Murakkab yuk ko‘tarish mashinalari
Murakkab yuk ko‘tarish mashinalari (konstruksiyasi va ba- jaradigan vazifasi bir-biridan farq qiladigan, yetarli
darajada murakkab tuzilgan, yuk ko‘taruvchanlik qobiliyati katta bo‘lgan, universal yuk ko‘tarish mashinalari)
kranlar deyiladi.
Har qanday kran: metallkonstruksiya; ko‘tarish
mexanizmi; siljitish mexanizmi;
kranni aylantirish mexanizmi; kran qu- lochini o‘zgartirish mexanizmi va boshqa mexanizmlardan tashkil topgan bo‘ladi.
Kranlar donali yuklarni va sochiluvchan yuklarni ko‘tarishda ishlatiladi. Konstruksiyasining tuzilishi bo‘yicha kranlar stre- lasimon — strelali kranlar va ko‘priksimon — ko‘prikli kranlar deb ataluvchi guruhlarga bo‘linadi.