Tillarning morfologik (tipologik) tasnifi tillarni grammatik shakl hosil qilish usullarida farq qilishiga koʻra guruhlarga ajratish; tillarni tipologik tasniflashning bir turi



Yüklə 25,12 Kb.
tarix20.01.2023
ölçüsü25,12 Kb.
#79827
Tillarning morfologik


Tillarning morfologik (tipologik) tasnifi - tillarni grammatik shakl hosil qilish usullarida farq qilishiga koʻra guruhlarga ajratish; tillarni tipologik tasniflashning bir turi. Bu tasnifga koʻra, tillarning quyidagi turlari ajratiladi: amorf (oʻzak) tillar, maye xitoy, bamana, annam, Jan.Sharqiy Osiyo mamlakatlari xalklarining talay tillari. Bu tillarning lugʻat tarkibi, asosan, bir boʻgʻinli soʻzoʻzaklardan iborat boʻlib, ularda turlanish, tuslanish xususiyatlari yoʻq. Shu bois ushbu tillarda soʻz yasovchi affikslar, yordamchi soʻzlar vazifasini bajaruvchi yuklamalargina mavjud. Oʻzak tillarda soʻz tartibi muhim ahamiyat kasb etadi.
Agglyutinativ tillar (turkiy, bantu, moʻgʻul, finugor tillari)da soʻzlar oʻzak va unga birikib keladigan affikslardan iborat boʻladi hamda soʻzning morfologik tuzilishi (oʻzak va affiks) aniq ajralib turadi. Bunda har bir affiks bir maʼno, vazifa bilan qatnashadi. Mas., turkiy tillarda, jumladan, oʻzbek tilida yasama soʻzlar va soʻz shakllari asosga muayyan izchillik bilan affikslar qoʻshish orqali hosil qilinadi va bunda affikslarning har biri uz maʼnosi bilan qatnashadi: terimchilarimizga.
Flektiv tillar affikslarning oʻzak bilan birikib, unga singib ketishi bilan tavsiflanadi. Bunday tillarda grammatik maʼnolar fleksiya yoʻli bilan ifodalanadi: mas., arab tilida kitob (birlik) — kutub (koʻplik) yoki rus tilida drug (birlik) — druzya (koʻplik), ularga hindevropa va som tillari oilalari kiradi. Flektiv tillar sintetik va analitik tillarga ham ajratiladi. Sintetik tillarda grammatik maʼnolar (gapda suzlarning uzaro munosabati) shakl yasovchi affikslar vositasida ifodalanadi (mas., rus, nemis tillari). Analitik tillarda esa grammatik maʼnolar soʻz shakllari (shakl yasovchi qoʻshimchalar) vositasida emas, balki yordamchi soʻzlar, suz tartibi, ohang yordamida ifodalanadi (mas., ingliz, fransuz, ispan tillari).
Polisintetik tillar (Shim. Amerika indeyslari tillari)da asosiy nutq birligi suzgapdir. Tasnif etilgan tillar orasiga qatʼiy chegara koʻyib boʻlmaydi, chunki bir tilda uchraydigan ayrim til hodisalari boshqalarida ham uchrab qolishi mumkin. Mas., Okeaniya tillarini ham amorf tillar, ham agglyutinativ tillar sifatida tavsiflash mumkin.
Tillarning morfologik tasnifit. dunyo tillarini muayyan morfologik xususiyatlariga koʻra guruhlash, ularning umumiy chizmasini yaratish jihatlaridan muhim, shu bois u hozir ham oʻz eʼtiborini yoʻqotmagan.
Yüklə 25,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin