4-mavzu. Suitsidal harakatlarni sodir etgan bolaga yordam berish tamoyili Reja



Yüklə 42,43 Kb.
səhifə12/16
tarix25.12.2022
ölçüsü42,43 Kb.
#77814
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
4-mavzu. Suitsidal harakatlarni sodir etgan bolaga yordam berish

3.Iqirozli vaziyat boʻlimi koʻp profilli kasalxonalarda va suitsidal moyillik aks etgan situatsion reaksiyalarda statsionar davolash-diagnostik yordam, psixogen va nevrotik depressiya, psixopatik reaksiyalar va psixopatiya dekompensatsiyasi masalalarini yechish uchun moʻljallangan.
Boʻlimning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
-suitsidal moyillik aks etgan situatsion reaksiyalarda statsionar davolash-diagnostik yordam, psixogen va nevrotik depressiya, psixopatik reaksiyalar va psixopatiya dekompensatsiyasi;
-aholiga psixoterapevtik, tibbiy-psixologik va ijtimoiy yordamni tashkil qilish;
-ogʻir klinik holatlarda differensial-diagnostik choralar koʻrish;
-bemorlar uchun psixoterapevtik boʻlim tashkil qilish.
Suitsidal xulq-atvor profilaktikasi tuzilishi
Birinchi, ikkinchi, uchinchi darajali profilaktika qilishni bir-biridan farqlash lozim. Dastlabki boʻgʻin jamiyatga yoʻnaltirilgan boʻlib, suitsidal xavf omillarini profilaktika qilish maqsadini oʻz ichiga oladi. Ikkinchi boʻgʻin bevosita suitsidentga yordamni oʻz ichiga oladi. Uchinchi profilaktika – bu suitsidentning tanqidiy holatdan chiqqandan keyingi reabilitatsiyasi, shuningdek, suitsidentning suitsidal xavf guruhidagi yaqinlari va qarindoshlariga yordam hisoblanadi.
Bolalar va oʻsmirlar oʻrtasida suitsidni toʻxtatish va profilaktika qilish boʻyicha chora-tadbirlar tizimi:
1.Bolalar va oʻsmirlarning rivojlanishida zamonaviy vaziyatlarni oʻrganish, bolalikning ijtimoiy-psixologik muammolari mundarijasini tuzish, profilaktika ishlarining majmuaviy vazifalarini belgilash.
Bolalar va oʻsmirlar oʻrtasida suitsid profilaktikasi – bu belgilangan muammolarni yechish boʻyicha boʻlinmas jarayon hisoblanib, tashkiliy-uslubiy, shuningdek, ilmiy-tatbiqiy xususiyatga ega majmuaviy chora-tadbirlarni amalga oshirishga moʻljallangan:
-turli ixtisoslikdagi mutaxassislarning bolalarga yordam berishning yagona dasturini tashkil qilish boʻyicha kuchlarni birlashtirish;
-muassasalarda yuzaga chiqqan muammolar boʻyicha shakl va uslublarni qayta ishlash va tatbiq qilishning turli koʻrinishlari;
-bolaga psixologik-pedagogik madad berish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish va bolalikning ijtimoiy-psixologik muammolarini yechishda pedagog va ota-onalarga yordam koʻrsatish;
-turli tashkilot va muassasalar faoliyatidagi muloqot, dardning koʻpayishi, xayol surish, qoʻrquv va toʻsiqlarni olish, qiyin vaziyatlarda yoʻl koʻrsatish qobiliyatining ortishi, turli dasturlar doirasida boshqa odamlarning xulq-atvorini tahlil qilish, oʻqitish boʻyicha asosiy umumlashmalar;
-bolaga yordam berish uchun tegishli markazlar yoki taʼlim tashkilotlaridan mutaxassislarni jalb qilish;
-ommaviy axborot vositalari va boshqalardan keng foydalanish.

Yüklə 42,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin