2-Mavzu: Ilmiy tadqiqot yo‘nalishini tanlash va ilmiy muammo. Tadqiqot olib borish jarayonini tashkil etish



Yüklə 157,67 Kb.
səhifə1/5
tarix17.09.2023
ölçüsü157,67 Kb.
#144692
  1   2   3   4   5
2-mavzu ma\'ruza matn


2-Mavzu: Ilmiy tadqiqot yo‘nalishini tanlash va ilmiy muammo. Tadqiqot olib borish jarayonini tashkil etish.
Reja:

  1. Ilmiy tadqiqot ishida ilmiy muammo.

  2. Tadqiqot olib borish jarayoni.

  3. Ilmiy tadqiqot yo’nalishini tanlash.

  4. Tadqiqot mavzusiga oid materiallarni o'rganish.



Kalit so’zlar: ilmiy tadqiqot, ilmiy muammo, kompleks muammo, ziddiyat, muammoli vaziyat, ishchi gipoteza, konkordatsiya.

Har qanday ilmiy tadqiqotni ilmiy muammoni qo‘ymasdan bajarishni iloji yo‘q.


Muammo - bu yechimini talab qiladigan nazariy va amaliy masaladir, ya’ni tekshirilishi lozim bo‘lgan masala. Demak muammo bu shunday narsaki, uni biz bilmaymiz, bu ilm-fan rivoji va jamiyat talabi bilan paydo bo‘lgan.
Ilmiy bilish muammoni hal qilish bilan bog‘liqdir. Muammolarning bo‘lmasligi tadqiqotlarning to‘xtab qolishi va fanning bir joyda qotib qolishiga olib kelgan bo‘lar edi.
Muammo eski bilimlar bilan empirik va nazariy tadqiqotlar asosida topilgan yangi bilimlar orasida ziddiyat paydo bo‘lganda vujudga keladi, ya’ni u muammoli vaziyatning natijasidir.
Kompleks muammolar deb, bir ilmiy yo‘nalishdagi bir qancha yirik masalalarni o‘z ichiga oluvchi muammolar majmuasiga aytiladi.
Ilmiy mavzu deb, tadqiqot etishni talab qiluvchi muammolarning muayyan sohasini qamrab oluvchi ilmiy masalaga aytiladi. U muammoning aniq bir sohasiga qarashli ancha mayda ilmiy masallarga asoslanadi, unda qo‘yilgan masalani hal etishda muayyan tadqiqot vazifasi yechiladi. Masalan, yangi materialni yoki yangi konstruksiyani yaratish, aniq mahsulot ishlab chiqarish uchun ilg‘or texnologiyani ishlab chiqish va hokazo.
Ilmiy muammo va mavzuni tanlash murakkab masaladir. U bir nechta bosqichda o‘z yechimini topadi.
Muammoli vaziyatdan kelib chiqqan holda muammo ta’riflanadi va kutilayotgan natija belgilanadi.
Muammoning dolzarbligi, uning fan va texnikani rivojlantirishdagi ahamiyati aniqlanadi.
Muammoning strukturasi tuzilib, undagi mavzular, kichik mavzular, masalalar va ular orasidagi bog‘lanish aniqlanadi. Natijada, muammo daraxti yasaladi. Shundan so‘ng, tadqiqotchi ilmiy mavzuni tanlashga kirishadi.
Ilmiy mavzuga quyidagi talablar qo‘yiladi:
Mavzu dolzarb bo‘lishi va hozirgi paytda tadqiqot etishni talab qilishi lozim.
Mavzu yangi ilmiy masalani yechishga qaratilgan bo‘lib, unda albatta ilmiy yangilik bo‘lishi kerak.
Iqtisodiy samaradorlilik va ahamiyatlilik darajasi. Bunda amaliy tadqiqotlar uchun taxminiy iqtisodiy samaradorlikning miqdori aniqlanadi, fundamental tadqiqotlar uchun esa ushbu mezon ahamiyatlilik mezoni bilan almashtiriladi.
Mavzu jamoa bajarayotgan ilmiy yo‘nalishga mos tushishi kerak, shundagina ilmiy jamoa malakasi va vakolatidan to‘liq ravishda foydalanish imkoniyati tug‘iladi, uni sifatli va yuqori nazariy darajada bajarilishi uchun zamin yaratiladi, bajarilish muddati kamayadi.
Joriy etilish mavzuning muhim tavsifi bo‘lib hisoblanadi, mavzu tanlashda reja asosida muddatda tugatish va joriy etilish imkoniyatlari belgilab olinishi kerak. Buning uchun tadqiqotchi ishlab chiqarishning shu kungi holati va kelgusidagi talablaridan xabardor bo‘lishi kerak.
Mavzuni tanlash jarayonida mamlakatimiz va xorijiy davlatlardagi adabiyot manbalarini o‘rganish, ya’ni axborot izlash vazifasi ham bajariladi.
Keyingi yillarda mavzuni tanlashda eksperiment baholash usuli keng qo‘llanilmoqda. Bu usul bo‘yicha rejalashtirilayotgan mavzu mutaxassis-ekspertlar tomonidan baholanadi. Har bir ekspert mavzuni tegishli talablar asosida baholaydi, bunda eng ko‘p ball to‘plagan mavzu maqbul deb topiladi.
Muammo bekordan paydo bo‘lmaydi, ular hamisha ilgari olingan natijalardan kelib chiqadi. Muammoni to‘g‘ri qo‘yish, tadqiqot maqsadini aniqlash, ilgarigi bilimdan muammoni keltirib chiqarish oson emas. Shu bilan birga odatda ma’lum bilimlar muammo qo‘yishga yetarli, ammo uni oxirigacha yechish uchun yetarli emas. Muammoni yechish uchun ilmiy tadqiqot beradigan yangi bilimlar zarur.
Shunday qilib xar qanday muammo o‘zaro ajralmas ikki elementning bog‘liqligidir. Nimanidir bilmasligimiz haqidagi ob’ektiv bilim va ilgari olingan bilimni printsipial yangicha qo‘llash yangi qonuniyatni olish imkoni borligini faraz qilish kerak.
Bunda bu yangi bilim amalda jamiyatga zarur ekanligi faraz qilinadi.
Muammoni qo‘yishning uch bosqichini farq qilish lozim: muammoni izlash, muammoni qo‘yish va muammoni yoyish.
1. Muammoni izlash. Ko‘pincha ilmiy va texnikaviy muammolar yuzada yotadi. Ularni izlash kerak emas. Paydo bo‘ladigan qarama-qarshiliklarni bartaraf qilish yo‘llarini aniqlash va ularni yechishning yangi vositalarini topishda ularga sotsial buyurtmalar keladi.
Masalan, shunday muammolar qatoriga xavoni ifloslantirmaydigan energetik qurilma yaratish muammosi. O‘ta aniq va ko‘rinarli bo‘lmagan muammolar xam mavjud.
-Ko‘pincha muammo “Teskaridan” paydo bo‘ladi. Amaliy faoliyat, natijasida teskari yoki keskin farq qiluvchi natijalar olinganida.
-Muammoni izlash va tanlab olishda ularning yechish uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan natijalarini amaliyotning talablari quyidagilar bilan tasdiqlanadi.
-Ayni muammoni yechmasdan belgilangan yo‘nalishda texnikaning yanada rivojlanishi mumkinmi?
-Mo‘ljallangan tadqiqot texnikaga konkret nima beradi?
- Belgilangan tadqiqot natijalari olinadigan yangi qonuniyat, ya’ni usul va vosita ilm xamda texnikada mavjudligidan ko‘p amaliy baxoga erishishi mumkinmi?
2. Muammoni qo‘yish. Yuqorida eslatilganidek muammoni to‘g‘ri qo‘yish, ya’ni maqsadini aniq ifodalash, tadqiqot chegarasini aniqlash va shu bilan tadqiqot ob’ektini belgilash oddiygina ish emas va xar qaysi konkret xol uchun individualdir.
Muammo qo‘yishning ma’lum umumiyligiga ega bo‘lgan quyidagi asosiy “qoida” sini ko‘rsatish mumkin.
a) ma’lumni nomalumdan qat’iy ajratish. Muammoni qo‘yish uchun shu soxadagi fan-texnikaning yutuqlarini mukammal bilish kerak, aks xolda yanglishib ilgari yechilgan muammoni qo‘yib qo‘yish mumkin.
b) noma’lumni cheklash, takomillashtirish. Noma’lumning va o‘rganilishi kerak bo‘lganning chegarasini aniq belgilash kerak.
v) yechishning aniq shartlarini aniqlash, bu degani muammolar tiplarini aniqlash degani. Tadqiqotning umumiy usulini aniqlash va o‘lchash aniqligi hamda baholash masshtabini berish.
g) noaniqligining yoki variantlarning mavjudligiga, bu ilgarigini yangi pog‘onada takrorlashga yo‘l qo‘yadi.
3. Muammoni yoyish. Ilmiy yoki ilmiy- texnikaviy muammoni bir karrali akt sifatida ko‘rish mumkin emas. Muammoning yechimi ko‘pincha uning yoyilishi bilan mos keladi, ya’ni qo‘shimcha savollarining paydo bo‘lishi va ifodalanishi bilan.
Ular har qanday muammoning bog‘lovchi, aniqlovchi tugunlovchi punkti bo‘lgan markaziy masala atrofida guruhlanadi.
Qo‘shimcha savollarni yechish tadqiqotchining qo‘liga markaziy masalaga javob izlashda ma’lumotlar, faktlar beradi. Qo‘shimcha savollarni ma’lum darajada asosiy muammoning rejalariga (aspektlariga ) o‘xshatish mumkin, ya’ni tadqiqot ob’ektini yangi aloqalar bilan o‘rganish, yangi ob’ekt bilan yoki ob’ektni yangi sharoitda o‘rganishga tenglash mumkin.
Ilmiy muammoning markaziy savoli-muamoning xar xil jixatidan bog‘langan o‘ziga xos tugunidir. Ular ba’zi hollarda aloxida tadqiqot mavzusi sifatida xam ko‘rilishi mumkin. Alohida kichik muammo va mustaqil muammo ko‘rinishida xam.
Albatta tadqiqotchi ilgarigi va xozirgi davrda qilingan va qilinayotgan ishni bilmasdan takrorlamasligi uchun ularni aniq bilishi shart. Buning uchun adabiyotlarni va boshqa ma’lumot manbalarini puxta o‘rganishi shart.
Ilmiy muammo - hal qilinishi talab etilayotgan nazariy va amaliy masala bo'lib, usiz ilmiy tadqiqot ishlarini bajarib bo'lmaydi.
Texnika yo'nalishida ilmiy muammolar, ishlab chiqarish texnik vositalari va jarayonlarini u yoki bu jihatdan ma'lum talablarga javob bermayotganidan energiya va boshqa resurslami sarflarining yuqoriligi tufayli yuzaga keladigan va yechimi jamiyat taraqqiyotida zarur bo'lgan masalalardan iboratdir. Ilmiy muammolar fanda oldingi erishilgan natijalar orasidan o'sib chiqadi. Masalan.
Elektr motorlarning yaratilishi ko'plab fundamental, amaliy va ishlanmalar natijalari bilan bog'liq bo'lib, undan foydalanish jarayonida turli xil faktorlar ta'sirida ularni buzilmasdan ishlash muddati belgilangan muddatdan ancha past bo'lib kelayotgani ularni ekspluatatsion ishonchliligini oshirish muammosini keltirib chiqaradi. Yuzaga kelgan ilmiy muammolarning yechimini topishda yangi bilimlar kerak bo'ladi va bunga esa ilmiy izlanishlar natijasida erishiladi. Har qanday ilmiy muammo ikkita uzviy bog'langan elemenlarni o'zida mujassam qiladi: birinchisi, biz nimanidir bilishimiz (voqelik, jarayon, energetik qurilma va h.k.lar) ular haqida obyektiv bilimga ega bo'lishimiz, ikkinchisi, yangi qonuniyatlar yoki oldingi olingan bilimlarni amalda qo'llashni prinsipial yangi usulini yaratish imkoniyati haqida farazga ega bo'lishimjz kerak.

Yüklə 157,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin