Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: «Zoologiya falsafasi»



Yüklə 95,71 Kb.
səhifə1/9
tarix28.03.2023
ölçüsü95,71 Kb.
#90735
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-амалий


Mavzu: J.B.Lamarkning evolyutsion ta’limoti.
Reja

  1. J.B.Lamarkning asosiy ishlari.

  2. J.B.Lamark qonunlari.

  3. J.B.Lamark ta’limoti kamchiliklari.

Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: «Zoologiya falsafasi» asari, gradatsiyalar to’g’risidagi ta’limot, Lamark – dualistik pozitsiyada, Lamark qonunlari, Lamark turlarni o’zgarishi to’g’risida, Lamark organik olam evolyutsiyasi omillari haqida.
J.B.Lamark (1744-1829)-frantsuz tabiatshunosi 1-chi evolyutsion ta’limotni yaratgan olimdir. U yoshlik yillaridan boshlab tabiiy fanlar bilan shug’urlanadi, u Parijda meditsina fakultetida ta’lim oladi. Uning 1778 yili 3 tomli «Frantsiya florasi» nomli asari bosilib chiqariladi. 1793 yili umurtqasizlar zoologiyasi kafedrasi bo’yicha professorlikka tayinlanadi va bu sohada ish boshlaydi. 1801 yili uning «Umurtqasiz hayvonlar sistemasi» nomli ajoyib asari chiqadi. U umurtqasiz hayvonlar chuqurroq o’rganib, ularni klassifikatsiyalashga urindi. Natijada, 1815-1822 yillar orasida 7 tomli «Umurtqasiz hayvonlarning tabiiy tarixi» nomli nodir asarini nashr ettiradi. Lamarkning evolyutsion qarashlari 1801 yilgi «Zoologiyaga kirish» va 1809 yilgi «Zoologiya falsafasi» nomli asarlarida bayon qilingan. Bunda Lamark botanika va zoologiya fanlarida to’plangan faktlarga asoslanib, quyidagi xulosalarni qiladi:

  1. hamma tirik formalar, o’simlik va hayvonlar, tabiat mahsuli hisoblanadi, ular ma’lum vaqtda yuzaga kelgandir. Lamark fikricha: «Tabiat, eng sodda hayvondan to eng yuqori rivojlangan hayvon turlarini yarata turib, ularning tuzilishini murakkablashtira borgan va natijada bu hayvonlar er yuzining turli burchaklariga tarqalgan vaqtda, uni o’rab turgan tashqi muhit natijasida, har bir tur shunday odat va belgilarni olganki, biz xozir uning natijasini kuzatamiz» - deb yozadi (Zoologiya falsafasi, 1935, M.: t.1, b.209)

  2. organik formalar tabiatda ma’lum pog’onalar holatida joylashadi va bu bilan u gradatsiyalar (gradatsiya so’zi - gradus - pog’ona) to’g’risidagi ta’limotni yaratadi. Lamark hayvonlarni 14 sinfga va 6 pog’onaga bo’yicha joylashtirib, bunda u oddiy tuzilishdan murakkabga qarab boradi.

Pog’onalar Sinflar

I. 1. Infuzoriyalar Bularda nerv sistemasi, qon tomirlar


2. Poliplar boshqa organlar (ovqat xazm qilish-
dan boshqa) yo’q,
II. 3. Nursimonlar Miya va qon tomirlari yo’q
4.Chuvalchanglar
III. 5. Xasharotlar Traxeyalar bilan nafas oladi, qon ayla-

  1. Bo’g’imoyoqlilar nishi rivojlanishi past yoki yo’q.

IV. 7. Qisqichbaqa Jabralar orqali nafas oladi, qon ayla-


simonlar nish tomirlari (arteriyalar va venalar)

  1. Kolchetsilar bor.

V. 9. Usonoglilar

  1. Mollyuskalar

VI. 11. Baliqlar



  1. Sudralib Yurak bir qorinchali, qoni sovuq

yuruvchilar

  1. Qushlar Yurak ikki qorinchali, qoni issiq

  1. Sut emizuvchilar

Lamark fikricha, gradatsion jarayon yoki organik olamning oddiydan murakkabga qarab rivojlanishi evolyutsion jarayoning eng harakterli xusu-siyatidir. Organizmlarning oddiydan murakkabga qarab borishi tirik tabiatda xos bo’lgan o’z tuzilishini murakkablashtirishga qaratilgan intilishidir. Bu erda Lamarkning deistik pozitsiyada turadi. Lamark organizmlarni pog’onadan-pog’onaga o’tishini faqat sinflar misolida ko’rish mumkin, sinflar ichida esa to’g’ri gradatsiyalar bo’lmaydi - deydi.



  1. ma’lum pog’onadagi organizmlarni turli muhitga tushganligi munosabati bilan, tashqi muhit ta’sirida turlar orasida differeniallanish kuzatiladi. yani to’g’ri gradatsiya buziladi. Lamark tashqi muhitning organizmlarga ta’sirini o’z asarining UP bobida analiz qilib, bu ta’sir bevosita (o’simlikka) yoki bilvosta (nerv sistemasi orqali hayvonga) bo’lishini ko’rsatadi.

Lamark muhit ta’siriga javob berish reaktsiyasiga qarab, organizmlarni 3 guruhga bo’ladi: a) o’simliklar (ta’sirlanish va harakatlanish xususiyati yo’q);
b) sodda hayvonlar (tashqi ta’sir bo’lsa harakatlanuvchi, ammo u xolicha harakatlanmaydigan); v) yuksan hayvonlar (nerv sistemasi rivojlangan).
Lamark tashqi muhitning organizmga ta’siri xaqida 2 ta qonun yaratadi:
a) Lamarkning I-qonuni: O’z rivojlanishining nihoyasiga etmagan har qanday hayvonda biror organning tez-tez ishlatilishi shu organni rivojlanishiga, biror organning ishlatilmasligi esa uni asta-sekin yo’qolib ketishga olib keladi.
b) Lamarkning II-qonuni: «Uzoq vaqt jarayonida yangi paydo bo’lgan yoki yo’qolib ketayotgan belgilar ikkala jins uchun umumiy bo’lsa, bu yangi paydo bo’lgan formalar yangi avlodlarda saqlanib va mustaxkamlanib boradi».
O’z qonunlari isbotlash uchun Lamark tabiatdagi misollardan foydalanadi. M-n: o’rdak, g’oz, qunduz va boshqa hayvonlarning oyoqlaridagi suzgich pardalar suzish jarayonida barmoqlarning tinmay harakatlanish natijasida paydo bo’lgan. Ma’lumki dengiz bo’yida yashovchi qushlarning oyog’i va bo’yining uzun bo’lishi bu ko’p harakatlanish natijasidan, Afrikaning savanna qismida yashaydigan jirafalarning bo’yni uzun bo’lishi, ularning tinmay bo’ynini cho’zishi natijasidir. Er tagida yashagani uchun yumronqoziqning ko’zi kam rivojlangan, ko’rsichqonda esa yo’qolib ketgan. Lamark fikricha har bir organning rivojlanish darajasi uning bajarayotgan vazifasiga bog’liq ekanligidadir.
Yuqoridagilar ko’rinib turibdiki J.B.Lamarkning ta’limoti I-chi tugallangan to’la ta’limotdir. Uning ta’limotida turlarning o’zgarishi, moslanishlar va yangi belgilarning nasldan-naslga o’tishi, odamning paydo bo’lishi, gradatsiyalar to’g’risidagi tushinchalar berilgan. J.B.Lamark o’z asar-larida evolyutsion nazariyaning barcha tomonlarini izohlashga harakat qilgan.
J.B.Lamark ta’limoti mazmuni jixatdan birinchi tugallangan ta’limot edi. U o’z ta’limotida organik olam uzoq davom etgan rivojlanish jarayonining maxsuli ekanligini isbotlashga o’rgangan. Uning ta’limotida evolyutsion nazariyaning deyarli barcha tomonlari qamrab olingan edi. Lamark ta’limotida odamni paydo bo’lishi to’g’risida fikrlar diqqatiga sazovordir. U odamni tabiat maxsuli ekanligini, sut emizuvchilarga tana tuzilishi bilan o’xshashligini, ayniqsa maymunlar bilan yaqinligini ko’rsatib, undagi farqlarni hisobga olib, odam avlodi va turiga kiradi deb ko’rsatadi. Ammo u o’z ta’limotida bir qancha jiddiy xatolarga yo’l qo’yadi. Lamarkning e’lon qilgan ta’limotida quyidagi kamchiliklar bor edi:
a) Lamark organik olamning oddiydan murakkabga qarab rivojlanishining sabablarini ko’rsata olmadi;
b) U organizmlarning organik muvofiqligi masalasini xal qilolmadi;
v) Lamark fikricha organik olam evolyutsiyasi 2 ta mustaqil omillar bilan belgilanadi (gradatsiya va tashqi muhit ta’siri), bu bilan u organik olam evolyutsiyasini sabablarini to’liq ko’rsata olmadi. Lamark organizm va muhit orasidagi munosabatni oddiy mexanika qonunlari nuqtai nazaridan xal qilishga urindi. Uning real turlar mavjudligini inkor qilishi ham noto’g’ri edi.
g) Lamark ta’limotida gradatsiya printsipi umumbiologik ahamiyati ko’rsatib o’tilgan bo’lsada, uni sababini ilmiy nuqtai-nazardan taxlil qilaolmadi. U gradatsiya bo’yicha organizmlar murakkablashuvi ichki intilish natijasidir deb qarashi noto’g’ri edi. Bu bilan u diezm pozitsiyasida turganini ko’rsatadi.

Yüklə 95,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin