Davlat qo'riqxonalariga qo'yiladigan talablar reja: Qo’riqxonalarda yo’qolib borayotgan o’simlik va hayvonarni saqlab qolish tadbirlari



Yüklə 51 Kb.
tarix29.01.2023
ölçüsü51 Kb.
#81540
DAVLAT QO\'RIQXONALARIGA QO\'YILADIGAN TALABLAR


DAVLAT QO'RIQXONALARIGA QO'YILADIGAN TALABLAR
Reja:

1. Qo’riqxonalarda yo’qolib borayotgan o’simlik va hayvonarni saqlab qolish tadbirlari
2. Qo’riqxona vazifalari turlari
3. Davlat qo'riqxonalariga qo'yiladigan talablar

Qo`riqxonalardan tashqari kamayib ketayotgan o`simlik va hayvon turlarini saqlab qolish va tiklash maqsadida 10 gektar yaqin zakazniklar barpo etilgan. Masalan, Toshkent viloyatidagi Oqbuloq zakaznigi Chatqol tizmasi tarmoqlarida Oqbuloq soyi havzasida joylashgan bo`lib, maydoni 12,5 ming gektardan ortiq, uning hududida oq tirnoq ayiq, to`ng`iz, O`rta Osiyo echkisi, bo`rsiq va tosh savsari muhofaza qilinadi. Buxoro viloyatidagi tashlama suvlardan hosil bo`lgan ko`l asosida tashkil etilgan To`dako`l zakaznigida (maydoni 30 ming gektar) qishlovga uchib keluvchi yirik qushlardan - o`rdak, g`oz, birqozon, oqqush qo`riqlanadi. Dengizko`l zakaznigida ham (8620 gektar) suv qushlaridan o`rdak, g`oz, qoravoy, flamingo (qizilg`oz) kabilar himoya olingan.


Xorazm zakaznigida (maydoni 11 ming gektar) ko`l qushlari hamda sutemizuvchi hayvonlardan to`ng`iz, shoqol, tulki, bo`rsiq qo`riqlanadi. Eng janubiy - Ko`hitang zakaznigida esa (maydoni 43 ming gektar) morxo`r, Buxoro tog` qo`yi, burgut kabi hayvonlar bilan birga dunyo ahamiyatiga molik ajoyib arxeologik yodgorlik - Zarautkamar qoya yozuvlari himoya qilinadi.
1977 yil respublikada birinchi xalq xiyoboni - O`zbekiston xalq xiyoboni tashkil etildi. U Jizzax viloyatining Zomin tumani hududida, Turkiston tizmasining shimoliy yon bag`rida, dengiz sathidan 1000-4030 metr balandda joylashgan. Maydoni 47,47 gektar. Xiyobonning ajoyib iqlimli sermanzara landshaftlari aholining dam olib, xordiq chiqarish, sport turizmi mashg`ulotlari bilan shug`ullanishi uchun juda qulaydir. Unda bargli siyrak tog` o`rmonlari, butazorlar, archazorlar, subalp o`tloqlari tabiiy majmualari muhofaza qilinadi.
O`zbekiston Respublikasining "Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to`g`risida"gi qonunining 19-moddasida davlat buyurtma qo`riqxonasi tushunchasi va bunday qo`riqxonalarni tashkil etish masalasi aniq ko`rsatilgan. Unga ko`ra, davlat buyurtma qo`riqxonalari tabiiy majmuilarni yoki ularning ayrim bo`laklarini asrash, ko`paytirish va tiklash maqsadida buyurtma qo`riqxona oldiga qo`yilgan vazifalarni bajarish uchun zarur muddatga ajratib beriladigan hududlar (akvatoriylar)dir.
Davlat buyurtma qo`riqxonalari respublika va mahalliy ahamiyatga molik bo`lishi mumkin. Buyurtma qo`riqxonalar vazifasiga ko`ra:
alohida qimmatga ega bo`lgan tabiiy landshaftlar va majmuilarni asrash va tiklash uchun mo`ljallangan landshaft (yaxlit) buyurtma qo`riqxonalarga;
qimmatli, nodir va yo`qolib borayotgan o`simliklar va jonivorlar turlarini asrab qolish va tiklash uchun mo`ljallangan biologik (botanik, zoologik) buyurtma qo`riqxonalarga;
ayrim qazilma boyliklar va ularning majmuini asrab qolish uchun mo`ljallangan paleontologik buyurtma qo`riqxonalarga;
jonsiz tabiatning qimmatli obyektlari va majmuilarini asrab qolish uchun mo`ljallangan gidrologik (botqoq, ko`l, daryo) buyurtma qo`riqxonalarga;
tabiat yaratgan nodir va noyob relyef shakllarini asrab qolish uchun mo`ljallangan geomorfologik buyurtma qo`riqxonalariga;
nodir geologik va mineralogik hosilalar va tuzilmalarni asrab qolish uchun mo`ljallangan geologik va mineralogik buyurtma qo`riqxonalarga bo`linadi.
Noyob mineral va o`zga xil geologik tuzilmalarga ega bo`lgan hamda fundamental ilmiy ahamiyatga molik geologik buyurtma qo`riqxonalarga davlat qo`riqxonasi maqomi berilishi mumkin.
Buyurtma qo`riqxonalar faoliyat muddatlari ko`rsatilmay (muddatsiz), 5 yildan ortiq muddatga (uzoq muddatli) yoki 5 yildan kam muddatga (qisqa muddatli) qilib tashkil etiladi.
Respublika ahamiyatiga molik davlat buyurtma qo`riqxonalarini O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tashkil etadi.
Mahalliy ahamiyatga molik davlat buyurtma qo`riqxonalari tabiatni muhofaza etish idoralarining taqdimiga ko`ra viloyat hokimlarining qarori bilan tashkil etiladi. Shuningdek, davlat buyurtma qo`riqxonalarining ish tartibi ham qonunda o`z aksini topgan bo`lib, quyidagicha ifodalangan.
Davlat buyurtma qo`riqxonalari deb e'lon qilingan hududlar ularni xo`jalik maqsadlarida istifoda etayotgan yer egalari va yerdan foydalanuvchilardan tortib olinmaydi.
Yerida davlat buyurtma qo`riqxonalari tashkil etilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar davlat buyurtma qo`riqxonasi belgilaydigan tartibga rioya etishlari shart.
Davlat buyurtma qo`riqxonalarining hududlarida buyurtma qo`riqxona oldiga qo`yilgan vazifalarga zid bo`lgan faoliyatning har qanaqa turi to`xtatiladi yoki cheklab qo`yiladi.
Har bir davlat buyurtma qo`riqxonasining aniq vazifalari va ish tartibining xususiyatlari O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasining idoralari, yer egalari va yerdan foydalanuvchilar bilan kelishib turib ishlab chiqiladigan hamda davlat buyurtma qo`riqxonasi tashkil etish to`g`risida qaror chiqargan idora tasdiqlaydigan nizomda belgilab qo`yiladi (20-modda).
g) davlat tabiat yodgorliklari.
O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi respublika hududida 400 dan ortiq tabiat yodgorligini hisobga olgan. Bulardan atigi 80 ga yaqini jonsiz tabiat yodgorliklaridir. Jonsiz tabiat yodgorliklari orasida xilma-xil karst relyefi shakllari, shu jumladan, arxeologik ahamiyatga ega bo`lgan g`orlar va ungurlar, shuningdek nodir buloqlar, sharsharalar, ilmiy jihatdan katta ahamiyatga ega bo`lgan qoyalar va geologik ochilmalarni muhofaza qilish muhim vazifalardan hisoblanadi. Ayniqsa yer osti landshaftlari, ularning betakror, sehrli va maftunkor manzaralari jiddiy muhofazaga muhtojdir.
Shuning uchun ham, O`zbekiston Respublikasining 1993 yil 7 mayda qabul qilingan "Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to`g`risida"gi qonunida V-bo`lim, 21-modda aynan ana shu masala, ya'ni davlat tabiat yodgorliklarining huquqiy-ekologik ahamiyati va ularni muhofaza qilish masalasiga bag`ishlangan.
Zero, respublikamiz hududidagi tabiat, tarixiy va arxeologik yodgorliklar hozirgi paytda aynan muhofaza qilinishga, tiklanish (restavratsiya)ga juda muhtoj.
Ekologik, ilmiy, estetik, madaniy jihatdan noyob, o`rnini to`ldirib bo`lmas, qimmatli, kelib chiqishi tabiiy bo`lgan obyektlar davlat tabiat yodgorliklari deb e'lon qilinadi.

Tabiat obyektlarini davlat hokimiyatining mahalliy idoralari tabiatni muhofaza etish bo`yicha davlat idoralari taqdimiga binoan davlat tabiat yodgorliklari deb e'lon qiladilar.


Yer egalari va yerdan foydalanuvchilardan ular egallab turgan yer uchastkalarini tortib olmay turib ham obyekt davlat tabiat yodgorligi deb e'lon qilinishiga yo`l qo`yiladi.
Davlat tabiat yodgorliklari joylashgan hududda ularni asrab qolishga tahdid etuvchi har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Tabiat yodgorliklarini muhofaza etish tartibini ta'minlashga oid majburiyatlar bu yodgorliklar qaysi korxona, muassasa va tashkilot hududida bo`lsa, shu korxona, muassasa va tashkilot zimmasiga yuklanadi.
Tabiiy obyektni davlat tabiat yodgorligi deb e'lon qilish to`g`risida qaror chiqargan idora obyektni muhofaza ostiga o`tkazish va muhofaza etish majburiyatini rasmiylashtirish ishlarini amalga oshiradi.
Aholi diniy maqsadlarda foydalanib turgan davlat tabiat yodgorliklari ularni muhofaza etish va obodonlashtirish ishlari o`tkazish maqsadida davlat tabiat yodgorligini asrab qolish sharti bilan diniy tashkilotlarga yoki alohida shaxslarga foydalanish uchun yoxud ijaraga berilishi mumkin.
E'tiborli tomoni shundakim, "Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to`g`risida"gi Qonunda, davlat buyurtma qo`riqxonalari va davlat tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish masalasini ham o`zida aks ettirgan.
Jumladan, ushbu qonunning 34-moddasida shunday deyilgan:
davlat buyurtma qo`riqxonalari va davlat tabiat yodgorliklarini muhofaza qilishni davlat buyurtma qo`riqxonalari va davlat tabiat yodgorliklari qaysi korxona, muassasa va tashkilotning yer maydonida joylashgan bo`lsa, ana shu korxona, muassasa va tashkilot amalga oshiradi.
Basharti davlat buyurtma qo`riqxonasi yoki davlat tabiat yodgorligi tasarruf etish yoxud foydalanish uchun berilmagan yer maydonida joylashgan bo`lsa, u holda bunday qo`riqxona yoki tabiat yodgorligini muhofaza qilishni u qaysi idoraning qaramog`ida bo`lsa, ana shu idora ta'minlaydi.
Korxona, muassasa va tashkilotlar davlat buyurtma qo`riqxonalari hamda davlat tabiat yodgorliklari muhofaza qilinishini ta'minlamaydigan hollarda davlat buyurtma qo`riqxonasi va davlat tabiat yodgorligi egallab turgan yer maydoni hamda muhofaza qilinishini ta'minlash uchun zarur unga tutash hudud yer egalaridan va yerdan foydalanuvchilardan olib qo`yilishi mumkin.
Agar davlat tabiat yodgorligi muayyan yerdan foydalanuvchi, yer egasi yoki suvdan foydalanuvchiga birkitib qo`yilmagan yer maydonida yoki suv obyektida joylashgan bo`lsa, ularning muhofaza qilinishi davlat hokimiyati va boshqaruvchi mahalliy idoralari tomonidan ta'minlanadi. Davlat buyurtma qo`riqxonalari va davlat tabiat yodgorliklarini muhofaza qilishni davlat buyurtma qo`riqxonalari va davlat tabiat yodgorliklari qaysi korxona, muassasa va tashkilotning yer maydonida joylashgan bo`lsa, ana shu korxona, muassasa va tashkilot amalga oshiradi.
Basharti davlat buyurtma qo`riqxonasi yoki davlat tabiat yodgorligi tasarruf etish yoxud foydalanish uchun berilmagan yer maydonida joylashgan bo`lsa, u holda bunday qo`riqxona yoki tabiat yodgorligini muhofaza qilishni u qaysi idoraning qaramog`ida bo`lsa, ana shu idora ta'minlaydi.
Korxona, muassasa va tashkilotlar davlat buyurtma qo`riqxonalari hamda davlat tabiat yodgorliklari muhofaza qilinishini ta'minlamaydigan hollarda davlat tabiat yodgorligi egallab turgan yer maydoni hamda muhofaza qilinishini ta'minlash uchun zarur unga tutash hudud yer egalaridan va yerdan foydalanuvchilardan olib qo`yilishi mumkin.
Agar davlat tabiat yodgorligi muayyan yerdan foydalanuvchi, yer egasi yoki suvdan foydalanuvchiga birkitib qo`yilmagan yer maydonida yoki suv obyektida joylashgan bo`lsa, ularning muhofaza qilinishi davlat hokimiyati va boshqaruvchi idoralari tomonidan ta'minlanadi.
d) alohida muhofaza etiladigan o`zga tabiiy hududlar.
O`zbekiston Respublikasining "Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to`g`risida"gi qonunida mazkur masalaga alohida e'tibor berilib, qonunning V-bo`lim, 22-32-moddalari aynan shu muammolarni o`z ichiga olgan.
Jumladan, qonunning 22-moddasida "Suvni muhofaza qilish mintaqalari (tegralari) va ularni tashkil etish"ga alohida e'tibor berilgan. Unga ko`ra, daryolarning, ko`llarning, suv omborlarining, kanallarning, kollektorlarning hamda boshqa suv obyektlarining o`zanlariga tutash hudud suvni muhofaza qilish tegrasi deb e'tirof etiladi va bu hudud uchun ifloslanish, bulg`anish, sayozlanishning hamda to`lib qolishning oldini olish maqsadida, shuningdek eng maqbul suv maromini saqlab turish uchun maxsus tartib-qoida belgilab qo`yiladi.
Suvni muhofaza qilish mintaqalari (tegrilari)ning ish tartibi yer usti va yer osti suvlari hosil bo`ladigan tegralar (daryo uvalari, oqiziqli adirlar, tog` yonbag`rilarining etaklari)ga ham taalluqlidir.
Suvni muhofaza qilish mintaqalari (tegrilari) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan tartibga muvofiq tabiatni muhofaza qilish va suv xo`jaligi idoralarining taqdimiga binoan belgilanadi.
Davlatlararo daryolardagi suvni muhofaza qilish tegralari manfaatdor davlatlar o`rtasida tuzilgan shartnomalarga binoan belgilanadi. Aholi punktlari hududida xo`jaliklararo yer tuzish va yer tekislash chog`ida suvni muhofaza qilish mintaqalari (tegralari) barpo etishga doir masalalar tabiatni muhofaza qilish va suv xo`jaligi idoralari bilan kelishib olinishi lozim. Suvni muhofaza qilish mintaqalari (tegralari)ning ish tartibini huquqiy holati ham katta ahamiyatga ega.
Suvni muhofaza qilish tegrasi doirasida suv obyektlarini yoqalab xo`jalik faoliyati yuritish qat'iy cheklangan hududdan iborat qirg`oq bo`yi mintaqalari ajratiladi.
Suvni muhofaza qilish tegrasi doirasida aholi punktlaridagi aholining ichishi va ro`zg`orda foydalanishi uchun suv to`plash maqsadida suv obyektlarini yoqalab sanitariya muhofazasi mintaqasi belgilanib, unda har qanday xo`jalik faoliyati yuritish man etiladi.
Suvni muhofaza qilish mintaqalari (tegralari) doirasida cheklangan xo`jalik faoliyati yuritishga yo`l qo`yiladi. Suvni muhofaza qilish tegrasida:
buta-daraxtlarni kesish (sanitariya maqsadidagi va parvarish yo`sinidagi kesish bundan mustasno);

zaharli kimyoviy moddalar qo`llanish, zaharli kimyoviy moddalar va mineral o`g`itlar omborlari qurish hamda bunday modda va o`g`itlarni saqlash;


kanalizatsiya-tozalash inshootlari va oqava suvlar to`planadigan turli xil inshootlar qurish;
chorvachilik komplekslarini, ahlat, ishlab chiqarish chiqindilari tashlanadigan, ko`miladigan joylarni joylashtirish, shuningdek sug`orishda "sharbat" (suyuq go`ng) ishlatish;
avtomobil transportini qo`yib turish, ularga yonilg`i quyish, ularni yuvish va ta'mir qilish joylarini tashkil etish;
neft mahsulotlari saqlanadigan omborxonalarni joylashtirish;
zig`ir, kanop va teri yuviladigan joylar tashkil etish man qilinadi.
Daryo o`zanlarini o`zgartirish, foydali qazilmalar kavlab olish va suv zaxiralari holatiga ta'sir qiladigan boshqa ishlar bajarishga faqat suv xo`jaligi, suvni muhofaza qilish va geologiya idoralarining ruxsati bilangina yo`l qo`yiladi.
Suvni muhofaza qilish tegralaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi hamda shartlarini O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Bundan tashqari alohida muhofaza etiladigan boshqa tabiat obyektlariga kurort tabiiy hududlar kiradi. Mazkur hududlarni huquqiy holati ya'ni ularni tashkil etish tartibi "Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to`g`risida"gi qonunning 24-moddasida quyidagicha ifodalangan.
"Davolash va salomatlikni tiklash xususiyatlariga, mineral manbalarga, davolovchi balchiq qatlamlariga, qulay iqlim sharoitlari va boshqa shart-sharoitlarga ega bo`lib, tabiiy hududlar kurort tabiiy hududlarga e'tirof etiladi.
Kurortlar mahalliy va respublika ahamiyatiga molik bo`lishi mumkin.
Respublika ahamiyatiga molik kurortlarni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O`zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi bilan O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining qo`shma taqdimnomasiga binoan tashkil etadi.

Mahalliy ahamiyatga molik kurortlar davlat hokimiyati mahalliy idoralarining O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining qo`shma taqdimnomasiga binoan qabul qilgan qarorlari bilan tashkil etiladi". Kurort tabiiy hududlarning ish tartibi esa quyidagicha ifodalangan. Kurort tabiiy hudud uch tegraga bo`linadi. Davolash xususiyatiga ega manbalar, davolovchi balchiq qatlamlari bor hudud faoliyati bilan shug`ullanish man etiladi, davolash xususiyatiga ega manbalar va balchiq bilan davolash shifoxonalari tevarak-atrofini obodonlashtirish uchun zarur inshootlar qurish bundan mustasno.


Sanatoriylar, pansionatlar, dam olish uylarining dam oluvchilar hordiq chiqaradigan manzillari, ular davolanishi va yashashi uchun qurilgan binolar joylashgan hudud ikkinchi tegraga kiradi. Bu tegrada xo`jalik faoliyati yuritish man etiladi, davolash va dam olishni tashkil etish uchun zarur bo`lgan faoliyat bundan mustasno, shuningdek bu hududda vaqtincha istiqomat qiladigan tibbiyot xodimlari va xizmat ko`rsatuvchi xodimlari tashqari boshqa aholining yashashi man etiladi.
Sanatoriylar, pansionatlar va dam olish uylariga tutash hudud uchinchi tegraga kiradi. Bu tegrada davolash manbalariga ziyon yetkazmaydigan hamda atrof muhitga zararli jismoniy ta'sir etish va ifloslantirish yo`li bilan dam olish hamda davolanish uchun yaratilgan sharoitlarni yomonlashtirmaydigan cheklangan xo`jalik faoliyati yuritishga ruxsat beriladi. Bunday kurort tabiiy hududlar doirasida:
foydaliqazilmalarni kavlab chiqarish;
daraxt kesish (sanitariya maqsadidagi va parvarishlash yo`sinidagi kesish bundan mustasno);
zaharli kimyoviy moddalar va mineral o`g`itlar omborlari qurish;
zaharli kimyoviy moddalar qo`llanish;
ahlat to`qiladigan, kimyoviy va radioaktiv moddalarning chiqitlari ko`miladigan joylarni joylashtirish, kimyo, selluloza-qog`oz, metallurgiya sanoati korxonalarining ish olib borishi;

joyning gidrologiya maromini o`zgartiruvchi ishlar bajarish qat'iyan man etiladi


Rekreatsiya tegralari ham alohida muhofaza etiladigan boshqa tabiat hududlariga kiradi va uni huquqiy maqomi qonunda quyidagicha ifodalangan.
Turizm va aholining ommaviy dam olishini tashkil etish uchun qulay jug`rofiy va iqlim sharoitlariga ega hududlar rekreatsiya tegralari deb e'tirof etiladi.
Rekreatsiya tegralari davlat hokimiyati mahalliy idoralarining O`zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi va O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining taqdimnomasiga binoan qabul qilgan qarori bilan tashkil etiladi.
Rekreatsiya tegralarida ommaviy dam olish va turizm manfaatlariga zid kelmaydigan cheklangan xo`jalik faoliyati yuritishga ruxsat beriladi.
Rekreatsiya tegralarida kimyo, metallurgiya, mikrobiologiya korxonalari va tashkilotlarining faoliyat ko`rsatishi, pestitsidlarni qo`llanish, harom o`lgan chorva mollar ko`miladigan, kimyoviy va radioaktiv moddalar, ro`zg`or va ishlab chiqarish chiqindilari tashlanadigan va ko`miladigan joylarni joylashtirish, daraxt kesish (sanitariya maqsadidagi va parvarishlash yo`sinidagi kesish bundan mustasno), joyning gidrologik maromini buzadigan ishlar bajarish man etiladi (26-modda).
"Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar" jumlasiga botanika bog`lari ham kiradi va uning ekologik ahamiyati benihoya kattadir.
Botanika bog`lari botanika termalari tuzish, to`ldirish va asrash, ilmiy, o`quv va ta'lim ishlari olib borish yo`li bilan mahalliy miqyosdagi va jahon miqyosidagi o`simliklar majmuilarining nodir va muayyan turkumiga xos turlarini maxsus yaratilgan sharoitda asrash, o`rganish, iqlimlashtirish, ko`paytirish hamda ulardan samarali, oqilona foydalanish maqsadida tashkil etiladi.
Umumdavlat ahamiyatga molik botanika bog`lari tabiatni muhofaza qilish borasida ilmiy-tadqiqot muassasalari hisoblanadi.
Mahalliy ahamiyatga molik botanika bog`lariga belgilangan tartibda ilmiy-tadqiqot muassasasi maqomi berilishi mumkin.
Yüklə 51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin