4-mavzu. Suitsidal harakatlarni sodir etgan bolaga yordam berish tamoyili Reja


Adabiyotlarda oʻsmirlar suitsidining turli sabablari yoritilganini uchratish mumkin



Yüklə 42,43 Kb.
səhifə6/16
tarix25.12.2022
ölçüsü42,43 Kb.
#77814
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
4-mavzu. Suitsidal harakatlarni sodir etgan bolaga yordam berish

Adabiyotlarda oʻsmirlar suitsidining turli sabablari yoritilganini uchratish mumkin:
1.Shaxsiy hayotdagi mojarolar.
2.Yolgʻizlik.
3. Mohirlik bilan taʼsir etish.
4.Javobsiz his-tuygʻular.
5.Nostandart moslashuv.
6. Etnik anʼanalarning buzilishi.
7. Oʻz joniga qasd qilish irsiyat bilan bogʻliqligi.
S.V.Borodin va A.S.Mixlinlar tomonidan quyida asosiy 4 ta suitsidal xulq-atvor sabablar klassifikatsiya qilingan.
Shaxsiy-oilaviy:
-oilaviy mojarolar, ajralish (oʻsmir uchun ota-onaning ajralishi);
-kasallik, yaqinlarning oʻlimi;
-yolgʻizlik, omadsiz sevgi;
-jinsiy yetilmaganlik;
-atrofdagilar va boshqalar tomonidan haqoratlash, kamsitish.
Sogʻliqning holati:
-psixik kasalliklar;
-somatik kasalliklar;
-majruhlik.
Jamiyatga qarshi xulq-atvor bilan bogʻliq nizolar:
-jinoiy javobgarlik xavfi;
-sharmandalik yoki jazodan qoʻrqish.
Ish yoki oʻqish bilan bogʻliq mojarolar.
Moddiy va maishiy qiyinchiliklar.
Boshqa sabablar.
Bundan tashqari, suitsidning sabablari (oʻlim oldi yozilgan xatda koʻrsatilgan sabablar) kamdan-kam hollarda suitsidning haqiqiy sabablariga toʻgʻri keladi. Oʻlim oldi xatlarni tadqiq qilgan E.Shneydmanning taʼkidlashicha, baʼzilarini istisno qilganda, bu xatlar judayam toʻgʻri maʼlumot bermaydi.
Suitsidal xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi sabablari:
A.G.Ambrumovaning fikricha, suitsidal xulq-atvorni toʻgʻri tushunish uchun 2 ta savolga javob berish zarur: odam nima uchun oʻz joniga qasd qildi va nimaga bu ishga qoʻl urdi. Birinchi savolga suitsidentning sharoitini tahlil qilib javob berish mumkin: hayotiy vaziyatlar, yaʼni suitsidga qoʻl urishga olib kelgan holatlar, tashvishlarga asoslangan. Ikkinchi savolga suitsidal xulq-atvorning sabablarini oʻrganib, odam nima uchun suitsidga qoʻl urganini va qanday maqsadga erishmoqchi ekanligini taxmin qilib topish mumkin.
Bir nechta xorijiy tadqiqotlar aynan shaxsdagi suitsidal xulq-atvor muammolariga bagʻishlangan. Mahalliy suitsidologiyada V.A.Tixonenkoning klassifikatsiyasi ommalashib, unda suitsidning 5 ta yetakchi sabablari belgilangan: Xususan, “chaqiruv”, “norozilik”, “qochish”, oʻzini oʻzi jazolash” va “rad etish”.
Chaqiruv” (“yordamga chaqirish”) tipidagi suitsidal reaksiya. Bu guruhga kiruvchi hodisalarda shaxs atrofdagilarning diqqatini tortish, ulardan yordam va madad olish maqsadida suitsidga qoʻl uradi. “Nima uchun bunday qildingiz?” degan savolga: “Atrofdagilar meni qanday mushkul ahvolga tushib qolganimni tushunishlari uchun” deb javob beradi. Shuningdek, bu guruhga namoyishkorona-shantaj urinishlari, yaʼni maʼlum bir jamoat vakillariga taʼsir koʻrsatish uchun (turmush oʻrtogʻi, ota-ona, bolalar) amalga oshiriladi.
Bunday tipdagi sabablari mavjud shaxs suitsidni amalga oshirishdan avval, har doimgidek, toʻgʻridan-toʻgʻri yoki orqadan oʻz maqsadi haqida yoki oʻzini oʻldirmoqchiligini bildirib poʻpisa qiladi. Suitsidal urinish, odatda, atrofdagilar ishtirokida yoki suitsident shunday harakat qiladiki, yaqinlari uning qilmishidan voqif boʻladilar (masalan, oʻzini dori preparatlari bilan zaharlagani zahoti tanishlariga qoʻngʻiroq qiladi va oʻzining xatti-harakati haqida aytadi). “Yordamga chaqiruv” tipidagi shaxs oʻz xatti-harakatining oqibatini oʻylamaydi hamda koʻproq atrofidagilar uning qilmishiga qanday munosabatda boʻlishlari qiziqtiradi.
Bu tipdagi yoshlar uchun vosvosga uchrash, jazavaga tushish va oʻzini yosh bolalarcha harakat qilish xosdir.
Norozilik” tipidagi suitsidal reaksiya. Bu guruhdagi hodisalarda odam mojaroli vaziyatlarda nafrat, gʻazab tuygʻularini his qiladi va oʻziga shikast yetkazuvchi harakatlarga qoʻl urib, boʻlayotgan hodisalarga oʻz noroziligini bildiradi. Suitsidal harakatdan maqsad nimaligini bunday shaxslar, odatda anglamaydilar hamda “Oʻzimning nafrat (alam) imni ifodalash uchun”; “Aybdorlarni jazolash uchun”, degan javoblarni beradilar.
Oʻziga shikast yetkazish harakatlari, odatda, rejalashtirilmaydi, “qisqa tutashuv” xarakteriga ega boʻlib, koʻpincha, spirtli ichimliklar yoki narkotik taʼsirida amalga oshiriladi. Bunday tipdagi reaksiya aksariyat taʼsirchan, kuchli emotsional xususiyatlarga ega yoshlarga xosdir.
Qochish” tipidagi suitsidal reaksiya. Bu guruhga mansub hodisalar shundayki, bunda odam biron-bir qiyin, ruhiy shikast yetkazuvchi hayotiy vaziyatlar taʼsirida chorasizlik, ojizlik, natijasizlikdan tashvishlanish taʼsirida (vaziyatdan qochish uchun) suitsidga qoʻl uradi. Xususan, bu jarayonda suitsidal urinishni sodir etilishiga asosiy sabablarni aniqlash maqsadida “Nima uchun bunday qildingiz?” degan savolga, odatda, “Vaziyat juda ogʻir edi, men u yogʻiga nima qilishni bilmay qoldim”; “Ogʻir vaziyatdan qochish, u haqdagi oʻylardan chalgʻish maqsadida va boshqalar. Bu guruhga yana shaxsning yomon emotsional tashvishlardan qutulish yoki ulardan chalgʻish (azoblardan qochish) maqsadida suitsidal urinishga qoʻl urish hodisalari ham kiradi. Bunday shaxslar suitsidal harakatlardan maqsad nimaligi soʻralganda: “Buni chidab boʻlmaydigan ruhiy ogʻriqlardan qutulish uchun qildim”; “Xavotir va tushkunlikdan qutulishni istadim”, deb javob beradilar.
Qochish” tipiga oid sabablar keng tarqalganligi bois, bu koʻrinishdagi haqiqiy suitsidal urinishga nisbatan 50–70% odamlarda uchraydi. Bu tipdagi reaksiyalar katta yoshli guruhlar – 30 dan oshgan erkak va ayollarga xosdir. Suitsid oʻzini osish, oʻzini zaharlash yoʻli bilan amalga oshiriladi. Baʼzan, oʻz joniga qasd qilish qarori qabul qilingach (suitsid qarori osonlikcha qabul qilinishi uchun), spirtli ichimliklar isteʼmol qilinadi.
Oʻzini oʻzi jazolash” tipi boʻyicha suitsidal reaksiya. Ushbu guruhdagi hodisalarda odam suitsidga uyat, aybdorlik, oʻzidan nafratlanish kechinmalari natijasida qoʻl uriladi. Bunday shaxslarda suitsidal harakatdan maqsad nima ekanligi soʻralganda, odatda: “Oʻzimni jazolamoqchi edim”, deb javob beradilar. Masalan, bir narkoman narkotik isteʼmolidan soʻng oilasiga tegishli qimmatbaho ziynat buyumlarining katta qismini sotib yuborib, soʻng qilgan ishidan tashvishlanib, uyat va aybdorlik hissi natijasida ogʻir suitsidga qoʻl uradi.
“Oʻzini oʻzi jazolash” tipi oʻrta yoshlilarga (koʻpincha ayollar) xosdir. Oʻz joniga qasd qilish, koʻpincha, shafqatsiz usulda amalga oshiriladi (oʻzini osish, balandlikdan tashlash va boshqalar).
Rad etish” tipidagi suitsidal reaksiya. Bu guruhdagi hodisalarga odam oʻlishni judayam xohlaganda qoʻl uradi. Odatda, bunday holatda yashashdan maʼno yoʻq, degan qaror bilan bogʻliq (masalan, yaqin insonni yoʻqotish, ogʻir kasallik, jamiyatdagi avvalgi mavqeini tiklashning imkoni boʻlmagach). Suitsiddan maqsad nimaligi haqidagi savolga: “Oʻlishni istadim”, “Sevimli insonim bilan birga boʻlishni xohladim”, deb javob beradilar.
Suitsidal harakat avvaldan rejalashtirilib, yolgʻizlikda amalga oshiriladi.
Bu tip 40 yoshdan katta shaxslarga xos boʻlib, kuchli depressiya natijasida amalga oshiriladi.
Taʼkidlash joizki, suitsidentlarning koʻpchiligi suitsidal xulq-atvorning ilk davrlarida ichki kechinmalar oʻzaro kurashadi, bir tomondan, suitsidal istak qoʻzgʻaladi, boshqa tomondan, farzandlar oldidagi majburiyatlar, yaqinlarga tashvish keltirmaslik, oʻlim qoʻrquvi va boshqa sabablar odamni suitsidal harakatlardan ushlab turadi. Boshqacha aytganda, suitsidentlar suitsidal va suitsidalga qarshi sabablar bilan kurashadilar va oxirgi sabablar kuchliroq koʻrinsa-da, suitsidal harakatlarni amalga oshirish ehtimoli kamroq kuzatiladi.
Amerikalik tadqiqotchi M.Laynxen suitsidga moyilligi mavjud shaxslarni oʻz joniga qasd qilishdan ushlab qoluvchi 6 ta sababni koʻrsatgan:
1.Muammolarni hal qilish zarurligiga ishonch (“Oʻzimni qanchalik yomon his qilmay, men har doim ishonamanki, hali hammasi yoʻqotilmagan”).
2.Oila oldidagi masʼuliyat (“Oilam oldida majburiyatlarim bor”, Men oilamni judayam yaxshi koʻraman va hech qachon ularni tashlab ketmayman).
3.Bolalarga gʻamxoʻrlik (“Men bolalarga kerakman, ular uchun yashashim shart”).
4.Suitsid qoʻrquvi (“Men oʻlimdan va nomaʼlumlikdan qoʻrqaman”, “Men suitsiddan soʻng oʻlmay qolsam, nogiron boʻlib qolishdan qoʻrqaman”).
5.Jamiyatdagi insonlarni yuz oʻgirishidan qoʻrquv (“Agar men oʻzimni oʻldirsam, meni boshqalar kuchsiz va keraksiz, deb hisoblashlari xavotirga soladi”).
6.Maʼnaviy va diniy qarashlar (“Mening diniy qarashlarim suitsidga yoʻl qoʻymaydi”).
Eslatib oʻtish joizki, suitsidga qarshi sabablarga taʼsir oʻtkazgan intensiv salbiy kechinmalar suitsidentning harakatlarini susaytiradi.
Yuqoridagilarni tahlil qilib, suitsidal xulq-atvor shakllarini ajratib koʻrsatamiz:
1.Suitsidal xulq-atvorning “Norozilik” shakli mojarolar vaqtida paydo boʻladi, bunda obyektiv boʻlim subyektga nisbatan dushmanlarcha va agressiv munosabatda boʻladi.

Yüklə 42,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin