Reja: О‘zbekistonning davlat mustaqilligi tomon yо‘l tutishi. О‘zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi va umumxalq tomonidan ma’qullanishi



Yüklə 26,63 Kb.
səhifə1/4
tarix17.06.2023
ölçüsü26,63 Kb.
#131802
  1   2   3   4
ozb tarx must

MAVZU: О‘zbekiston respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.

Reja:

1.О‘zbekistonning davlat mustaqilligi tomon yо‘l tutishi.

2.О‘zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi va umumxalq tomonidan ma’qullanishi.

3.Mustaqil О‘zbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida Islom Karimovning о‘rni va roli.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi, Ittifoqdagi vaziyatni oldindan ko`ra bilganligi va unga to`g`ri baho bera olganligi, shunda ko`rinadiki, SSSR tarkibiga kiritilgan respublikalar ichida birinchilardan bo`lib u 1990 yil 20 iyunda " Mustaqillik deklaratsiyasi"ni qabul qildi. O`sha davrda Ittifoqni tish-tirnog`i bilan saqlab qolishga intilayotgan qora kuchlar milliy nizolarni avj oldirish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solgan. Buning misoli sifatida Farg`ona bilan Oshdagi voqealarni keltirishimiz mumkin. O`zbekistonni Mustaqilligining e'lon qilinishi va uning tinchliksevar mamlakatlar tomonidan tan olinib qo`llab-quvvatlanganligi O`zbekistonning tinch yo`l bilan o`z huquqini mustahkamlab olishida juda katta yordam berdi.


O`zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishida, avvalo, 1990 yil 24 mart kuni Sobiq Ittifoq respublikalari ichida birinchi bo`lib Prezidentlik lavozimining joriy etilishi muhim ahamiyatga egadir. O`zbekiston Respublikasida Prezidentlik lavozimining joriy etilishi mustaqillik g`oyalarini tezkorlik bilan amalga oshishi uchun shart-sharoitlar yaratib berdi. O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan 1990 yil 20 iyunda Oliy Kengash yig`ilishi chaqirilib, "Mustaqillik Deklaratsiya"si qabul qilindi. Bu hujjatning tarixiy ahamiyati shundan iboratki, u o`zbek davlatchiligi tarixidagi birinchi tinch yo`l bilan o`z taqdirini o`zi belgilash huquqi to`g`risidagi hujjat edi. Unga ko`ra, o`zbek xalqi davlat boshqaruvida har bir millatning o`z taqdirini o`zi belgilash huquqini va farovon hayot kechirishini ta'minlashni oliy maqsad deb o`z zimmasiga olgan holda, xalqaro huquq qoidalariga asoslanib o`zining "Mustaqillik Deklaratsiya"sini e'lon qildi. Va bundan buyon O`zbekiston o`zining tashqi munosabatlarida, davlat hokimiyati masalalarini hal etishda tanho hokimligini, uning chegaralari va hududi daxlsiz ekanligi, o`z taraqqiyot yo`lini, o`z nomini, davlat ramzlarini (gerb, bayroq, madhiya) o`zi ta'sis etishi va demokratik huquqiy davlat tashkil topganligini butun dunyoga ma'lum qildi.
O`zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma'rifiy yangilanish istiqbollari rejalarini belgilab berdi. Batamom mustaqillikni qo`lga kiritish uchun ma'lum bir vaqt talab qilinar edi. Chunki Sobiq Ittifoq markazida bunga qarshi juda katta kuchlar tayyor bo`lib turar edi. Mana shunday og`ir bir vaziyatda: "taqdir I.A.Karimov zimmasiga jamiyatning murakkab ichki va tashqi siyosiy sharoitlarida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va davlat huquqi masalalarini hal qilishga da'vat etilgan, uning qayta o`zgartiruvchisi bo`lishdek nihoyatda og`ir vazifani yukladi. Shunday vaziyatda ham I.A.Karimov o`zini buyuk rahbar sifatida ko`rsatdi."[1][16]
Davlat va jamiyat hayotidagi muammolarni tezkorlik bilan hal etish kechiktirib bo`lmas ahamiyatga ega edi. Chunki o`sha vaqtlarda SSSRning taqdiri hal bo`layotgan edi. "markaz" rahbarlari xalqni har xil siyosiy yo`llar va kuch bilan qo`rqitib, Ittifoqni saqlab qolishga harakat qilayotgan edilar. O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi, Ittifoqdagi vaziyatni oldindan ko`ra bilganligi va unga to`g`ri baho bera olganligi, shunda ko`rinadiki, SSSR tarkibiga kiritilgan respublikalar ichida birinchilardan bo`lib u 1990 yil 20 iyunda "O`zbekiston Respublikasining Mustaqillik deklaratsiyasi"ni qabul qildi. O`sha davrda Ittifoqni tish-tirnog`i bilan saqlab qolishga intilayotgan qora kuchlar milliy nizolarni avj oldirish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solgan. Buning misoli sifatida Farg`ona bilan Oshdagi voqealarni keltirishimiz mumkin.
Shunga qaramasdan 1991 yil 31 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining sessiyasi chaqirilib, "Davlat Mustaqilligi to`g`risida Oliy Kengash Bayonot"i e'lon qilindi: "O`tmishdan saboq chiqarib Ittifoqning siyosiy hamda ijtimoiy hayotidagi o`zgarishlarni e'tiborga olib, xalqaro-huquqiy hujjatlarda qayd etilgan o`z taqdirini o`zi belgilash huquqiga asoslanib, O`zbekiston xalqlarining taqdiri uchun butun mas'uliyatni anglab, shaxsning huquq va erkinliklari, mustaqil davlatlar o`rtasida chegaralarning buzilmasligi to`g`risidagi Xelsinki shartnomalariga qat'iy sadoqatni bayon etib, millati, diniy e'tiqodi va ijtimoiy mansubligidan qat'iy nazar, respublika hududida yashovchi har biri kishining munosib hayot kechirishini sha'ni va qadr-qimmatini ta'minlaydigan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat barpo etishga intilib, "Mustaqillik Deklaratsiya"sini amalga oshira borib, O`zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O`zbekistonning davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat – O`zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e'lon qildi".[2][17]
Shu kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi O`zbekiston Respublikasining "Mustaqillik Deklaratsiyasi"ga va "Davlat mustaqilligi to`g`risidagi Oliy Kengash Bayonoti"ga asoslanib, "O`zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida"gi konstitutsiyaviy qonunni qabul qildi. Ushbu qonun O`zbekistonning davlat mustaqilligiga erishganligini uzil-kesil mustahkamladi. Unda, jumladan "O`zbekiston Respublikasi o`z tarkibidagi Qoraqalpog`iston Respublikasi bilan birga, mustaqil demokratik davlatdir" deyiladi. Ushbu qonunda O`zbekiston Respublikasi xalqining severenligi, davlat hokimiyati uning xohish-irodasiga muvofiq vakillik organlari tizimi orqali amalga oshirilishi, hududi va chegaralari daxlsiz va bo`linmasligi, u O`zbekiston xalqining roziligisiz o`zgartirilishi mumkin emasligi prinsiplari mustahkamlandi. Shuningdek, davlat hokimiyati idoralarining tizimi, hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo`linishi tartibiga asoslanishi belgilab berildi. O`zbekiston Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, Milliy gvardiya va muqobil xizmatni tashkil etish mustaqil davlatning asosiy belgisi sifatidagi huquqi ekanligi ko`rsatildi. Uning hududidagi barcha moddiy va ma'naviy boyliklar umummilliy boylik ekanligi, ishlab chiqarish vositalari va boshqa noishlab chiqarish fondlari, transport, aloqa va energetika tizimlari respublika mulkidir, deb mustahkamlandi. Dastlabki bozor munosabatlarini rivojlantirishda mulk shakllari bundan buyon to`liq takomillashtirilishi va buning tegishli qonunlar asosida kafolatlanishi belgilab berildi. Chet davlatlar bilan diplomatik, konsullik, savdo aloqalari, muxtor vakillar bilan ayriboshlash, xalqaro shartnomalar tuzish, xalqaro tashkilotlarga a'zo bo`lish uning ajralmas huquqidir deb ko`rsatildi. Shular bilan birga, O`zbekiston Respublikasi o`z hududida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlarni rivojlantirish va tartibga solishda inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga muvofiq, inson qadr-qimmati ulug`lanishini doimo nazarda tutishini, o`z taraqqiyot yo`lini, o`z davlat ramzlari va davlat tilini o`zi belgilashini deb e'lon qildi.
SSSR tanazzulga uchragach, O'zbekiston rahbariyati davlat mustaqilligini to'la o'z qo'liga olishga kirishdi.1991— yil 25-avgustda O'zbekiston Prezidentining farmoni e'lon qilindi. Farmonga binoan, Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi Qo'mitasi O'zbekiston SSRning qonuniy tasarmfiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo'shinlari bevosita O'zbekiston Prezidentiga bo'ysundirildi. Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik Qo'mitasi, prokuraturasi va adliya organlari, shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qo'sbinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo'shilmalari partiyadan butunlay xalos qilindi.
O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov Oliy Kengash Rayosa-tiga juda qisqa muddatda respublikaning davlat mustaqilligi to'g'risidagi qonun loyihasini tayyorlash va uni Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etishni taklif qildi. Oliy Kengash 1991— yil 26-avgust kuni O'zbekistonning davlat mustaqilligi to'g'risida qonun loyihasini tayyorlash haqida va 31-avgustda Oliy Kengashning navbatdan tashqari VI sessiyasini cha-qirishga qaror qildi.
1991— yil 28-avgust kuni O'zbekiston Kompartiyasi MQ va Markaziy nazorat komissiyasining qo'shma plenumi bo'lib o'tdi. Plenumda Prezident I.Karimovning SSSRda 19-21-avgust kunlari sodir bo'lgan fojiali voqealar va respublika partiya tashkilotlarining vazifalari to'g'risidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi. Plenum Respublika Kompartiyasining KPSS MQ bilan har qanday aloqalarni to'xtatishga, KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga, uning markaziy organlaridagi o'z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.
1991— yil 31-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari tarixiy oltinchi sessiyasi bo'lib o'tdi. Sessiyada O'zbekiston Prezidenti I.Karimov nutq so'zlab, sobiq Ittifoqda so'ngi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni, davlat to'ntarishiga urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular O'zbekiston taqdiriga, xalqimiz tarixiga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qildi va uni mustaqillik to'g'risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif qildi.
Sessiyada "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to'g'risidagi Oliy Kengash Bayonoti" qabul qilindi. Bayonotda bunday deyilgan edi:
"Mustaqillik deklaratsiyasini amalga oshira borib, O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O'zbekistonning Davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat - O'zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e'lon qiladi".
Oliy Kengash sessiyasida "O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qilish to'g'risida" qaror qabul qilindi.

Yüklə 26,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin