O‘rta Osiyoning arxaik davr arxeologik yodgorliklari.
Qadimgi Xorazm xududidan Ko‘zaliqir, Kal’aliqir, Oybuyirqal’a va Dingilji qo‘rg‘onlari topib o‘rganilgan.
Oybuyirqal’adan eng qadimgi yozuv namunasi topilgan. U xum sirtiga yozilgan bo‘lib, unda xumning sig‘imi ko‘rsatilgan. Qo‘zaliqir uchburchak shakldagi tabiiy tepalik ustiga qurilgan. Uning tashqi devori ikki qator yo‘laksimon tarzda bunyod qilingan. Ilgarilari bu qal’a “devorlari ichida odam yashaydigan qal’a” nomini olgan edi. Chunki uning faqat tashqi devorlari topilib, qal’aning ichida madaniy qatlam topilmagan edi. Lekin 80–yillarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida qal’ada tashqi devorga tutashtirib qurilgan axoli uylari, arki va diniy marosimlar bilan bog‘liq binolar topilgan.
Qal’aliqir qal’asi axomoniylarning qurilish uslublari asosida bunyod qilingan. Ko‘p ustunli zal va undan ko‘plab xonalarga yo‘laklar ketgan. Lekin arxeologik tadqiqotlar binoda qurilish ishlari tugallanmay qolganligi ko‘rsatdi. Olimlar uni axamoniylarning rezidentsiyasi sifatida qurilayotgan bo‘lib, xorazmiylar axomoniylar xukmronligidan ozod bo‘lgach, qurilish ishlari to‘xtagan degan fikrni bildirganlar. Shuningdek, qal’ada qurilishning tugallanmay qolishi Xorazmda axomoniylar xukmronligi uzoq davom etmaganligi va ular bu xududdan mil.avv. V asr oxiri IV asr boshlarida chiqib ketishgan.
Bu davrda 300 dan ziyod shaharlar qurilgan. Ularning xarobalari bugungi kungacha saqlanib qolgan.
O‘zining qurilish uslubi jixatidan Qoyqirilganqala (mil.avv. IV-III asrlar) alohida ajralib turadi. Qala aylana shaklda qurilgan. Uning markaziy qismida ark joylashgan. Arkning atrofi 2 qator mudofaa devori bilan himoyalangan.
Qadimgi Xorazm poytaxti hisoblanib kelingan Tuproqqal’a xam o‘ziga xos qurilish uslubiga ega. U to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida qurilgan bo‘lib, qudratli mudofaa devoriga ega. Devor burchaklarida burjlar bor. Shaxar markazidan katta ko‘cha o‘tgan.
O‘sha davr madaniy yuksalishlarida Baqtriyada Dalvarzintepa, Eski Termiz, Jondavlattepa; Sug‘da Afrosiyob, Yerqo‘rg‘on, Poykent; Xorazmda Yonboshqal’a, Ayozqal’a, Bozorqal’a, Tuproqqal’a, Qoyqirilganqala; Chochda Qanqa, Shoshtepa, Qovunchitepa; Farg‘onada Axsikent, Koson, Marhamat kabi yodgorliklar, yuzlab qishloqlar shakllandi.
Qadimgi Farg‘onaning poytaxt shahri yozma manbalarda Guyshuan, Ershi deb yozib qoldirilgan. Lekin uning qaerda joylashganligi masalasi munozarali bo‘lgan. Bugungi kunda To‘raqo‘rg‘on va Jomashuy orqali o‘tgan Namangan – Farg‘ona yo‘lining boyida Eski Axsi (Axsikent) Farg‘onaning poytaxti ekanligi aniqlangan.
Axsikentning eng pastki madaniy qatlami mil.avv. III –II asrlarga oid. Qal’a paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan mustahkam mudofaa devoriga ega bo‘lgan. Devor balandligi 20 metrga yaqin bo‘lib, qalinligi 10 metr bo‘lgan, 5 ta darvozasi bo‘lib, uning atrofi chuqur xandaklar bilan o‘ralgan.
Shahriston 35 ga maydonni egallagan. Hozirda uning 25 ga xududi saqlanib qolgan. Shahriston ikki qism- ichki va tashqi qismdan iborat bo‘lgan. Ichki shaxaristondan 2 ta minora, tashqi shahriston devoridan 20 ga yaqin minora qoldiqlari topilgan. Milodning V-VII asrlarida shaharda aholi uylar 5-6 xonali qilib qurilgan. Xona devorlari suvalgan va turli ranglar berilgan. Har xonadonda alohida yotoqxona, omborxona, oshxona, toza suv qudug‘i bo‘lgan. Yotoqxonalarda devor boylab keng supa, yerda esa sandalga o‘xshagan isitish o‘chog‘i bo‘lgan.
VII-IX asrning boshlaridagi arab yilnomalarida Axsikent “Fraganik” deb beriladi. IX-X asrlar shaxarning eng rivojlangan davri bo‘lgan. Bu davrlarda Axsikentda zarb qilingan mis tangalarning butun Somoniylar davlati xududiga tarqalgan.