Ta’limga oid Microsoft xizmatlari .Microsoft 365 xizmatidan foydalanish
Boqiyeva Tojibar
Microsoft xizmatlaridan foydalanish shartnomasi
Bu shartlar (“Shartlar”) ushbu Shartlar oxirida bu yerda (https://www.microsoft.com/servicesagreement#serviceslist) (“Xizmatlar”) keltirilgan Microsoft mijoz mahsulotlari, veb-saytlari va xizmatlaridan foydalanishni oʻz ichiga oladi. Siz Microsoft hisobini yaratish, xizmatlardan foydalanish yoki ushbu shartlar o‘zgarishi haqida xabarnoma olganingizdan so‘ng xizmatlardan foydalanishingiz orqali ushbu shartlarni qabul qilgan hisoblanasiz.
Maxfiyligingiz
1. Maxfiyligingiz. Sizning maxfiyligingiz biz uchun muhim. Microsoft maxfiylik bayonnomasini (https://go.microsoft.com/fwlink/?LinkId=521839) ("Maxfiylik bayonnomasi") o‘qing, chunki u siz va qurilmalaringiz ("Ma’lumotlarni") hamda ma’lumotlaringizdan qanday foydalanayotganingiz haqidagi axborotni yig‘ish amaliyotimizni tushuntirib beradi. Maxfiylik bayonnomasi, shuningdek, boshqalar bilan bo‘lgan muloqotlaringizni; Xizmatlar orqali Microsoft kompaniyasiga yuborgan nashrlaringiz yoki fikrlaringizni; siz Xizmatlar orqali yuklaydigan, saqlaydigan yoki baham ko‘radigan fayllar, fotosuratlar, hujjatlar, audio, raqamli ishlar, translatsiyalar va videolardan ("Kontentingiz") Microsoft qay tarzda foydalanishini tavsiflab beradi. Ruxsat asosida ishlov berishda va qonunda belgilangan doirada, Xizmatlardan foydalanish yoki ushbu shartlarga rozi bo‘lish orqali siz Maxfiylik bayonnomasida tavsiflanganidek Kontentingiz va ma’lumotlaringizning Microsoft tomonidan to‘planishi, foydalanilishi va oshkor etilishiga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Ayrim hollarda, Maxfiylik bayonnomasida ko‘rsatilganidek, sizga alohida eslatma ko‘rsatamiz va roziligingizni so‘raymiz.
Kontentingiz
2. Kontentingiz. Ko'pgina xizmatlarimiz sizga kontentingizni saqlash yoki almashish hamda boshqalardan materiallarni qabul qilish imkonini beradi. Biz kontentlaringizga egalikni da’vo qilmaymiz. Kontentingiz faqat sizning kontentingiz bo'lib qoladi va uning uchun siz mas'ul bo'lasiz.
a. Kontentingizni boshqalar bilan ulashganingizda, kontentingizga Xizmatlarda kirishga ruxsat bergan maqsadlaringizda, sizga badal toʻlovlarisiz ular xalqaro doirada kontentingizdan foydalanish, saqlash, yozish, qayta chiqarish, translatsiya qilish, ko‘chirish, ulashish va aks ettirish imkoniga ega boʻlishlarini tushungan hisoblanasiz. Agarda boshqalarni ana shu imkoniyatlarga ega bo'lishini xohlamasangiz, kontentingizni almashish uchun Xizmatlardan foydalanmang. Ushbu Shartlar amal qilish davomida siz xizmatlarda yuklayotgan yoki almashayotgan kontentlarga barcha kerakli huquqlaringiz borligini (va bo‘lishligiga) tasdiqlaysiz va ushbu paragrafdagi aytilayotgan kontentdan foydalanish har qanday huquqni buzmasligiga kafolat berasiz. Microsoft kontentingizga egalik qilmaydi, boshqarmaydi, tasdiqlamaydi, uning uchun to'lamaydi, qo'llamaydi yoki aks yo'l bilan uning uchun hech qanday majburiyatni olmaydi va xizmatlardan foydalanib yuklagan, saqlagan yoki almashgan kontentingiz uchun javobgar bo'lmaydi.
b. Xizmatlarni sizga taqdim qilish doirasida, sizni va xizmatlarimizni himoya qilish uchun va Microsoft mahsulotlari hamda xizmatlarini yaxshilash uchun siz Microsoftga dunyo bo'ylab va bepul Kontentingizdan foydalanish huquqini bergan hisoblanasiz, xususan, Xizmatlar orqali nusxasini olish, ushlab qolish, uzatish, qayta shakllantirish, aks ettirish va tarqatish. Agar siz kontentingizni cheklovsiz Xizmatning onlayn sohalarida nashr qilsangiz, u Xizmatni targʻib etuvchi namoyishlarda yoki materiallarda paydo bo'lishi mumkin. Ayrim xizmatlar reklama bilan qo'llab-quvvatlanadi. Microsoft qanday qilib reklamalarni shaxsiylashtirishi bo'yicha boshqaruvlar haqida https://choice.live.com saytda ko'rishingiz mumkin. Biz sizga maqsadli reklama qilishimiz uchun elektron pochta, chat, video qo'ng'iroqlarda aytgan narsangiz yoki ovozli pochta, hujjatlar, rasmlar yoki boshqa shaxsiy fayllardan foydalanmaymiz. Reklamaga oid siyosatlarimiz Maxfiylik bayonnomasida batafsil keltirilgan.