Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: «Zoologiya falsafasi»


Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar



Yüklə 95,71 Kb.
səhifə3/9
tarix28.03.2023
ölçüsü95,71 Kb.
#90735
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-амалий

Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Tabiiy fanlar taraqqiyoti, sistematika, solishtirma anatomiya, embriologiya, tsitologiya,
biogeografiya, paleontologiya va tarixiy geologiya fanlari yutuqlari. Bigl kemasining dunyo bo’ylab sayohati, Ch.Darvin – tabiatshunos sifatida, qit’a va orollar flora va faunasi, evolyutsion nazariyaning shakillanishi, «Turlarni kelib chiqishi» asari, madaniy formalar evolyutsiyasi, tabiatda turlar evolyutsiyasi, o’zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish.
XIX asr birinchi yarmida ilm-fan taraqqiyotining eng yuksak rivojlanishi kuzatildi. Bu davrda biologiyada xali ham metafizik qarashlar xukimron bo’lsa ham, ilm-fan rivoji natijasida tabiiy fanlarda juda ko’plab dalillar to’plana boshlandi.
a) SISTEMATIKADA J.B.Lamark ta’limoti ta’sirida o’simlik va hayvonlarni tadqiq qilish kuchaydi. Hayvonot olami sistemasini qayta tuzishda Sent-Iler, Kyuve, K.Ber va P.R.Goryaninovlar xissa qo’shdilar. Sent-Iler hayvonlarning bir reja asosida tuzilganligi rivojlantirib, I-marta xaltali va yo’ldoshli sut emizuvchilarni o’zaro yaqinligini ko’rsatdi. U primatlar turkumini yangi 18 avlodga bo’lish uchun zamin yaratdi. Kyuve esa hayvonlar sistemasida qiyosiy usuldan foydalanib, klassifikatsiya tuzishda eng avval hayvon organizmining bir butunligini ta’minlaydigan organlar sistemasini asos qilib oladi. U bunday organlar sistemasiga I-chi navbatda nerv sistemasi kirishini ta’kidlab, hayvonlar nerv sistemasi 4 plan asosida tuzilganini ko’rsatadi. K.Ber hayvonot dunyosida qo’shimcha tiplar borligini, bu tiplar oralig’ida oraliq formalar borligini ko’rsatadi. U igna tanlilarni aloxida tip qilib ajratdi.
Goryaninov hayvonlar va o’simliklarning genetik klassifikatsiyasini tuzdi. U o’simliklarni 12 ta sinfga 48 ta tartibidan iborat qilib taqsimlaydi. U hayvonlarni klassifikatsiyaga solishda gradatsiya printsipiga asoslanadi. 1804 yili frantsuz olimi P.Latreyl sistematikada quyidagi kategoriyalarni qo’llash kerakligini ko’rsatadi: tip, sinf, oila, avlod, tur, variatsiya.
Rus va nemis olimlari M.Taushev va G.R.Treviranuslar ishlari natijasida «shajara daraxti» to’g’risida fikrlar yuritilib, u «mavjudotlar narvoni» xaqidagi fikrlarni surib chiqara boshladi.
b) SOLIShTIRMA ANATOMIYaDA J.B.Kyuve ishlari natijasida organizmning bir butun sistema ekanligi isbotlandi. Mashxur V.Gyote o’simliklar metamorfozi to’g’risidagi fikrlarini ilgari suradi. J.Sent-Iler butun hayvonot dunyosining bir xil tuzilish planiga amal qilishini isbotlashga urindi. U organizm «muvozanat qonuniga» bo’ysinadi deb ko’rsatadi.
Ingliz olimi R.Ouen fanga analogik va gomologik organlar tushinchasini kiritdi. Nemis botanigi V.Gofmeyster o’simliklar jinsiy jarayonini o’rganib, bu jarayon hamma o’simlik dunyosi uchun bir xil ekanini isbotlaydi.
v) EMBRIOLOGIYaDA esa I.D.Mekkel, M.Ratke, I.X.Pander, K.Ber va boshqalarning ishlari natijasida yaxshi yutuqlarga erishildi. Nemis olimi Mekkel ko’rsatishicha «organizm qanchalik o’z paydo bo’lishiga yaqin bo’lsa, shunchalik soddaroq bo’ladi. M.Ratke qushlar va sut emizuvchilarning nafas olish taraqqiyotini o’rgandi. Pander bo’lsa, tovuq jo’jasining rivojlanishini har soatda kuzatib, uni o’zgarishini ko’rsatadi. Mashxur olim K.Ber turli umurtqali hayvonlarning embrionini rivojlanishini kuzatib, quyidagi xulosa keladi:

  • hamma umurtqali hayvonlar murtaklari o’z taraqqiyotining boshlang’ich bosqichlarida o’xshashdir (Berning «embrionlarning o’xshashlik qonuni»).

  • o’z rivojlanishida murtaklar divergentsiyasi kuzatiladi.

  • murtakda avval yirik hayvon guruhlari uchun xos bo’lgan belgilar paydo bo’ladi, keyinchalik xususiy belgilarni ko’rish mumkin.

  • Yuqoridagi sinfga kiruvchi hayvonlar murtaklari o’z rivojlanishida quyi sinf murtaklariga xos belgilarni o’tadi.

g) SITOLOGIYAda o’simlik va hayvonlar organizmlarning hujayradan tuzilganligi to’g’risida ko’plab material to’plandi. Bunda R.Broun, Ya.Purkine, P.F.Goryaninov va boshqalarning xizmati katta bo’ldi. 1839 yili T.Shvann va M.Ya.Shleydenlar hujayra nazariyasini yaratishdi:

  • hamma tirik organizmlar hujayradan iborat;

  • o’simlik va hayvonot organizmining o’sishi va rivojlanishi hujayra xosil bo’lishi va differentsiyasi bilan boradi;

  • hujayralar hujayra ichidagi yoki uni atrofidagi strukturasiz moddalardan xosil bo’ladi.

Keyingi tekshiruvlar hujayra tuzilishi to’g’risidagi fikrlarni boyitdi. R.Virxov (1858) hujayralar faqat hujayralardan bo’linish yo’li bilan xosil bo’lishini ko’rsatdi.
d) BIOGEOGRAFIYa da P.Pallasning «Rossiya Osiyosining zoogeografiyasi» nomli asari yuzaga keldi. Unda umurtqali hayvonlarning Rossiya bo’ylab tarqalishi va bunda tog’ tizmalarning roli xaqida fikr yuritiladi. Nemis olimi A.Gumboldt 5 yil Amerika qit’asida qilgan sayohati davrida 1-marta iqlim, tuproq sharoiti bilan ma’lum landshaftda xukimronlik qilayotgan o’simliklar o’rtasida bog’lanish borligini kashf qiladi. Gumboldt fanda o’simliklarning gorizotal zonalar va vertikal poyaslar bo’yicha joylashini asoslab berdi. U o’simlik hamjamoalari ustida to’xtalib, 17 xil o’simlik formatsiyalarini ajratadi. Dekandol esa botanikaga «yashash joyi» va «uchrash joyi» tushunchalarini olib kiradi. «Yashash joyiga qarab, o’simliklarni 16 ta sinfga ajratadi. Bu davrida A.Uolles, N.A.Severtsev, L.Shmarda va boshqalarning ishlari natijasida zoogeografik oblastlar to’g’risida tushunchalar paydo bo’ladi. Rus olimi K.F.Rule o’z asarlarida organizmlarni paydo bo’lishi, uning rivojlanishi va murakkablashuvi to’g’risidagi tushunchalar bergan edi. U hayvon va o’simliklar murakkablashuvi tashqi muhitning o’zgarishi bilan bog’laydi. Rule evolyutsiyaning 3 ta qonunini ilgari suradi:

  • Borliqning asta-sekin paydo bo’lishi qonuni.

  • Organizmlar tuzilishining murakkablashuvini qonuni.

  • Tirik organizmlar turlari xilma-xilligini ortishi qonuni.

Olimning fikricha, organizmdagi har qanday belgi tarixiy rivojlanishi tufayli ma’lum sharoitda yuza keladi. U turlarning yo’qolib ketishini tan oladi.
e) PALENTOLOGIYa VA TARIX GEOLOGIYaDA Kyuve I-chi marta mamontni to’liq o’rganib, uni qirilib ketgan tur deb ko’rsatadi. U turli topilmalarni tiklashda qiyosiy solishtirma anatomiya usullaridan foydalanadi. Kyuve tekshirishlarini yakunlab:

  • turli qatlam faunalari bir-biridan farqlanishini;

  • qatlam qancha yosh bo’lsa, shuncha topilgan formalar xozirgi zamondagilarga o’xshashligini;

  • quyi qatlamlardan yuqoriga ko’tarilgan sari topilgan formalar tuzilishida yuqori tuzilish ko’zatilishini ko’rsatadi.

Ch.Layel er qatlamlari rivojini o’rganib, bunda aktualizm printsipini joriy qiladi. U er tarixida faktorlarning ta’sirida uzluksiz o’zgarishlar sodir bo’lganligini ko’rsatadi. U 3-chi zamonni eotsen, miotsen va pliotsen davrlarga bo’ladi. Bu davrlardagi organik formalarni solishtirib, organik olamni asta-sekin o’zgarishini isbotlaydi. Ch.Layel Kyuvening «Xaloqatlar nazariyasi» asossiz ekanligi isbotlaydi. Layel turlarni asta-sekinlik bilan o’zgarishini ko’rsatib, evolyutsion ta’limotning keyingi rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Evolyutsion nazariyaning asoschisi Ch.Darvin Ch.Layelni o’z o’qituvchisi deb tan oladi.
Yuqoridagilardan ko’rinib, turibdiki XIX asrning I-yarmida tabiatshunoslik fanlarida juda kattadan-katta yutuqlar qo’lga kiritilganini ko’ramiz. Fanda I-chi tugallangan va ilmiy asoslangan organik olamning evolyutsion taraqqiyoti to’g’risidagi ta’limotni ingliz olimi Ch.Darvin yaradi.
Ch.Darvin 1809 yil Angliyaning Shryusberi shaxrida vrach oilasiga tug’ildi. U yoshligidayoq tabiatga qiziquvchan edi. U 16 yoshga to’lganda Edenburg universitetining meditsina fakultetiga o’qishga kirdi. 1928 yili Ch.Darvin o’qishni Kembridj universitetiga o’tkazadi va iloxiyot fakultetida davom etiradi. Bu universitetda iloxiyot fanlari bilan bizga tabiiy fanlar ham o’qitilar edi. Uning fanga chanqoqligi botanika professori D.Genslo, geolog A.Sedjviklar e’tiborini tortib, ular Ch.Darvinga o’z bilimini oshirishga yordam beradilar. 1831 yilning yozida bu olimlar raxbarligida Shimoliy Uelsga ekspeditsiya uyushtirilib, bunda Ch.Darvin qatnashadi. Shu yil yozida Ch.Darvin universitetni tamomlaydi. Uning tabiatga moilligini sezgan Genslo uni er shari bo’ylab safarga jo’nayotgan «Bigl» (Iskovich it) kemasiga tabiatshunos bo’lib joylashib olishiga yordam beradi. «Bigl» kemasi 1831 yil 27 dekabrdan boshlab er yuzasi bo’ylab safarga jo’nadi va safar 1836 yil 2 oktyabrgacha davom etdi. Ch. Darvin bu kema bilan Janubiy Amerikada, Galapagos orollarida, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Yaxshi Umid Burnida bo’ldi. Safar vaqtida Ch.Darvin Janubiy Amerikaning geologik tuzilishi va hayvonot dunyosini o’rgandi. U turli palentologik qoldiqlarni topib, ular bilan tanishadi. U Galapagos orollarida hayvonot va o’simlik dunyosini o’rganar ekan, ulardagi flora va faunaning o’ziga xosligini kuzatadi. Darvin orollardagi hayvonlar ko’p belgilari bilan Amerika qit’asidagi hayvonlarga o’xshasa ham, juda ko’p xossa – belgilari bilan farqlanishini kuzatadi. U okean orollaridagi hayvon va o’simliklar yaqin qit’adan tarqalgan bo’lib, lekin boshqa sharoit ta’sirida vaqt o’tishi bilan o’zgargan va o’ziga xos xossa va xususiyatlarga ega bo’lgan degan muloxazalarga bora boshlandi.
Ch.Darvin Angliyaga qaytib kelgandan keyin to’plagan materiallarini qayta ishlab, nashrga tayyorlana boshladi. Umuman olganda Ch.Darvinning eng yirik asarlari quyidagilar:
1839 – «Bigl» kemasida naturalistning dunyo bo’ylab sayoxati»
1842 – «Marjon orollarini tuzilishi va tarqalishi»
1844 – «Vulqon orollarini geologik kuzatishlar»
1846 – «Janubiy Amerikadagi geologik kuzatishlar»
1851 – «Boshoyoqli qisqichbaqalar» (1-2 t.)
1859 – «Turlarning kelib chiqishi»
1862 – Orxideyalarning changlanishi.
1868 – «Xonaki hayvonlar va madaniy o’simliklarning o’zgarishi»
1871 – «Odamning kelib chiqishi va jinsiy tanlanish»
1872 – «Odam va hayvonda xis-tuyg’ularning ifodalanishi»
1875 – «Xasharotxo’r o’simliklar»
1876 – «O’simliklar olamida chetdan va o’z-o’zidan changlanishning ta’siri»
1877 – «Bir turga kiruvchi o’simliklar gullarining shakllarini turlicha
bo’lishi»
1879 – «Erazm Darvin hayoti»
1880 – «O’simliklarning harakatlanishga bo’lgan qobiliyatlari»
1881 – «Yomg’ir chuvalchanglarning faoliyati natijasida erda o’simlik
qoldiqli qatlamini xosil bo’lishi va ularning hayot kechirishi
ustidan kuzatishlar».
Ch.Darvin safardan qaytib kelgandan boshlab evolyutsion nazariya ustida ish boshladi. U Angliyadagi uy hayvonlari va o’simliklari to’g’risidagi ma’lumotlarni to’play boshladi. 1837 yili u evolyutsiya to’g’risidagi dastlabki fikrlarni qog’ozga tushiradi. Evolyutsion nazariyaning xomaki nusxasi 1839 yili, turlarning kelib chiqishi to’g’risidagi qoidalar esa 1842 yili tayyor bo’ladi. Ammo Ch.Darvin o’z asarini xali to’la emas deb hisoblaydi va yana tugalroq ishlamoqchi bo’ladi. U o’z niyati bilan Layel va Gukerni xabardor qiladi. U o’z asarini yana kattaroq xajmda yozmoqchi bo’lib, 1856 yili ish boshlaydi. 1858 yili 18 iyunda Malaziya arxipelagida ishlayotgan zoolog A.Uolles Darvinga o’z maqolasini yuboradi. Maqola bilan tanishgan Darvin o’zi o’ylab yurgan fikrlarni A.Uollesning shu maqolasida ko’radi. Shunda u Uollesning 20 betli maqolasini jurnalda e’lon qilmoqchi va uning evolyutsion ta’limotning I-avtori deb e’tirof qilmoqchi bo’ladi. Lekin Guker, Layel va boshqa olimlar Darvining qariyb 20 yil davomida ishlaganidan xabardor bo’lgani uchun, unga Uolles maqolasi bilan birga kichik ocherk bilan «Linney jamiyatida» ma’ruza qilishga ko’ndiradilar. Natidjada 1858 yil 1 iyulda bu axborotlar tinglanib, avgust oyida jamiyat jurnalida Uolles maqolasi va Darvinning ocherki e’lon qilinadi. Ch.Darvin ishini davom etirib o’z asarini yakunlaydi. 1859 yil 24 noyabrda «Tabiiy tanlanish yo’li bilan turlarning kelib chiqishi, yoki yashash uchun kurashda eng yaxshi moslashgan zotlarning saqlanib qolishi» nomli asosiy asari bosilib chiqdi. Kitob 1250 nusxada chiqqan bo’lsada, I-chi kuniyoq sotilib ketadi.
Asar asosan tabiiy tanlanishga bag’ishlangan bo’lib 15 bobdan iborat. Bu asarda Ch.Darvin o’zining evolyutsion ta’limotini asoslab beradi.Ch.Darvin 1-marta chorvadorlar va bog’bonlarning amaliy ishlari o’rganib, uni yovvoyi tabiatga tadbiq etib, eng qiyin masala, organik olam taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini ochishga erishdi. Darvin ta’limotini o’rganishda madaniy va yovvoyi turlarning evolyutsiyasini aloxida-aloxida ko’rib chiqish zarurdir.
a) Madaniy formalar evolyutsiyasi.
Ch.Davrin bu masalani o’rganar ekan, u xonakilashtirilgan xilma-xil uy hayvonlari zotlari (qoramolning – 400, qo’ylarning –350, otlarning –250, itlarning –150, tovuqning –150 dan ortiq) va madaniy o’simliklarning navlari inson ta’sirida borgan evolyutsiya natijasida ekanligiga ishonch xosil qildi.

  • O’zgaruvchanlik. Ch.Darvin xonakilashtirilgan formalar evolyutsiyasini o’rganar ekan, o’zgaruvchanlik xodisasiga e’tibor berdi. U tashqi muhit ta’sirida zot va navlar ichida individlar orasida turli xil farqlar bo’lishini ko’radi. Darvinning fikricha bir muhitning o’zi turli individlarga turlicha ta’sir qiladi, buning sababi organizm tabiatiga va tabiiy sharoitga bog’liq. Darvin 3 xil shakldagi o’zgaruvchanlikni ajratadi: muayan (yalpi) o’zgaruvchanlik, nomuayan o’zgaruvchanlik va korrelyativ (nisbiy) o’zgaruvchanlik.

Ch.Darvin turli hayvonlarni kelib chiqishini taxlil qilib, ularning yagona yovvoyi ajdodlardan kelib chiqishini isbotlashga harakat qiladi (m-n: tovuq zotlari –yovvoyi bankiv tovug’idan; xonaki kaptar-yovvoyi qoya kaptardan; quyon zotlari –Evropa yovvoyi quyonidan, karamlar –yovvoyi karamdan;)

  • Sun’iy tanlash. Ch.Darvin fikricha xonakilashtirilgan zot va navlarning kelib chiqishi sun’iy tanlash ishtirokida boradi. Sun’iy tanlashning 2 xil formasi bor: metodik tanlash (m-n; qoramolning sersut zotlari yaratilishi), ongsiz tanlash (o’zi bilmagan xolda) yaxshi nav zotlari saqlab qolishga yordam berish.


Yüklə 95,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin