Qisqa tutashuv toklarini hisoblash usullari. Elektr asbob uskuna parametrlarini tanlash yoki tekshirish shuningdek, rele muhofazasi va avtomatika ustanovkasini tanlash yoki tekshirish uchun qisqa tutashuv toklari hisoblanadi. Ko’pgina elektrostantsiya va podstantsiyalardan tashkil topgan elektroenergetika sistemasining hamma elementlarining haqiqiy ish rejimi va haqiqiy xarakteristikalarini hisobga olib qisqa tutashuvni hisoblash ancha murakkabdir. SHu bilan birga, amalda uchraydigan ko’pchilik masalalarni echish uchun hisoblashni osonlashtiruvchi va katta noaniqlik kiritmaydigan shartlar kiritish mumkin. Bu shartlar quyidagilar:
Hamma generatorlarning EYUK fazasi butun qisqa tutashuv jarayoni davomida o’zgarmaydi (generatorlarning tebranishi yo’q) deb qabul qilinadi:
Magnit sistemalarining to’yinishi hisobga olinmaydi. Bu hol qisqa tutashuv zanjiri va hamma elementlarning induktiv qarshiligini tok miqdoriga bog’liqmas va uni o’zgarmas deb hisoblash imkonini beradi.
Kuch transformatorlarining magnitlovchi toklari hisobga olinmaydi.
Maxsus hollardan tashqari erga qisqa tutashgan zanjir elementlarining sig’im o’tkazuvchanligi hisobga olinmaydi.
Uch fazali sistema simmetrik deb faraz qilinadi. Qisqa tutashuv tokiga yuklamaning ta’siri taxminan hisobga olinadi, qisqa tutashuv tokining kattaligini hisoblashda agar nisbati 3 dan katta bo’lsa, odatda, zanjirning aktiv qarshiligi hisobga olinmaydi, lekin qisqa tutashuv tokining aperiodik tashkil etuvchisining so’nish vaqti doimiysi aniqlashda aktiv qarshilikni hisobga olish lozim.
Qo’yilgan shartlar hisoblashni osonlashtirish bilan birga qisqa tutashuv tokining ma’lum miqdorda ortishiga olib keladi.
b) Ustanovkaning hisoblash sxemasi
Hisoblash sxemasi deganda elektroustanovkalarning hamma elementlari va ularning qisqa tutashuv tokining kattaligiga ta’sir etuvchi parametrlari ko’rsatilgan soddalashtirilgan bir chiziqli sxemasi tushuniladi, shuning uchun hisoblashlarda bu parametrlar nazarda tutilishi kerak.
Agar hisoblash faqat normal sxema uchungina bo’lmay balki asbob – uskuna elementlari (liniya generatorlar transformatorlar) qisman o’chiriladigan remont hajmi uchun ham bajarilsa u holda bu narsa hisoblash sxemasining ilovasida ko’rsatilishi shart.
Uch fazali zanjirning ushbu Unom, kV; I nom, A; S nom, MVA; x nom, Om parametrlariga ega bo’lgan elementidan biri (transformator, generator, reaktor)ni olamiz. Nominal parametrlar o’zaro quyidagi ma’lum nisbatlarda bog’langan:
(5.1)
Qisqa tutashuv rejimini o’z ichiga oladigan zanjirning shu elementi har qanday boshqa ish rejimining kuchlanishi toki quvvati va qarshiligi ning ma’lum miqdorlari bilan xarakterlanadi. Ularni ayni hol uchun baza elementi deb qabul qilingan shu elementning tegishli nominal parametrlari ulushlarida ifodalash mumkin:
(5.2)
SHunday qilib olingan kattaliklar zanjir elementining ishini berilgan sharoitlarda xarakterlovchi nisbiy nominal miqdorlar hisoblanadi. Nisbiy nominal qarshilik xnom uchun yuqorida keltirilgan ifodani o’zgartirish uchun xnom qiymatni (5.1) ifodadagi qiymatga almashtirish kerak. Unda:
(5.3)
Bundan shuni ko’rish mumkinki, nominal baza sharoitlarida zanjirning shu elementi qarshilig nominal tok o’tayotganidagi kuchlanishining pasayishini nominal kuchlanishga nisbati nisbiy qarshilikka teng. (5.3) dagi nominal tokni nominal quvvat va kuchlanish bilan almashtirib, quyidagini olamiz:
(5.4)
Tok, kuchlanish va boshqa parametrlarning nisbiy miqdorlarini faqat zanjirning berilgan elementining nominal miqdorlariga nisbatan aniqlabgina qolmay, balki miqdorlarning bazis sistemasi deb yuritiladigan va hisoblash asosiga qo’yilgan ixtiyoriy boshqa miqdorlarga nisbatan ham aniqlash mumkin. Ma’lumki, miqdorlarning bazis sistemasiga bazis quvvati , bazis kuchlanishni uch fazali sistema uchun quvvat ifodasi orqali bog’langan bazis toki, shuningdek bazis qarshilik kiritish mumkin. Bu holda ikkita bazis miqdorlarini ixtiyoriy berish mumkin. Odatda quvvat va kuchlanishni bazis qiymatini berib, ular orqali bazis tok va bazis qarshilik aniqlanadi.