"Yangi O'zbekiston – xalqchil va insonparvar, adolatli davlatdir"



Yüklə 77,5 Kb.
səhifə1/4
tarix20.06.2023
ölçüsü77,5 Kb.
#133281
  1   2   3   4
Mavzu


Mavzu: “Yangi O'zbekiston xalqchil va insonparvar davlat” g'oyasini amalga oshirish.
Reja:

  1. "Yangi O'zbekiston – xalqchil va insonparvar, adolatli davlatdir"

  2. Yangi O‘zbekistonda xalqchil va insonparvar davlat qurish



"Yangi O'zbekiston – xalqchil va insonparvar, adolatli davlatdir. Yangi O'zbekiston – mustahkam qonunchilik, ijro va śud hokimiyati, fuqarolik jamiyati institutlari samarali faoliyat ko'rsatadigan, “Davlat – xalq xizmatchisi” tamoyili amal qiladigan, demokratik davlatdir. Shu munosabat bilan “Xalqchil davlat” milliy dasturi, Xalq qabulxonalariga konstitutsiyaviy maqom berish va ularning faoliyati to'g'risida alohida qonun ishlab chiqish vaqti keldi.
Shuningdek, “O'zbekiston Respublikasi qonunchiligini rivojlantirish konsepsiyasi”ni tayyorlash ham davr taqozosidir. Milliy taraqqiyotimizning bugungi yangi bosqichida ixcham, professional, xalqimiz talablariga javob beradigan, adolatli, yuqori natijadorlikka xizmat qiladigan davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, muhim vazifa bo'lib turibdi.
Bu borada o'tgan davrda yetarli tajriba to'pladik va kelgusida quyidagi tashkiliy-huquqiy tadbirlarni amalga oshiramiz.
Birinchidan, mahalla – tom ma'noda jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch bo'g'iniga aylanishi uchun barcha sharoitlarni yaratamiz.
Shu maqsadda, avvalo, mahalla tizimining huquq va vakolatlari kengaytiriladi, uni moliyalashtirish manbalari va tartibi takomillashtiriladi.
Bundan tashqari, mahallada fuqarolar uchun davlat va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish, davlat organlariga mahalladan turib murojaat qilish imkoniyati yaratiladi.
Ikkinchidan, tuman, shahar, viloyat vakillik va ijro hokimiyati tizimi qayta ko'rib chiqiladi.
Kelgusida, tuman va shahar kengashlarida kamida 2-3 nafar deputat doimiy asosda ishlaydigan tartib joriy etiladi. Ular muammolarni mahallabay o'rganib, yechimini Kengash muhokamasiga kiritadi.
Tuman va shahar hokimi lavozimiga nomzod tuman kengashida eng ko'p deputatlik o'rnini egallagan partiya guruhi tomonidan ilgari suriladi.
Bunda, nomzod hududni rivojlantirish bo'yicha o'z dasturini xalq vakillari oldida himoya qila olgan taqdirda, hokim lavozimiga tasdiqlanadi.
Bir qator ijtimoiy masalalar, jumladan, ichimlik va oqova suv, ichki yo'llar, boshqa infratuzilma ob'ektlarining qurilishi, bandlik dasturini tasdiqlash tuman va shahar kengashlari vakolatiga o'tkaziladi.
Kelgusi yildan 28 ta tuman va shaharda eksperiment tariqasida, hududni rivojlantirish va muammolarni hal qilish bo'yicha hokimliklarning vakolat va imkoniyatlari kengaytiriladi.
Endi, har bir hokimlik o'zining va hududiy ijro idoralarining shtat birligi va tuzilmalarini kengash bilan bamaslahat mustaqil belgilaydi.
Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'i to'lig'icha ushbu tuman va shaharlarda qoldiriladi.
Bundan tashqari, hududiy ijro idoralarining “vakolatlar reyestri” shakllantiriladi, takrorlanadigan 500dan ortiq funksiyalar maqbullashtiriladi.
2022 yildan boshlab bog'cha, maktab, sog'liqni saqlash ob'ektlarini qurish va ta'mirlashga ajratiladigan 4 trillion so'm mablag'ni taqsimlash vakolati, viloyatlarga beriladi.
Bundan buyon, Xalq ta'limi va Maktabgacha ta'lim vazirliklari o'qitish va tarbiya sifat́iga, mahalliy hokimliklar esa, qurilish-ta'mirlash ishlariga javob beradi".

Yüklə 77,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin