4-mavzu. Suitsidal harakatlarni sodir etgan bolaga yordam berish tamoyili Reja


Profilaktika mazmuni va shaklini mukammallashtirish



Yüklə 42,43 Kb.
səhifə14/16
tarix25.12.2022
ölçüsü42,43 Kb.
#77814
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
4-mavzu. Suitsidal harakatlarni sodir etgan bolaga yordam berish

Profilaktika mazmuni va shaklini mukammallashtirish:
-pedagoglar, psixologlar, ijtimoiy pedagoglar, psixologik reabilitatsiya boʻyicha tibbiy xizmatchilar, shaxsiy muammolari, jismoniy, psixik va xulqida nuqsoni mavjud bolalarni ijtimoiy adaptatsiya qilish tizimini mukammallashtirish;
-kechiktirib boʻlmaydigan yordam va himoyaga muhtoj voyaga yetmaganlarda suitsidal xavfni aniqlash maqsadida diagnostika qilish;
-voyaga yetmaganlar bilan ishlashda amaliyotga zamonaviy guruhiy (trening) va individual profilaktik texnologiyalarni joriy qilish; “Men” ijobiy obrazi shakllanishiga yoʻnaltirilgan tizimlilik mashgʻulotlar oʻtkazish, oʻz shaxsi va boshqalarning shaxsida noyoblik va takrorlanmaslikning qabul qilinishi, ruhiy zarbalarga chidamlilikning oshishi, ijtimoiy meʼyorlarda qabul qilingan xulqni oʻzlashtirish va qabul qilish, rahm-shafqatlilikning rivojlanishi va boshqalar.
-bolalar va oʻsmirlarni toʻgaraklar, klublar, seksiyalarga jalb qilish;
-oila bilan oʻzaro munosabat oʻrnatish: talab va ehtiyojlarni oʻrganish, ota-onalar faolligini oshirish, ota-onalarni tarbiya va profilaktik chora-tadbirlarni tashkil qilishga jalb etish va boshqalar.
-ogʻir hayotiy vaziyatlarda boʻlgan oilalar bilan ishlarni tashkillashtirish.
Bolalar harakati, oʻzini oʻzi boshqarishning rivojlanishi:
-bolalar harakatiga kadrlar imkoniyati (psixologlar, qoʻshimcha taʼlim pedagoglari, ijtimoiy pedagoglar) ni jalb qilish, oʻzini oʻzi boshqarishning rivojlanishi;
-bolalar harakati va boshlangʻich oʻzini oʻzi boshqarishni tashkil qilishda turli modellardan foydalanish va qayta ishlash;
-ijtimoiy-muhim dam olish faoliyatida bolalar hamda oʻsmirlarda liderlik va ijodiy imkoniyatlarni amalga oshirish;
-shaxsiy yuksalish tizimini va bolalar harakati liderlarini ragʻbatlantirishni tashkil qilish boʻyicha majmuaviy choralarni qayta ishlash.
Turar joyida ish bilan taʼminlashni tashkillashtirish:
-bolalar va oʻsmirlarning turar joyida dam olishlari sifatini yaxshilashni tashkil qilish;
-ijtimoiy muhim faoliyatni tashkil qilish;
-oilaviy, jamoaviy va davlat tarbiyasi integratsiyasi.

Yüklə 42,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin