Sharq va g'arb mutafakkirlarining farzand tarbiyasi haqidagi qarashlari esse mavzuning dolzarbligi



Yüklə 18,73 Kb.
səhifə1/4
tarix20.10.2023
ölçüsü18,73 Kb.
#158101
  1   2   3   4
Sharq va g\'arb mutafakkirlarining farzand tarbiyasi haqidagi qar-fayllar.org


Sharq va g'arb mutafakkirlarining farzand tarbiyasi haqidagi qarashlari esse mavzuning dolzarbligi

Sharq va g'arb mutafakkirlarining farzand tarbiyasi haqidagi qarashlari
ESSE


MAVZUNING DOLZARBLIGI
Jamiyat uchun nihoyatda ahamiyatli hisoblangan ota-ona va bola,er-xotin, oila a’zolarining o’zaro munosabatlari bilan bog’liq bo’lgan muammolar aynan oila negizida yuzaga keladi. SHuning uchun ham qadim zamonlardan boshlab oila, undagi munosabatlar masalalari har bir davrning donishmand, olim, mutafakkirlari tomonidan o’rganilib kelinganligini va ularning qarashlarida bu masalalarning yoritilganligini kuzatamiz. Bu qarashlarni, fikrlarni sizning hukmingizga havola etish orqali oila, o’zaro munosabatlar muammolari bizning hayotimizda doimo muhim masalalar sirasiga kirishini qayd etamiz.

Inson va insoniy munosabatlar, shaxs va uning kamoloti muammolari uzoq asrlardan buyon jamiyatning eng ilg’or kishilari, olimlar, buyuk allomalar va donishmandlarning diqqat markazida asosiy masalalardan bo’lib kelgan.SHarqning buyuk allomalari hisoblangan Abu Ali ibn Sino,Yusuf Xos Xojib, Mahmud Qoshg’ariy, Kaykovus, Xotam ibn Tay, Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur,Rizouddin ibn Faxriddin, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Uvaysiy, Nodira, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy kabi ko’plab olim va yozuvchilar bu masalalar yuzasidan o’zlarining durdona fikrlarini tarixda qoldirib ketganlarki, ular hozirgi zamon fani uchun ham katta ijtimoiy va mafkuraviy ahamiyatga egadir.Ularning asarlarida oila va oilaviy munosabatlarga ham alohida e’tibor berilgan, shuning uchun biz yuqoridagi buyuk mutafakkirlarning ayrim pedagogic va psixologik qarashlari yoritilgan asarlarini tahlil etish orqali o’quvchilarga mazkur muammolarning naqadar dolzarb ekanligini bayon etamiz.


TAHLIL
Sharq mutafakkirlarining barchasini g’oyaviy jihatdan birlashtirgan asos shu bo’lganki, ular shaxs tarbiyasi va kamolotida oilaning, oilaviy tarbiyaning rolini yuqori qo’yishgan,ayniqsa, shaxsning aqliy va axloqiy kamolotida oilaning o’rni, ota-ona va yaqin kishilarning yo’naltiruvchi va tarbiyalovchi vazifalariga alohida e’tibor berganlar. Ular faqat oiladagina rivojlanishi mumkin bo’lgan sifatlar- halollik, poklik, mardlik, mehribonlik,haqgo’ylik kabi qator fazilatlarni barcha sifatlardan yuqori qo’yishlari bilan birga insoniy munosabatlarda namoyon bo’ladigan yuksak fazilatlar,avvalo, ota-onadan bolaga o’tishi va ular jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’siri kabi qimmatli fikrlar va bu boradagi amaliy ko’rsatmalarni o’z falsafiy- axloqiy, sotsiologik va psixologik qarashlarida ifodalab berganlar.


Yüklə 18,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin