O’zgaruvchnlik. Ch.Darvin tur muammolarini o’rgana turib, tabiiy sharoitda ham organizmlar o’rtasida farqlar bo’lishini qayd qildi. Darvin buni turlarning o’zgaruvchanligi bilan bog’laydi. U organizmlardagi individual o’zgaruvchanliklar variatsiyalarga, judayam o’zgargan variatsiyalar – kenja turlar xosil bo’lishga qo’yilgan qadam deb tushunadi. Ch.Darvin fikricha organik olam tarixiy rivojlanishida asosiy o’rin yangi turlarni xosil bo’lishi jarayonidir, ya’ni evolyutsiyaning birligi bo’lib – tur xizmat qiladi.
Yashash uchun kurash. Ch.Darvin «Yashash uchun kurash» iborasini keng, majoziy manoda ishlatadi. Organizmlarning muhitga qaramligi turli-tuman va ularning har biri konkret sharoitida yashash uchun kurash holida namoyon bo’ladi. Mayda hayvonlar yiriklariga o’lja bo’ladi. Ulardan har birining hayoti o’z dushmanlariga bog’liq. Ikkinchi tomondan, ularning hammasi ozuqa manbaiga qaramdir (m-n: yirtqichlar). Ba’zi organizmlar soni ularning parazitlari bilan chambarchas bog’liq. Darvin fikricha, organizmlar tez urchishi buning asosiy sababidir. Juda ko’pchilik organizmlar juda ko’p nasl beradi, ammo uning juda oz qismi voyaga etadi (ituzum-110000 urug’, g’umay, sho’ra-250-400 ming, baqa-10000, zog’ora baliq –300000 tuxum). Agar har bir organizm qoldirgan nasl hammasi yashab qolsa, u tez orada er yuzini qoplab olar edi.
M-n: fil-6 ta bola-750 yildan keyin 19 mln.etadi.
qoqi o’t-100 urug’-10 yildan keyin – er sharidan 15 marta ortiq
maydonni egallaydi.
Ammo har bir organizmni cheksiz ko’payishi imkoniyatlari chegaralangan.
Tabiiy tanlanish. Ch.Darvin fikricha tabiiy tanlanishda:
a) sharoitga moslashganlarning yashab qolishi va b) moslashmaganlarning nobud bo’lib ketishi – eliminatsiya kuzatiladi. Tabiiy tanlanish jarayoni tabiatda doimo boradi. Tabiiy tanlanish jarayonida mayda foydali belgilar asta-sekin to’planib boradi. Buning natijasida yangi belgili organizmlar va yangi turlar xosil bo’ladi. Demak, Ch.Darvin fikricha evolyutsiya jarayonida tabiiy sharoitga moslashgan organizmlar va belgilar saqlanib qoladi, qolmaganlari esa yo’qolib ketadi. Ch.Darvin tur ichida xilma-xil formalar vujudga kelishini divergentsiya (belgilarning tarqalishi) deb ataydi. Divergentsiya natijasida yangi tur va kenja turlar xosil bo’lib, ular tabiiy sharoitga ko’proq moslashgan bo’ladi.
NAZORAT SAVOLLARI:
2.1. Ch.Darvin qaysi universitetlarda o’qigan?
a) Edinburg, London
v) Edinburg, Kembridj
s) Kembridj, Oksford
d) Gaaga, Edinburg
e) Lion, Kembiraj
2.2. Ch.Darvin qaysi yillari dunyo bo’ylab "Bigl" kemasida safarda bo’lgan?
a) 1836-1841 v) 1838- 1848
s) 1831-1836 d) 1830-1835
e) 1809-1812
2.3. Ch.Darvinning 1-chi asari qaysi?
a) Jinsiy tanlash
v) Turlarning kelib chiqishi
s) Marjon orollari
d) Emgir chuvalchanglar faoliyati to’g’risida
e) Bigl kemasida naturalistning dunyo bo’ylab sayohati.
2.4. Ch.Darvinning eng mashxur asari qaysi va necha bobdan iborat?
a) Jinsiy tanlash, 8 bob
v) Turlarning kelib chiqishi, 15 bob
s) Odamni kelib chiqishi, 15 bob
d) Turlarni kelib chiqishi, 12 bob
e) Marjon orollari, 15 bob
2.5. A.Uolles kim?
a) Ch. Darvinning muxolifi
v) Evolyutsion nazariyaning muxolifi
s) Yirik frantsiyalik olim
d) "Darvinizm" termini asoschisi
e) Malaziyalik olim.
2.6. I.Darvin necha xil va qaysi o’zgaruvchanlikni ajratadi?
a) 2 xil: irsiy va irsiy bo’lmagan
v) 3 xil: oddiy, murakkab va aralash
s) 2 xil: oddiy va murakkab
d) 2 xil: mutatsion va modifikatsion
e) 3 xil: yalpi, nomuayan va nisbiy
2.7.Ch. Darvin fikricha tabiy tanlanishda ...
a) moslashganlar yashab qoladi
v) zurlari yutib chiqadi
s) qaysi tur ko’p bo’lsa, shu saqlanib qoladi
d) sharoitga moslashganlar yashab qoladi, moslashaolmaganlar nobud bo’ladi
e) ekologik muhit xal kiluvchi omildir
2.8. Sun’iy va tabiiy tanlash orasida qanday farqlar bor?