Yillardan ham yiroq bo‘ldi zulmatli soat,
Tokay davom etar bundog‘ alam-razolat
(Dilshodi Barno)
Garchi avvallar niyozimni ko‘rub noz etti do‘st,
Lek holo do‘stlug‘ oyinini soz etti do‘st.
(Shermuhammad Munis Xorazmiy)
-lar affiksli shakl hurmat ma’nosini ham ifodalaydi:
Bizning jamoamizni Abdulloxonning otalari birlan bizning otalarimizning ayrilg‘an yeridin to bizga kelguncha tarixlarni bitmay edilar. (Abulg‘oziy Bahodirxon “Shajarayi turk”)
Abulg‘azining o‘g‘ullari Anusha Muhammad xan atlari kamina atlag‘anda o‘n to‘rt yoshlarinda edilar. (A. Bahodirxon “Shajarayi turk”)
Bog‘i Navda bir kecha bo‘ldum, ani munosib ko‘rmay Alisherbekning uylarini tayin qildilar. Hiridin chiqquncha Alisherbekning uylarida edim. (Bobur “Boburnoma”)
Son, umuman, miqdor bildiruvchi so‘zli aniqlovchisi bo‘lgan otlarga odatda -lar affiksi qo‘shilmaydi (ya’ni, son + ot + lar). Lekin ba’zan eski o‘zbek tilida bunday hollarda -lar affiksi qo‘shilishi uchraydi:
O‘g‘uzxon alarg‘a uyg‘ur ot qo‘ydilar, uyg‘ur turk tili turur, ma’nisi barchag‘a ma’lum turur. Alar kelib, O‘g‘izxonning etagina ikki qo‘llari birlan mahkam yopishtilar. (“Shajarayi turk”)
Qoraxonning inilarining ko‘p og‘lonlari bor erdi. Alarni Qoraxondin ayrilur teb, hech kimni ko‘nglina kelmas erdi. (“Shajarayi turk”)
Manga xudo qirq tabaqa yer beribdur. Har tabaqada qirq ming qavm, har qavmda qirq ming navkarlari bordur. (“Qissasi Rabg‘uziy”)
Turkiy tillar taraqqiyotining oldingi davrlarida -(a)t, -(a)n affikslari bilan hosil bo‘luvchi ko‘plik shakllari ham qo‘llangan:
Temurbekning va Ulug‘bek mirzoning imoroti va bog‘oti (bog‘lari) Samarqand mahallotida (mahallalarida) ko‘ptur… Yaxshi viloyoti va tumonoti bor. Buxoroning ham bir qancha tumonoti bor…Harrof va xushxulq kishi erdi. Ba’zi muomalotta sharni bisyor rivoyat qilur erdi …Tog‘ va daryosi, jangal va sahrosi, mavozi va viloyoti va hayvonot (hayvonlar) va nabototi (o‘simliklari), eli va tili va yomg‘uri va yeli borcha o‘zgacha voqe bo‘lubtur. (“Boburnoma’’)
Ma’lumki, o‘zbek tili leksik tarkibining ma’lum qismini arab va fors-tojik tillaridan o‘zlashgan so‘zlar tashkil etadi. Bu so‘zlarning asosiy qismi ot turkumiga mansub bo‘lib, ularning ko‘pchiligi ko‘plik shaklida o‘zlashgan.
Masalan: Ahvol (birligi – hol) Atfol (birligi – tifl)
Avlod (birligi – valad) Bihor (birligi – bahr)
A’zo (birligi – uzv) Dafotir (birligi – daftar)
Xaloyiq (birligi – xoliqa) Ushshoq (birligi – oshiq)
Ulamo (birligi – olim) Vuzaro (birligi – vazir)
Ahbob (birligi – habib) Yoron (birligi – yor)
Asror (birligi – sir ) Ag‘yor (birligi – g‘ayr)
Javohir (birligi – javhar) Umaro (birligi – amir)
Avroq (birligi – varaq) Salotin (birligi – sulton)
Nokas-u nojins avlodin kishi bo‘lsun debon,
Chekma mehnatkim, latif o‘lmas kasofat olami.
Kim, kuchuk birla xo‘dukka necha qilsang tarbiyat,
It bo‘lur, dog‘i eshak, bo‘lmaslar aslo odami.
(A. Navoiy)
Ishq asrorini pinhon aylaram ag‘yor aro, Bir musulmondurki, dinin yoshurur kuffor aro. (Amiriy)