor bilan qaraganlar. Ularning asarlarida oilaning muqaddasligi uning jamiyat hayotida tutgano‘rni, oila muqaddasligini belgilovchi muhim milliy madaniy va milliy pedagogik omil ko‘rsatib o‘tilgan.
Ayniqasa, oilaning asosini tashkil etuvchi bola tarbiyasi va ota-onalarni burch va vazifalarni sadoqat bilan ado etishlari bir-biriga mehribon va bola tarbiyasidagi mas’uliyati eng muhim qadriyat sifatida e’zozlanadi.
Shveytsariyalik olim I.G. Pestolotstsining fikricha. Jismoniy va mehnat tarbiyasi haqida. Jismoniy tarbiyaning maqsadi bolaning tabiiy jismoniy iste’dodni rivojlantirishdan, unda ko‘nikma va malakalar hosil qilishdan va shu yo‘l bilan uning jismoniy kuch-qudratini o‘stirishdan iboratdir. Pestolotstsi bu maqsad amalga oshirilsa, jismoniy tarbiya insonning shaxs sifatida shkllanishiga, aql-idroki, axloqiy his-tuyg‘ulari va irodasining rivoj topishiga ishondi.
Pestolotstsi bolaning harakat qilishga tabiiy intilishi, bu – ularni jismoniy tarbiyalash asosi ekanligini ta’kidladi. U jismoniy tarbiyani mehnat tarbiyasi bilan uzviy birgalikda amalga oshirishni tavsiya etdi. Buning ahamiyatini Pestolotstsi faqat bolaning jismoniy emas, balki axloqiy rivojlanishida ham ko‘rdi. U bolaning qo‘lidan keladigan ishlarni ko‘rdi. U bolaning qo‘lidan keladigan ishlarni bajarilishi ularni insoniy qadr-qimmat, mehnatsevarlik, qat’iylik, vijdoniy poklik kabi fazilatlarni rivojlanishida asosiy bo‘lishiga e’tibor berishni talab etdi.
Dostları ilə paylaş: |