N. O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Yuk ko‘tarish mashinalarining ish rejimi



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə7/58
tarix16.12.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#181579
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   58
KO‘TARISH, TRANSPORT majmua

2. Yuk ko‘tarish mashinalarining ish rejimi
Davriy ishlaydigan mashinalarda turli mexanizmlar ish sha- roitining o‘zgarishini ifodalash uchun ish rejimi degan tushun- cha kiritilgan.
Yuk ko‘tarish mashinalarining ish rejimini aniqlash uchun bir necha omillar hisobga olinadi: ya’ni, mexanizmlarni yil

15-rasm. Kabelli kran sxemasi:
1 — ustun tayanch; 2 — arqon; 3 — aravacha.
16
bo‘yi ishlatish koeffitsienti, mexanizmlarning kun davomida ishlatish koeffitsienti, mexanizm motorining nisbiy ulanish da- vomiyligi.
Mexanizmlar asbob-uskunalarining ish rejimini aniqlash uchun yuqoridagi omillardan tashqari, tashqi muhit harora- tining ta’siri, shuningdek mexanizmni bir soat davomida yurgizishlar sonini hisobga olish kerak.
Davlat texnika nazorati qoidalariga binoan yuk ko‘tarish ma- shinalarida quyidagi ish rejimlari belgilangan: dastaki yuritmali mashinalar uchun (D); mashina yuritmali mexanizmlar uchun yengil — (Ye); o‘rta (0‘); og‘ir (O) va o‘ta og‘ir (O‘O).
Har bir mexanizmning ish rejimi asosiy yuk ko‘tarish me- xanizmi uchun belgilangan bo‘ladi. Kran metall-kon- struksiyalarini hisoblashda ham shu ish rejimlariga rioya qilinadi.
Dastaki yuritmali kranlar ko‘p tanaffuslar bilan ishlaydi va harakatlanish tezligi kichikligi bilan ajralib turadi. Odatda, bunday ish rejimi yordamchi yuk ko‘tarish mexanizmlariga xos bo‘ladi.
Yengil (Ye) rejimda kran ko‘p tanaffuslar bilan, kamdan kam nominal yuklar bilan ishlaydi, harakatlanish tezligi kichik, bir soatda elektr motorni ishga tushirish soni kamligi va ulanish davomiyligining kichikligi bilan xarakterlanadi. Bunday rejim ta’mirlash-mexanika sexlarida ishlaydigan ko‘prikli kranlar va elektrostansiyalarning mashina zallarida ishlaydigan kranlarning mexanizmlariga xos.
O‘rta (0‘) rejim — turli massali yuklar bilan ishlash, o‘rtacha harakatlanish tezligi va motorning o‘rtacha ulanish davomiyligi bilan xarakterlanadi. Bu rejim, o‘rta seriyali ishlab chiqarishning mexanika-yig‘uv sexlarida va ta’mirlash-mexanika sexlarida ishlaydigan ko‘prikli kranlarga xosdir.
Og‘ir (O) rejim — doimiy yuklar bilan ishlash (nominal qiymatga yaqin massali), katta harakatlanish tezligi, bir soatda elektr motorni ishga tushirish sonining kattaligi va yuqori ula­nish davomiyligi bilan xarakterlanadi. Bu rejim yirik seriyali ishlab chiqarishda, mexanika-yig‘uv sexlarida va ta’mirlash-me­xanika sexlarida ishlaydigan ko‘prikli kranlarga xos.
2— Ko‘tarish, transport mashinalari 17
O‘ta og‘ir (0‘0) rejim — doimiy yuklar bilan ishlash (nominal qiymatga yaqin massali), katta harakatlanish tezligi, bir soatda elektr motorni ishga tushirish sonining kattaligi va yuqori ula- nish davomiyligi bilan xarakterlanadi. Bu rejim yirik seriyali ishlab chiqarishning texnologik sexlarida va omborlarida ishlaydigan ko‘prikli kranlarning barcha mexanizmlariga xosdir.
Elektr asbob-uskunalar va yuk ko‘tarish mashinalari mexa- nizmlarining ish rejimi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi (1-jadval):
1-jadval

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin