Mavzu: turkiy tillarda -lar ko’plik qo’shimchasining qiyosiy o’rganilishi reja: Ishning umumiy tavsifi



Yüklə 47,55 Kb.
səhifə1/13
tarix24.03.2023
ölçüsü47,55 Kb.
#89591
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
maxtubova fereuzabonu kurs ishi turekiydocx



MAVZU: TURKIY TILLARDA -LAR KO’PLIK QO’SHIMCHASINING QIYOSIY O’RGANILISHI
REJA:
Ishning umumiy tavsifi
I.BOB. Turkiy tillar taraqqiyotida –lar ko’plik shaklining o’rni haqida.
1.1.Qadimgi turkiy tilda –lar ko’plik shaklining qo’llanilishi.
1.2. Eski turkiy tilda –lar ko’plik qo’shimchasining ifodalanishi.
1.3 Turk tilida ko’plik shakli.
Bob bo’yicha xulosa
II. BOB. Hozirgi turkiy tillarda son shakli.
2.1. Hozirgi o’zbek tilida ko’plik shakli.
2.2. Hozirgi qoraqalpoq va qozoq tillarida ko’plik shaklini qiyoslash.
2.3. Hozirgi turkiy tillarda ko’plik shaklidagi so’zlarning o’xshash va farqli jihatlarini hosilalarda ifodalash.
Bob bo’yicha xulosa
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
ISHNING UMUMIY TAVSIFI
Mavzuning dolzarbligi.
Til ˗ millat koʻzgusi. Til jamiyatning qay darajada taraqqiy etganligini ko‘rsatibberuvchi o‘ziga xos ko‘zgu hisoblanadi. Darhaqiqat, faqat mustaqillik tufayligina o‘zbek tili davlat miqyosidagi tilga, boshqa davlatlar bilan muzokaralarda qo‘llaniladigan, qonunlar yaratiladigan, ilmiy tadqiqotlar, yoziladigan tilgaaylandi. Zero, yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “Tilshunoslik sohasdagi ilmiy izlanishlar, avvalambor, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va uningqo‘llanishsohasining ancha kengaytirilgani, xalqaro munosabatlarda ishlatiladigantillarqatoriga kiritilishi keyingi yillarning bu boradagi ulkan yutug‘idir” 3 . Istiqlol tufaylitilshunoslikda tub burilishlar yuzaga keldi. Shu sababdanhamtilimiz,tilshunosligimiz rivojlanmoqda. Tilimizning ichki imkoniyatlari keng. Bizningtilimiz boy til. Tilimizda har bir so‘z , har bir shakl o‘z ma’no nozikliklari, badiiyat qirralarini namoyon etadi. Til taraqqiyotini nainki so’zdan , balki Grammatik birliklardan ham ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi . Shu jumladan tilimizga xos qoʻshimchalar oʻz xususiyatlari bilan ajralib turadi. Tilimizda Grammatik kategoriyalarning oʻrganishi tilimiz yutuqlaridan hisoblanadi. Ma’lumki, Grammatik kategoriyalar son, egalik, kelishik shakllarini o’z ichiga oladi. Tadqiqotimizning bosh maqsadi esa Grammatik ko’plik shakli hisoblangan
-lar qo’shimchasining turkiy tillar bilan qiyosan o’rganishdan iborat. Qardosh tillarning son shakllarini o’rganish til taraqqiyotiga ham ijobiy hissa qo’shadi. Sababi, yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Vaholanki, ularning orasida bir oilaga kiruvchi tillar yo’q emas, mana shu tillardagi qiyosiy va farqli jihatlarini o’rganish davr talabi bo’lib qolmoqda. Zero, Grammatik ko’pliklar birikma va gap semasida asosiy obyektlardan biri sanaladi. Shu nuqtayi nazardan har bir til birligining tub mohiyatini ochib berish va sharhlash zaruriyati mavjudki, uni hech boʻlmaganda ikki til hodisasi yoki bir lisoniy birligining ikki til (qardosh, noqardosh boʻlishidan qat’iy nazar) doirasida oʻganilishini taqozo etadi. Bu esa oʻz navbatida toʻgʻri nazariy xulosa chiqarishga asos boʻladi. Ushbu kurs ishimizning dolzarbligi ana shu bilan belgilanadi.
Tilshunosligimizda ko'plik kategoriyasini oʻrganish Mahmud Koshgʻariy ijodidan boshlab to bugungi kunga qadar koʻplab tilshunoslarimizning izlanishlari bilan tadrijiy davom etib kelmoqda.
Keyinchalik oʻzbek tilshunosligida esa oʻz maqsad va yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda A.G‘ulomov, G‘.Abdurahmonov, Sh.Shukurov, H. Ne’matov, S.Ashirboyev, A.Hojiyev, Sh.Shoabdurahmonov, Sh.Rahmatullayev, R.Qoʻng‘urov, E.Begmatov, R.Sayfullayeva, A.Shomaqsudov, I.Rasulov, B.Mengliyev, D.Gʻaniyeva kabi tilshunoslar keng oʻrganganlar. Ammo turkiyshunoslik doirasida qiyosiy aspektda juda kam oʻrganilgan. Masalan, Y.Abdurasulovning “Turkiy tillarning qiyosiy–tarixiy grammatikasi” (Toshkent, “Fan”, 2009) va X.A.Dadaboyev, Z.T.Xolmanovaning “Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi(Toshkent, “Tafakkur bo‘stoni”, 2015) kabilar.
Xorij tilshunoslaridan N.A.Baskakov, A.N.Kononov, S.N.Ivanov, V.V.Radlov, I.A.Batmanov, V.I.Nasilov, S.Y.Malov kabilarning turkiy tillar doirasida egalik va kelishik kategoriyasini oʻrganishdagi xizmatlari beqiyosdir.

Yüklə 47,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin