Hozirgi zamon sanoat korxonalarini, qurilish inshootlarini u yoki bu xildagi yuk ko‘tarish, yuk tashish mashinalari yoki moslamalarisiz tasavvur qilish qiyin. Korxonalarning yuqori unum bilan ishlashida, shu korxonada qo‘llanilayotgan yuk ko‘tarish yoki yuk tashish mashinalarining to‘g‘ri tanlanganligi katta ahamiyatga ega.
Hozirgi zamon yuk ko‘tarish va yuk tashish mashinalari katta tezliklarda ishlay oladi, yuk ko‘tarish qobiliyati katta bo‘lib, bu uzoq muddatli rivojlanishning mahsulidir.
Ota-bobolarimiz qadim zamonlarda og‘ir yuklarni yuqoriga ko‘tarish va biror masofaga siljitish bilan bog‘liq bo‘lgan katta- katta qurilish inshootlarini barpo etganlar. Masalan, Misrdagi Xeops piramidasining balandligi 147 m bo‘lib, uni qurishda o‘lchami 9*2*2 m, massasi 90 tonna bo‘lgan g‘ishtlardan foy- dalanilgan. Qurilish 20 yil davom etgan. Qurilishda bir vaqtning o‘zida 100 minglab odamlar ishlagan. Og‘ir yuklarni ko‘tarish, tashishda eng avval katoklar, richaglar va qiya tekisliklardan foydalanilgan.
Sharqning buyuk allomasi Ibn Sino o‘zining «Aql tarozusi» nomli risolasida chig‘irlar va richaglarni hisoblash usullari to‘g‘risida ma’lumot keltirgan.
XIV va XV asrlardan boshlab tishli g‘ildirakli va chervyakli uzatmali chig‘irlardan foydalanila boshlangan.
Keyinchalik hozirgi zamon kranlariga o‘xshash kranlar qurila boshlagan. Bu kranlar asosan yog‘och materialdan tayyorlangan bo‘lib, ilgak va bloklar po‘lat materialdan tayyor- langan.
XIX asrning 20-yillarida bug‘ bilan ishlaydigan dvigatel yaratilgan. 1860-yilda bug‘ dvigateli bilan ishlaydigan kran
3
qurilgan. XIX asrning 80-yillariga kelib elektr dvigatel bilan ishlaydigan kranlar qurila boshlagan.
Uzoq muddat yuk ko‘tarish va yuk tashish mashinalarini qurish va ularni ishlatishdagi tajribalarni umumlashtirgan qo‘llanmalar bo‘lmagan.
Rossiyada 1870-yilda professor N.A. Vishnegradskiy tomo- nidan yuk ko‘tarish mashinalari kursi, 1882-yilda professor M.N. Petrov tomonidan og‘ir yuklarni ko‘tarish tajribalari umumlashtirilgan darslik yaratilgan.
XX asr o‘rtalariga kelib, ikkinchi jahon urushidan so‘ng, yuk ko‘tarish va yuk tashish mashinasozligini tezlik bilan ri- vojlantirish uchun qulay sharoit yaratildi. Yuk ko‘tarish, yuk tashish mashinalari ishlab chiqaradigan maxsus zavodlar qurildi. Yuk ko‘tarish va yuk tashish mashinalarini loyihalash va ularni ishlatishdagi tajribalarni umumlashtirish bilan shug‘ullanadigan ilmiy-tadqiqot institutlari tashkil qilindi.
Hozirgi davr injener-texnik xodimlari albatta yuk ko‘tarish va yuk tashish mashinalarining tuzilishi, ishlash prinsipi, ularni hisoblash, loyihalash usullari bilan yaxshi tanish bo‘lishlari ke- rak. Bunda ularga yuk ko‘tarish va yuk tashish mashinalari kursi bo‘yicha yaratilgan darsliklar katta yordam beradi.