4-mavzu. Suitsidal harakatlarni sodir etgan bolaga yordam berish tamoyili Reja



Yüklə 42,43 Kb.
səhifə10/16
tarix25.12.2022
ölçüsü42,43 Kb.
#77814
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
4-mavzu. Suitsidal harakatlarni sodir etgan bolaga yordam berish

Faoliyatga yoʻnaltirish
-muhtojlar uchun kecha-kunduz amalga oshirish;
-suitsidal xavf guruhidan faollarni topish;
-oʻz joniga qasd qilishga uringan shaxslarni nazorat qilish.
Idoralar va tizimlar
-aholi uchun maslahatxonalar;
-shoshilinch telefon yordami xizmati;
-sutkalik gospitalizatsiya xizmati;
-ambulator xizmatlar;
-suitsidetlar uchun (kunduzgi statsionar) “yarim yoʻldagi uy”, bemorlarning bemalol ishlashlariga imkon beruvchi kechki soatlarda qisman gospitalizatsiya dasturi;
-suitsiddan ogohlantirish va suitsid intervensiyasini oʻz ichiga olgan shoshilinch psixiatrik yordamlar;
-shifokorlarga, yuristlarga, turli yordam koʻrsatuvchi agentliklarga shoshilinch yuborish dasturi;
-suitsid fenomenologiyasini oʻrganishga yoʻnaltirilgan ommaviy taʼlim dasturlar.
Suitsidal xavfning zamonaviy profilaktikasi umumiy ixtisoslashgan kasalxonalar, psixik sogʻlomlashtirilgan markazlar, psixiatrik klinikalar, cherkov maslahatxona markazlari, antisuitsidal boʻlimlar, telefonda psixologik yordam xizmati va zaharlanishdan davolash markazida shoshilinch psixiatrik yordamlarni birlashtiradi. Bu xizmatlarning har biri suitsidga moyil odamlarga muhim amaliy yordamlar beradi.
Suitsidal xulq-atvorga moyil odamlar bilan ijtimoiy-psixologik ishlarni tashkil qilish
Suitsidologik yordam tashkil qilish bu tizim davolash-profilaktika choralari boʻlib, maxsus yordam koʻrsatishga yoʻllangan suitsidal (autoagressiv) ga moyil odamlarga koʻrsatiladi. Mazkur jarayon quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
-birinchi yordam: shifokorgacha (hamma odamlar yordam koʻrsatishi mumkin) yoki birinchi shifokorlik yordami boʻlib, suitsidga qoʻl urgan suitsidentga somatik asoratlarda amalga oshiriladi; hamma sohadagi shifokorlar tomonidan, koʻpincha, tez yordam jamoasi, kasalxonada tez yordam yoki boshqa davolash muassasalarida amalga oshiriladi.
-shoshilinch yordam: shoshilinch psixiatrik yordam suitsidal xulq-atvorli bemor olib kelingan davolash muassasasidagi psixiatrlar tomonidan koʻrsatiladi; shoshilinch psixoterapevtik yordam “ishonch telefoni” xizmati tomonidan koʻrsatiladi.
-ambulator-maslahat yordamlari: suitsidologlar (psixiatr, psixoterapevt, tibbiy psixolog) ambulator davoni umumiy somatik profilli poliklinikalar qoshidagi maxsus ijtimoiy-psixologik yordam xonalarida yoki psixonevrologik dispanserlarning maxsus suitsidologik xonalarida olib boradilar.

Yüklə 42,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin