O‘zbekiston Respublikasi OLIY VA o‘RTA-mAXSUS TA’LIM vazirligi GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI Tabiiy fanlar fakulteti “ekologiya va geografiya” kafedirasi
EKOLOGIk monitoring
fanidan
o‘QUV-USLUBIY MAJMUA
Guliston
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi oliy o‘quv yurtlariaro ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan oliy o‘quv yurtlarining iqtisodiy ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan.
Ushbu qo‘llanma «Ekologik monitoring» fanidan yuzaga kelgan va shakllantirilgan yo‘nalishlarning asosiy mazmunini ochib berishga qaratilgan. Unda ekologik monitoringning ilmiy-nazariy asoslari, monotoriig turlari, ekologik monitoringning halqaro jihatlari, O‘zbekistan Respublikasining ekologik monitoring tuzilmasi va uni turli ekotizimlarda amalga oshirish kabilar atroflicha yoritilgan.
Qo‘llanma iqtisodchi-ekolog bakalavrlarga mo‘ljallangan. Undan sohaga aloqador boshqa ixtisoslikdagi talabalar, mutaxassis ekologlar ham qo‘llashlari mumkin.
KIRISH Xozirda insoniyat oldida turgan qator olamshumul muammolar tarzida ekologik muammo ham yuqori ko‘tarilgani sir emas. «Tabiat-jamiyat-ho‘jalik» tizimidagi barqarorlikka putur etishi atrof-muhit tabiiy xolatidagi sezilarli noxush o‘zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Ekologik muammolar oqibati, ularning asoratlari inson xayotiga, mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga borgan sari tahlika solmoqda. CHunki inson tabiatning rivojlanish konuniyatlarini chuqur, ilmiy tarzda egallamay, unga o‘z bilganicha ta’sir etib, uning boyliklari «behisobligi»ga ishondi, undan o‘zini kuchli his etdi.
Ekologiyaning oddiy quyidagi:
«dunyodagi hamma narsa bir-biri bilan bog‘liq; «xech narsa izsiz yo‘qolmaydi»;
«tabiatning o‘zi eng oliy bilimdon»;
«xech narsa bekorga in’om etilmaydi» kabi qonunlarini bilsa ham, bilmaslikka oldi. Endi uning aziyatlarini chekmoqda. Biroq, hali ham kech emas. Mavjud muammolarni bartaraf etishning yagona yo‘li biosfera boyliklaridan oqilona foydalanish hamda ekologik xavfsizlikni bartaraf etish choralarini izlashdir. Buning uchun atrof-muhit ekologik holatini mahsus kuzatish, nazorat qilish, baholash va bashoratlash, ya’ni ekologik monitoringni joriy etishdir.
Rus akademigi I.P.Gerasimov ta’biri bilan aytganda, «Monitoring — zamonaning muhim ijtimoiy buyurtmasidir» (1975).
«Ekologik monitoring» nisbatan ancha yosh yo‘nalish bo‘lib, fanning o‘qitilishi, ayniqsa, iqdisodchi-ekologlar tayyorlashdagi ahamiyati katta.