Mavzu bo’yicha mustaqil ish topshiriqlari: G’o’za turlarini kelib chiqishi va tarqalishi rasm-chizmasini taxlil kiling.
Yangi turlar paydo bo’lishida poliploidiyaning rolini aniqlang.
Tur me’zonlarini izohlang. Jadvalni to’ldiring.
Turning strukturaviy tuzilishi rasm-chizmasini chizib oling.
Mavzu bo’yicha chiqargan xulosalaringizni taqqoslang: 1.Tur to’g’risida fanda tipologik, biologik va politipik kontseptsiyalar mavjud. Hozirgi kunda politipik kontseptsiya ko’proq tan olinib, unga ko’ra «tur – umumiy morfofiziologik belgilarga ega bo’lgan, o’zaro erkin chatisha oladigan, irsiy jihatdan turg’un, umumiy arealga ega bo’lgan individlar to’plami bo’lib, ular populyatsiyalar tizimini tashkil etadi».
2.Turni aniqlash me’zonlari quyidagilar xisoblanadi:
Morfologik mezon
Fiziologik – bioximiyaviy mezon
Ekologo-geografik mezon
Genetik mezon.
Test savollari
Darvin kuzatishlari natijasida xar xil orollarda tarqalgan vyuroklar o‘zaro qaysi organlar tuzilishi bilan farqlanishini aniqladi?
Tumshuqlarining tuzilishi
Qanotlarining uzunligi
Patlarining rangi
Tanasining xajmi
Darvinning “Turlarni kelib chiqishi" asari necha bobdan iborat?