BUXORO VILOYATI UMUMTА’LIM MАKTАBLАRIDА BUXORO DАVLАT UNIVERSITETI HАMKORLIK TАSHKIL ETISH TOʼGʼRISIDА SHАRTNOMА №_____ Buxoro shahri “_____”_______________2021 yil Nizom asosida faoliyat yuritayotgan Buxoro davlat universiteti, shartnomada “Universitet” deb nomlangan tomon nomidan rektor Xamidov Obidjon Xafizovich, bir tomondan va _____________________________________________
(korxona, tashkilot, muassasa nomi)
Buyurtmachi nomidan muassasa rahbari ___________________________
(F.I.O)
Nizomga rioya qilgan holda ikkinchi tomondan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son qarori bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda oliy taʼlim tizimini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlar Dasturi”, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-3151-sonli Qarori, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida PQ-3775-sonli Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida quyidagi kelishuvga erishdilar:
I. SHАRTNOMА MАZMUNI Shartnoma tuzuvchi tomonlar taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini samarali amalga oshirish uchun innovatsion-korporativ hamkorlik ishlarini yoʼlga qoʼyish mazkur shartnomaning predmeti sifatida belgilanadi.
II. SHАRTNOMАNING VАZIFАLАRI 2.1. Tomonlar shartnoma predmetidan kelib chiqib quyidagilarni asosiy vazifalar sifatida belgiladilar:
Oʼzbekistonda taʼlim tizimida fundamental va amaliy tadqiqotlar yutuqlarini amaliyotga joriy etish, tadqiqot markazlari, oʼquv-ilmiy laboratoriya markazlarini bosqichma-bosqich tashkil etish orqali oliy taʼlim va xalq xoʼjaligining boshqa tarmoqlari bilan oʼzaro integratsiyasini taʼminlash; yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini amalga oshirish hamda oliy taʼlim, ilm-fan va boshqa tarmoqlar tizimi oʼrtasidagi innovatsion hamkorlikni amalga oshirish, Oʼzbekiston taʼlim tizimining rivojlanish tendentsiyalarini oʼrganish boʼyicha qoʼshma loyihalar yaratish, ularning innovatsion natijalarini milliy iqtisodiyotni isloh qilish va boshqarish amaliyotiga tatbiq etish. Innovatsion hamkorlikning kelgusi istiqboldagi faoliyatini rivojlantirish va uning raqobatbardoshligini oshirishga zamin yaratuvchi dolzarb muammoli mavzular bankini yaratish va ushbu mavzular boʼyicha hamkorlikda tadqiqot olib borish, dolzarb muammoli mavzular boʼyicha ilmiy ishlar tayyorlash va nashr etish, seminar va konferentsiyalar tashkil etish, innovatsion mahsulotni yaratish va tatbiq etish boʼyicha birgalikda faoliyat yuritish hamda innovatsion guruhlarni shakllantirish, Universitet pedagog xodimlari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning taʼlim muassasalarida stajirovkasini hamda bakalavriat va magistraturada tahsil olayotgan talabalarning ishlab chiqarish va malakaviy amaliyotlarini tegishli xalq xoʼjaligi tarmoqlari va uning hududiy boʼlinmalarida oʼtishni tashkil etish, malakali kadrlar tayyorlash maqsadida oʼqitish jarayoniga jalb etish.
2.2. Tomonlarning koʼp qirrali innovatsion hamkorligi uzoq muddatli sherikchilik, tenglik va oʼzaro manfaatli munosabatlar tamoyillariga asoslanadi.