Taqrizchilar: Sh.B. Merojova <> kafedrasi katta o’qituvchisi
Qalandarov A.D. <> kafedrasi o’qituvchisi
Matematika kafedrasi yig’ilishining _№ ____ majlisi bayonnomasi bilan tasdiqlangan.
Kafedra mudiri __________________ dost T.H. Rasulov
Ushbu uslubiy ko’rsatma Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti O’quv-uslubiy kengashi tavsiya qilingan (2007 yil 25-apreldagi 6-sonli bayonnoma) yo’riqnomaga asosan tuziladi.
1.Kurs ishining maqsad va vazifalari: Kurs ishlari ma’ruzalarda olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llanishining dastlabki bosqichi bo’lib hisoblanadi. Kurs ishi vositasida talabaning nazariy bilimlarini o’zlashtirish darajasini bilish, uning ilmiy ijodiy imkoniyatlarini baholash mumkin. Avvalo talaba kurs ishini tayyorlashda o’rganilgan nazariy imkoniyatlarini baholashi, o’z nuqtai nazarini erkin ifoda qila olishi lozim. Kurs ishida talabaning fanni qanday o’zlashtirayotganligini, ta’limdagiislohotlarining tub mohiyatini nechog’lik tushunib yetishi, mavjud muammolarning va mavzuga doir masalarning yechimi qanday bo’lishi to’g’risida fikr mulohazalarini bilish mumkin.
Kurs ishlarining maqsadi:
Talabalarning matematik analiz fanidan chuqur tahlil qilish mumkin qobiliyatini oshirish, tafakkurni chuqurlashtirish va kengaytirish
Fanning zamonaviy yutuqlari, muammolari, tadqiqit metodlaridan xabardor qilish
Fan bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish, olingan bilimlarni muayyan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy vazifalarni hal etishda qo’llash;
Ijodiy ishlash, ishlab chiqilayotgan masalaning (muammoning) qo’yilish jarayonidan boshlab, uni to’la nihoyasiga yetkazish bo’yicha qaror qabul qilishda bo’lga ma’suliyatni his qilishga o’rgatish;
Yangi axborot texnologiyalarini egallash, edagogik dasturiy vositalarni chuqur o’rganish, jamiyatni, shuningdek, ta’limni axborotlashtirilayotgan sharoitda ishlash uslublarini egallash.