1-mavzu: Jahon xo’jaligi va halqaro iqtisodiy munosabatlar asosiy ko’rinishlari vaxususiyatlari.Halqaromehnattaqsimoti Ko’ribchiqiladiganasosiysavollar: Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar faning predmeti.
Jahon xo’jaligini rivojlanish bosqichlari va tendentsiyalari.
3.Zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish xususiyatlari.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Fan predmeti, fan ob’ekti, ilmiy tadqiqot metodlari, jahon iqtisodiyoti, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, rivojlanish bosqichlari, mamlakatlar klassifikatsiyasi.
Mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar:
Fanni o’qitishning o’ziga xos ahamiyati bor. Shunga siz qanday fikr bildirasiz?
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fani boshqa fanlar bilan mustahkam aloqada. Ularni mazmunan qanday izohlaysiz?
Fan o’zining ilmiy tadqiqot metodlariga ega. Bozor iqtisodi sharoitida bu metodlarni qanday izohlaysiz?
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fanining predmeti
Jahon iqtisodiyoti - bu jahon xo‘jaligi yaxlit tizimini tashkil etuvchi milliy iqtisodiyotlar yig‘indisidir. Bugungi kunda jahonda 200 ortiq mamlakatlar bo‘lib har biri o‘z milliy iqtisodiyotiga egadir. Barcha mamlakatlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va bozor iqtisodiyoti islohotlarini olib borish xususiyatlariga ko‘ra: rivojlangan, rivojlanayotgan va iqtisodiyoti o‘tish davriga xos mamlakatlar guruhiga bo‘linadi.
Jahon iqtisodiyotining asosiy sub’ektlari bo‘lib milliy iqtisodiyotlar, transmilliy korporatsiyalar, integratsion birlashmalar va xalqaro iqtisodiy tashkilotlar hisoblanadi.
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fanining predmeti - jahon xo‘jaligi yaxlit tizimini tashkil etuvchi milliy iqtisodiyotlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xusususiyatlari va tendensiyalari hamda ushbu mamlakatlar o‘rtasida amalga oshiriladigan iqtisodiy munosabatlar shakllarini o‘rganish hisoblanadi.
XX asrning 50-yillarida jahon xo‘jaligi faoliyatining o‘ziga xos tomonlaridan biri bu xalqaro iqtisodiy munosabatlarning jadal ravishda rivojlanib borishidir. Jahon xo‘jaligida davlatlar guruhlari va iqtisodiy guruhlar, alohida firma va tashkilotlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tobora kengayib, chuqurlashib bormoqda. Bu jarayonlar xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va xo‘jalik hayotining baynalminallashuvida, ularning bir-biriga bog‘liqligi va yaqinlashuvida, mintaqaviy xalqaro tizimlarning rivojlanishi va mustahkamlanishida namoyon bo‘lmoqda.
Shunisi xarakterliki, o‘zaro hamkorlik va integratsiya jarayonlari qarama-qarshi, dialektik xarakterga ega. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning dialektikasi shundaki, ayrim mamlakatlarning iqtisodiy mustaqillikka, milliy xo‘jalikni mustahkamlashga intilishi, oqibat natijada jahon xo‘jaligini yanada ko‘proq baynalminallashuviga, milliy iqtisodiyotning ochiqligiga, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuviga olib keladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar predmeti ikki asosiy qismdan, ya’ni, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning o‘zi va uni amalga oshirish mexanizmidan iboratdir. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar o‘z ichiga alohida mamlakatlar, ularning mintaqaviy birlashmalari, shuningdek alohida korxonalarning (transmilliy, ko‘pmilliy korporatsiyalarni) jahon xo‘jaligi tizimidagi bir- biriga qarama-qarshi bo‘lgan iqtisodiy munosabatlarining majmuini oladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar mexanizmi esa o‘z ichiga huquqiy me’yorlar va ularni amalga oshirish vositalari (xalqaro iqtisodiy shartnomalar, kelishuvlar, “kodekslar”, hartiyalar va h.k.), xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish maqsadida amalga oshirishga yo‘naltirilgan xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning faoliyatini oladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (XIM) tizimiga quyidagilar kiradi:
Xalqaro mehnat taqsimoti;
Xalqaro tovar va xizmatlar savdosi;
Xalqaro kapital va xorijiy investitsiyalar harakati;
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (asosan savdo) jahon xo‘jaligi vujudga kelmasdan oldin ham mavjud bo‘lgan. Masalan: Yevropa davlatlari o‘rtasidagi XIM, mintaqalar (Yevropa- Shimoliy Afrika, Yevropa-Yaqin Sharq va h.k.) o‘rtasidagi xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Bu munosabatlar mintaqaviy xarakterga ega bo‘lgan. Jahon xo‘jaligining vujudga kelishi (XVIII asr oxiri va XIX asr boshlari) va rivojlanishi bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlar kengaydi va chuqurlashib, global xarakterga ega bo‘ldi.
Zamonaviy jahon xo‘jaligi bu - bozor iqtisodiyotining ob’ektiv qonunlariga bo‘ysinuvchi, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan milliy iqtisodiyotlar birlashmasi, global iqtisodiy organizmdir.
Fanni o‘rganish jarayonida umume’tirof etilgan materialistik dialektika, ilmiy abstraksiya, tahlil va sintez, induksiya va deduksiya, tarixiylik va mantiqiylik usullardan foydalaniladi.
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fani iqtisodiyot nazariyasi, mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, statistika, mehnat iqtisodiyoti va demografiya, investitsiya fanlari bilan o‘zaro bog‘liqligi mavjud bo‘lib, ushbu fanlarning iqtisodiy qonun va kategoriyalaridan bevosita foydalanadi.