Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: «Zoologiya falsafasi»


Mavzu bo’yicha mustaqil ish topshiriqlari



Yüklə 95,71 Kb.
səhifə7/9
tarix28.03.2023
ölçüsü95,71 Kb.
#90735
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-амалий

Mavzu bo’yicha mustaqil ish topshiriqlari:

  1. Populyatsiya arealining katta-kichikligi nimaga bog’liq? Javobingizni misollar bilan izohlang.

  2. Geografik populyatsiyalarga misollar keltiring.

  3. Dastarboshning turli populyatsiyalarini solishtirib, nima uchun shu holat kuzatilganini izohlang. 13: (6.2- rasm).

  4. Qaysi populyatsiya tanlash jarayoni uchun ko’proq material beradi?



Mavzu:Tur-evolyutsion jarayonning asosiy bosqishi
Reja
1.Tur tushunchasi. Tur mezonlari.
2.Tur tartibi. Kenja turlar.
3.Tur xosil bo’lishi yo’llari.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Turning tipologik, biologik va politipik konseptsiyalari, tur mezonlari, tur tarkibi, kenja tur, yarim turlar, adaptiv mikroevolyutsion o’zgarishlar, allopatrik tur xosil bo’lishi, geografik va biologik aloxidalanish, simpatrik tur xosil bo’lishi, jinsiy aloxidalanish, naslsizlik xodisasi, poliploidiya.
«Tur» so’zini 1-chi marta fanda qo’llagan olim Aristotel hisoblanadi. U o’xshash hayvonlarni harakterlash uchun ushbu atamani qo’llagan. Aristotel usha paytda 500 ortiq hayvonlar, Teofrast esa 450 ortiq o’simliklar turini ko’rsatib o’tishgan. Turga to’liq tarif berish D.Rey (XVI) va K.Liney (XVII) ishlarida uchraydi.
D.Rey: «Morfologik jixatdan o’xshash, o’z o’xshashligini naslda saqlovchi organizmlarning eng kichik to’plami tur deb ataladi».
K.Liney: «O’zaro qarindosh, tuzilishi jixatdan o’xshash, urchiganda uzluksiz o’ziga o’xshash nasl xosil qiluvchi organizmlar guruhi-tur». Tabiatda turlar real va turg’un. Rivojlanish yo’q. U turning morfologik va fiziologik mezonlarini ko’rsatadi, turning chegaralanganligini tan oladi.
J.B.Lamark: «Turlar yo’q, ular inson tassavuri maxsulidir, tabiatda individlar bor»
Ch.Darvin: «Turlar real suratda mavjud, nisbatan doimiy va tarixiy rivojlanish natijasidir».
XX asr boshida tur to’g’risida tipologik (monotipik) kontsepsiyasi keng rivojlanadi. Bu kontseptsiyaga asosan tur morfologik jixatdan o’xshash bo’lgan individlar yig’indisiga aytiladi (Rigan, Kronkvist, Bodri va x.o.).
1930 yillarda turning biologik kontseptsiyasi (Vavilov, Dj.Klauzen) yaratildi. Bu kontseptsiyaga ko’ra tur-murakkab genetik tizimga ega. Boshqa turdan aloxidalashganligi bilan farqlanadi.
Xozirgi kunda turning politipik kontseptsiyasi kengrok tarqalgan.
Rus olimlari Yablokov, Yusufov (1989):
Tur-umumiy morfofizologik belgilarga ega bo’lgan va o’zaro chatisha oladigan individlar to’plami bo’lib, ular populyatsiyalar tizimini tashkil etib, umumiy arealga va irsiy jixatdan turg’unlikka egadir.
V.Grant (1984):
Tur-populyatsiyalar sistemasidan iborat bo’lib, makon va zamonda qator avlodlar tizimini tashkil qiladi, o’z evolyutsion rivojlanish tarixiga egadir.
N.Grin, U.Staut, D.Teylor (1990):
Tur – o’zaro chatisha oladigan va nasl koldira oladigan individlar guruhi;

  • kariotipiga ko’ra juda o’xshash individlar guruhi;

  • yagona strukturaviy va funktsional belgilarga ega bo’lgan individlar guruhidir.

Tur mezonlari. K.M.Zavadskiy (1968) 10 ortiq belgilarni keltiradi:
soni, genetik birligi, diskretligi, yashash muhiti, areali, tarixiyligi, turg’unligi va x.o.
Xozirgi kunda:

  • morfologik mezon.

  • fiziologik – bioximiyaviy mezonlar.

  • ekologo-geografik mezon.

  • genetik mezon ajratiladi.

Morfologik mezon D.Rey va K.Linney davridan boshlanib, individlarni morfologo – anatomik tomondan taxlil qilishga asoslangan. Masalan: beda turkumiga kiruvchi Medicado tianchanica va M. sativa turlari bir biridan o’simlik bo’yi, shoxlanishi, barglari katta-kichchikligi, gullari soni, rangi, mevasi va urug’lar tuzilishi bilan farqlanadi. Ayrim xollarda, ayrim turlar tashqi tomondan o’xshash bo’lsada, ichki tuzilishi bilan keskin farqlanadi.
Fiziologik – bioximiyaviy mezon shu tur organimlar uchun mansub bo’lgan fiziologik tomonlarga, ayniqsa ko’payish jarayonining bir-biridan aloxidalashganligi bilan farq qiladi. Shuningdek organizm tarkibidagi oqsil va nuklein kislotalarni tadqiq etish turlarni ajratishda qo’l kelmokda.
Ekologo-geografik mezon har bir turni ma’lum arealga ega bo’lishi xossasiga asoslanadi. Arealning katta kichikligi, uzviyligi va tashqi xossalari turni aniqlashda foydalaniladi.
Genetik mezon har bir turga kiruvchi organizmlar mustaqil genomga, kariotipga, xromosomalar soniga ega ekanligiga asoslanib, turni ajratishda asosiy mezon hisoblanadi.
Tur ichidagi individlar ma’lum belgilari bilan tabaqalashgan bo’ladi. Bu tabaqalanish tur ichidagi polimorfizmga sababchi bo’lib, u fiziologik, jinsiy, yosh, ekologik, geografik farqlar asosida kelib chiqadi.
Turlarni kompleks jixatdan o’rganish ularning strukturasini tadqiq etish imkoniyatini beradi. Xozirgi kunda, ko’p olimlar Baranov va Zavadskiylar taklif etgan tur strukturasini tan olmoqdalar.
Tur tarkibi:
Baranov (1986) quyidagi bo’g’inlarni ajratadi:

individ oila dema populyatsiya yarim tur tur
K.Zavadskiy (1967) bo’yicha:

individ biotip morfo-biologik grux ekoelement maxaliy populyatsiya ekotip kenja tur yarim tur tur

Bu tizimlarga ko’ra turni boshlang’ich struktura elementi maxalliy populyatsiyadir. Maxaliy populyatsiya deyilganda, ma’lum teritoriyani egallagan, o’zidan-o’zi ko’paya oladigan, nisbatan aloxidalashgan individlar majmuasiga aytiladi. Maxaliy populyatsiya turning asosiy birligi hisoblanib, ozmi-ko’pmi aloxidalashgan bo’ladi.


Turga kiruvchi populyatsiyalar arealning turli joyida joylashganiga qarab bir-biridan farqlanadi. Bu masofa qancha uzoqroq bo’lsa, bu farq shunga ko’proq bo’ladi. Bu xodisasiga geografik o’zgaruvchalik deyiladi. U ko’p jixatdan muhit sharoiti ta’sirida kelib chiqadi va geografik irqlarni keltirib chiqaradi. Bu irqlar kelajakda kenja turlarni xosil qiladi.
E.Mayr: «Tur joylashgan arealning ma’lum qismini egallangan, muayan turning boshqa populyatsiyalardan farq qiladigan o’xshash fenotiplar yig’indisi kenja turni tashkil qiladi».Demak kenja tur muayan turdan farq kiluvchi populyatsiyalardan tashkil topgan bo’ladi. Allopatrik tur xosil bo’lishini izohlay oladi.Simpatik tur xosil bo’lishini asosida aloxidalanish xususiyati yotganligini ko’rsata biladi. Har qanday evolyutsiya jarayonining asosiy natijasi tabiiy tanlanish tufayli yuzaga keladigan va takomillashgan moslanishlardan iborat. Binobarin, tur xosil bo’lishi ham populyatsiyaning tabiiy tanlanish ishtirokida moslashgan transformatsiyasidir. Tur xosil bo’lishi populyatsiya va tur doirasida vujudga kelgan xususiy, adaptiv mikroevolyutsion o’zgarishlar asosida tarkib topgan mikroevolyutsiya jarayonidir. Tur xosil bo’lishining quyidigi xillari ajratiladi:
1) allopatrik (geografik) tur xosil bo’lishi (allos-boshqa, patris-vatan). Oldin geografik aloxidalanish, keyinchalik biologik aloxidalanish hisobiga tur xosil bo’ladi. Bu asta-sekin ro’y boradigan jarayonidir.
Masalan: chittak turlari, g’o’za avlodi turlari xosil bo’lishi.
2) simpatrik tur xosil bo’lishi (sym-birgalikda) Bir tur areali ichida 2-chi tur xosil bo’lishi kuzatiladi. U quyidagi yo’llar bilan amalga oshadi;
a) jinsiy jixatdan aloxidalanish, bu ko’p jixatdan reproduktiv sistemaning aloxidalashganligi bilan izohlanadi.
F.G.Dobjanskiy quyidagi aloxidalashish mexanizmlarini keltiradi:

  • mavsumiy aloxidalanish –gullash muddatlari har xil bo’lishi.

  • ekologik aloxidalanish – turli sharoitni talab qilishi.

  • xulk-atvorida aloxidalanish – baliqlar, qushlarda.

  • mexanik aloxidalanish –gullining o’ziga xos tuzilishi, aloxida xasharotlar bilan changlanishi

  • naslsizlik xodisasi – qo’shilsa F1 va boshqa avlodlarda nasl bermasligi.

b) xromosomalar soni o’zgarishi (poliplodiya) tufayli
v) Duragaylash (tabiiy chatishish orqali xromosomalar soni ikki xissa ortgan) orqali. Xozirgi kunda su’niy yo’l bilan poliploid formalar olingan.
Shuni aytish keraki, simpatrik usulda yangi tur tezda xosil bo’lsa, allopatrik usulda tur xosil bo’lishi uchun uzoq vaqt talab qilinadi. Ikkinchi tomondan xosil bo’lgan yangi tur morfo-fiziologik belgilari bilan ajdod turga yaqin turadi.
NAZORAT SAVOLLARI:
1. Turning asosiy birligi deb ……………………….. aytiladi.
a) individlarga
v) oilalarga
s) demalarga
d) populyatsiyalarga
e) kenja turlarga.

2.Allopatrik tur xosil bo’lishi?


a) ekologik aloxidalanish tufayli
v) mexaniq aloxidalanish tufayli
s) avval geografik aloxidalanish, keyin biologik aloxidalanish bilan
d) duragaylash tufayli
e) turli vaqtda gullashi tufayli
3. Simpatrik tur xosil bo’lishi?
a) geografik jixatdan aloxidalanish tufayli
v) tabiiy sharoit o’zgarish tufayli
s) tur areali ichida jinsiy aloxidalanish tufayli, xromosomalar
soni o’zgarishi bilan, mavsumiy aloxidalanish tufayli
d) jinsiy jixatdan yaqin emas organizmlarning paydo bo’lishi
tufayli
e) tabiiy ofatlar natijasi sifatida eski turlarining qiri-
lib ketishi sababli
4.Poliploidiyada …………..kuzatiladi.
a) xromosomalar soni o’zgarishi.
v) genlar soni o’zgarishi
s) individlar soni o’zgarishi
d) genlar sonini ko’p marta o’zgarishi
e) genlar sonini oshishi.

Yüklə 95,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin